Milliy mafkura
(a. “mafkura” – nuqtai nazarlar, e’tiqodlar tizimi, majmui) –
milliy g’oya mohiyatini ifoda etuvchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy
va ilmiy qarashlar, fikrlar majmui. Demokratik jamiyatda fikrlar xilma-xilligi asosida
ish ko’riladi. Milliy mafkura turli fikrlarning sintezlashuvi natijasida muayyan
jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun o’ta ahamiyatli bo’lgan qarashlar negizida
shakllanadi hamda umumjamiyat manfaatlarini, ijtimoiy maqsadlarini ifodalaydi. Bu
turdagi mafkura asoslari jamiyat a’zolari tomonidan birdek qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |