Maxsus pedagogika kategoriyalari – “Maxsus pedagogika” (“Korreksion
pedagogika”) fani asoslarining umumiy mohiyatini ochib beruvchi tayanch
tushunchalar majmui. Mazkur fan quyidagi kategoriyalarga ega: anomal bolalar;
anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish; anomal bolalarni tarbiyalash;
korreksiyalash (tuzatish); korreksion-tarbiyaviy ishlar; kompensatsiya; ijtimoiy
reabilitatsiya; ijtimoiy adaptatsiya; oila tarbiyasi.
Maxsus-pedagogik faoliyat –
1) yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oladigan,
murakkab psixologik-fiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar amalga
oshirilishini nazarda tutadigan pedagogik tizim;
2) maxsus ta’lim dasturiga ko’ra
mutaxassislar
yordamida
anomal
o’quvchilarni
o’qitish,
tarbiyalash,
rivojlantirishning yaxlit jarayoni.