Mas’uliyat
(a. “javobgarlik”, “hisob bermoqlik”) – biror ish, xatti-harakat
oqibati, natijasi uchun javoblarlikni anglatuvchi axloqiy kategoriya. Mas’uliyat
ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-g’oyaviy tarbiyaning muhim mezonlaridan biri
sanaladi. Shaxsning mas’uliyat hissiga ega bo’lishiga oila, ta’lim muassasalari,
mehnat jamoasidagi mavjud muhit yordam beradi. Shaxsning zimmasiga muayyan
vazifalarni, ma’lum ijtimoiy topshiriqlarni yuklash unda mas’uliyat hissini
tarbiyalaydi. Bolalarning mas’uliyat hissiga ega bo’lishlarida ota-onalar, murabbiylar,
o’qituvchilar hamda ular uchun ideal bo’lgan shaxslarning o’rni beqiyos. Oila
a’zolarining ma’naviy-axloqiy va ruhiy birligi, axloqiy qadriyatlar hamda hayotiy
maqsadlarga egaligi, shaxsda mas’uliyat hissini tarbiyalashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |