Homiylik kengashining raisi
– o’rta maxsus ta’lim muassasasi Homiylik
kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlikni olib boruvchi shaxs. Kengash a’zolari o’z
tarkibidan kengash umumiy yig’ilishining raisini saylaydi. Homiylik kengashi raisi
Kengash umumiy yig’ilishining raisi hisoblanib, o’z vakolatlarini majlislar orasidagi
davrda amalga oshiradi. Kengash raisi quyidagi vakolatlarga ega: kengash faoliyati
masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish, o’quv yurti Ustaviga qo’shimcha va
o’zgartish kiritish to’g’risida tashabbus ko’rsatish, Homiylik kengashi jamg’armasini
tashkil etish, umumiy yig’ilishni chaqirish; umumiy yig’ilishlarda raislik qilish; yillik
rejani tayyorlash va uni umumiy yig’ilishga taqdim etish; yillik rejani bajarilishi
haqida hisobot berish.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |