B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Homiylik  kengashi
  –  o’rta  maxsus  ta’lim  muassasalari  uchun  homiylikni 
amalga  oshiruvchi  tashkilotlarning  boshqaruv  organi.  Mazkur  kengash  o’quv 


 
74 
yurtining  tashkiliy  tuzilmasida  tashkil  etilib,  jamoat  tashkiloti  sifatida  faoliyat  olib 
boradi.  Homiylik  kengashi  mazkur  Nizom,  o’quv  yurtining  Ustavi,  amaldagi 
qonunlar talablariga  muvofiq faoliyat ko’rsatadi, o’z huquq va vakolatlari doirasida 
mustaqil  qarorlar  qabul  qiladi.  Kengash  ta’lim  muassasasining  faoliyatida  bevosita 
qatnashib quyidagi  vazifalarni  amalga oshiradi: o’quv  yurtiga intellektual, ma’naviy 
va moliyaviy yordam berish; o’sib kelayotgan yosh avlodni, milliy madaniy, tarix, til, 
ekologiya,  kommunikatsiya,  tinchlik  ruhida,  uning  fundamental  huquq  va 
erkinliklarini  e’tirof  etgan  holda  o’qitish  va  tarbiyalash  sohasida  olib  borilayotgan 
pedagogik  va  ilmiy  ishlarni  rag’batlantirish;  o’quv  yurti  jamoasining  o’rta  maxsus, 
kasb-hunar  ta’limini  rivojlantirish,  uning  mazmunida  insonparvarlik,  vatanparvarlik 
g’oyalarini  qaror  toptirish;  ilg’or  tashabbuslarni  qo’llab-quvvatlash;  o’qitish  va 
izlanishlar  dasturlariga  yangiliklar  kiritish,  axborot  texnologiyalardan  keng 
foydalanish,  ta’limning ishlab  chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlashga doir 
amaliy  ishlarni  rag’batlantirish;  O’zbekiston  Respublikasining  “Kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi  to’g’risida”gi  va  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonunlari  talablarini  
bajarishda  qatnashish  uchun  turli  korxona,  tashkilot,  o’quv  yurtlari  va  ilmiy 
muassasalarni jalb qilish; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantiruvchi xalqaro 
va milliy dasturlar doirasida akademik litseylarning innovatsion faoliyatini moliyaviy 
qo’llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etish; o’quv yurtiga aniq ta’limiy maqsadlarga 
ko’ra xonalar, zarur jihozlar, texnika vositalari, asbob-uskuna va inventarlarni berish; 
ta’lim  muassasasining  o’quv  moddiy-texnika  bazasini  takomillashtirish  uchun 
yordam  ko’rsatish;  ta’lim  jarayonini  hisoblash  texnikasi  vositalari  va  dasturiy 
vositalar  bilan  ta’minlash;  ilmiy-pedagogik,  uslubiy  ishlanmalarni  chop  etishga 
yordam  ko’rsatish;  iqtidorli  o’quvchilar  uchun  stipendiyalar  tayinlash;  o’quv 
yurtining xodimlari va o’qituvchilarining manfaatlari uchun xizmat qiluvchi ijtimoiy 
dasturlarni  amalga  oshirilishida  ishtirok  etish;  maxsus  jamg’arma  mablag’larini 
taqsimlash;  jahon  amaliyoti  mezonlariga  mos  keluvchi,  ta’lim  bosqichi  va  o’quv 
yuklamalari  hajmini  aniqlovchi  DTSni  belgilash;  yagona  ta’lim  siyosatini  belgilash 
va amalga oshirish; o’quvchilar, pedagogik personal, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan 
o’tkazish  tartibining  umumiy  qoidalarini belgilash; qo’shma  ilmiy  faoliyatni  tashkil 
etish; konferensiyalar,  ko’rgazmalar,  tanlovlar  o’tkazish;  ta’lim  jarayonining  barcha 
qatnashchilari  tomonidan  umumiy  kutubxona  fondi,  o’quv-ishlab  chiqarish,  ilmiy, 
sport,  maishiy  va  sog’lomlashtirish  bazasidan  foydalanish;  pedagogik  personal, 
mutaxassislar  va  ilmiy  xodimlarni  bo’sh  joylarni  egallash  uchun  qo’shma  tanlovlar 
o’tkazish;  pedagogik  personal,  mutaxassislar,  ilmiy  kadrlar  bilan  o’zaro  almashuv, 
pedagogik personal, mutaxassislar va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratish; pedagogik texnologiyalar, o’quv, uslubiy ishlanmalar bilan 
o’zaro erkin almashuvni amalga oshirish. 
Homiylik  kengashi  a’zosi  bo’lgan  muassasa,  tashkilotlar  O’zbekiston 
Respublikasi  qonunlarida  belgilangan,  shu  jumladan,  soliqqa  tortish  bo’yicha 
imtiyozlar  va  ustunliklarga  ega.  Kengash  yil  yakunlari  bo’yicha  kompleks  taftish 
usulida  Homiylik  kengashi  jamg’armasi  mablag’larining  sarflanishini  moliyaviy 
nazorat  qilish  huquqiga  ega.  Qabul  qilingan  qarorlar  umumiy  yig’ilishda  tasdiqdan 
o’tkaziladi.  Homiylik  kengashi  qabul  qilgan  qarorlar  o’quv  yurti  ma’muriyati  va 


 
75 
Pedagogik  Kengashi  uchun  tavsiyaviy  xarakterga  egadir.  Biroq,  homiylik  kengashi 
o’quv yurtining ustav faoliyati bo’yicha ish yuritishiga aralashmaydi. 
Homiylik kengashi yagona ta’lim tizimini qo’llab-quvvatlaydi, o’quv rejalari va 
dasturlarining  mutanosibligini  ta’minlaydi,  o’qitish  bosqichlarining  ketma-ketligi, 
shakli, ta’lim va kasb-hunar dasturlarining DTSga mosligini ta’minlaydi. Kengash ish 
beruvchilar  va  bandlik  xizmati  bilan  o’quv  yurtining  bitiruvchilarini  ishga 
joylashtirish masalalarida hamkorlik qilishi mumkin. U oliy o’quv yurtining Ustavida 
ko’zda tutilgan tartibda ushbu ta’lim muassasasining axborot-resurs fondlari, o’quv, 
ilmiy,  ijtimoiy-maishiy,  sog’lomlashtirish  va  b.  bo’linmalardan  foydalanishda 
ko’maklashadi;  o’quv  yurti  o’quvchi  va  xizmatchilarining  jamoat  tashkilotlari,  o’z-
o’zini  boshqarish  organlarining  umumiy  dam  olish  tuzilmasi,  xususan,  to’garaklar, 
qiziqish  bo’yicha  klublar,  studiya,  jamoalar,  mustaqil  birlashmalari  bilan  o’zaro 
hamkorlik  qilishiga  ko’maklashadi;  o’quv  yurti  o’quvchilarini  attestatsiyadan 
o’tkazish 
uchun 
standartlashtirilgan 
testlar 
va 
diagnostik 
uslubiyot, 
unifikatsiyalashtirilgan  baholash  shkalalarini  ishlab  chiqib,  amaliyotga  tatbiq  etadi; 
Oliy  o’quv  yurti  Ilmiy  kengashi  va  Fanlar  akademiyasi  institutlarining  ilmiy-
pedagogik  xodimlarga  ularning  malakasini  oshirish  uchun  nomzodlarni  biriktirib 
qo’yish, ilmiy va pedagogik stajirovkaga yuborish, dissertatsiyalar tayyorlash uchun 
ilmiy lavozimlarga o’tkazish, ijodiy ta’tillar berish masalalarini mustaqil hal qiladi. 
Oliy  o’quv  yurti  Ilmiy  kengashi  va  Fanlar  akademiyasining  institutlari 
tomonidan tasdiqlangan ilmiy tekshirishlar, ijodiy ishlarni olib boradi.  
Homiylik kengashi o’z-o’zini tarqatib yuborgan taqdirda maxsus jamg’armadan 
foydalanish  vakolati  o’quv  yurti  Kengashiga  o’tadi.  Taftish  komissiyasi  tomonidan 
tugatilish balansi tayyorlanib, amaldagi qonunlarga muvofiq o’quv yurti kengashiga 
topshiriladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish