Harbiy pedagogika
– harbiy ta’limning o’ziga xos jihatlarini, uni tashkil
etishning samarali shakl, metod va vositalarini, ilg’or texnologiyalarini, harbiy
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yo’llarini o’rganadigan fan.
Hayfsan berish
– o’quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar
asosida baholash usuli. U tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermagan
holatlarda qo’llaniladi.
Hayotiy tajriba
– har bir shaxs tomonidan uning umri davomida orttirgan bilim,
malaka, uquv va tajribalar majmui.
Hikmatli so’zlar
– xalqning yuksak idroki, aql-zakovati, donoligining ifodasi
yoki uni aks ettiruvchi so’z, ibora, fikr. Ularni tarbiya jarayonida qo’llash bolalar va
o’smirlarda ma’lum voqelik, shaxsning xatti-harakati, yurish-turishi, odob-axloqi,
muomalasini oqilona baholash ko’nikmalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |