Izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini
olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
Ijtimoiy-foydali mehnat metodlari – bolalar, o’smirlar va yoshlarni ularning
yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy-foydali
mehnat jarayoniga jalb etishda qo’llaniladigan metodlar. Respublika uzluksiz ta’lim
tizimining barcha bosqichlarida ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda quyidagi
metodlardan samarali foydalaniladi: suhbat; tushuntirish; uqtirish; namuna ko’rsatish;
o’rgatish; pedagogik talab qo’yish; ruhlantirish; rag’batlantirish; ma’qullash; ishonch
bildirish; pedagogik nazoratni o’rnatish; qayd qilish; og’zaki va yozma tashakkur
(minnatdorchilik) bildirish; mukofotlash; jazolash (tanbeh berish, koyish, uyaltirish
(qizartirish); salbiy munosabat bildirish.