O’quv fani
–
ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yosh, idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki
mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma, malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi
manba.
O‘quv loyihasi
– 1) talablarning muammolarni izlash, tadqiqot qilish va
yechish, natija (echim)ni mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan
mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usuli; 2) nazariy bilimlar asosida amaliy
topshiriqlarni yechishga qaratilgan o’quv harakati vositasi; 3) rivojlantirish,
arbiyalash, ta’lim berish, bilimlarni boyitish, mustahkamlash va malakalarni
shakllantirishga yo’naltirilgan didaktik vosita.
Do'stlaringiz bilan baham: |