B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


O’qituvchilar birlashmasi (gildiyasi)



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet424/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

  
O’qituvchilar birlashmasi (gildiyasi)
 – o’qituvchilarning ilk kasbiy birlashma 
(gildiya)lari.  Mazkur  gildiyalar  Vizantiyada  e.  X  asrida  tuzilgan.  Mazkur  davrda 
Vizantiyada  o’qituvchilar  birlashmasi  (gildiyasi)  tomonidan  o’qituvchilar  o’rtasida 
“O’quvchilarni o’ziga og’dirib olmaslik to’g’risida”gi bitim imzolangan. 
 
O’qituvchi  nutqi
  –  pedagogning  ta’lim-tarbiya  jarayonida  til  vositalaridan 
foydalanishi.  
 
O’qituvchi
 – pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassislik bo’yicha  maxsus 
ma’lumot,  kasbiy  tayyorgarlik,  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo’lib,  ta’lim 
muassasalarida  faoliyat  ko’rsatuvchi  shaxs.  Qadimgi  Afinada  erkin  fuqarolarning 
bolalari  7  yoshigacha  oilada  tarbiyalangan.  Keyin  bolalarni  pedagog  (yun. 
“paydagogos” – bola yetaklayman) deb nomlanuvchi qullar nazorat qilib borishgan. 
Pedagog  sifatida  ko’p  hollarda  xo’jalikda  foyda  keltirmaydigan  qullar  tanlangan. 
Bundan  ham  anglanadiki,  pedagogning  o’zi  bolalarni  samarali  tarbiyalay  oladigan 
darajada sifatlarga ega bo’lmagan. Afina misolida aytiladigan bo’lsa, o’qituvchining 
ijtimoiy  maqomi,  ayniqsa,  boshlang’ich  maktablarda  nihoyatda  past  bo’lgan.  Unga 
nihoyatda  kam  haq  to’langan.  O’qituvchi  o’sha  davrning  unchalik  mahoratli 
bo’lmagan  hunarmandi  bilan  bir  xil  haq  olgan.  Shu  bois  Afinada  “U  o’ldi  va 
o’qituvchi bo’ldi” degan maqol shakllangan.  
Ta’lim  jarayonida  o’qituvchi  rejalashtirish,  tashkil  etish,  boshqarish,  nazorat 
qilish,  natijalarni  baholash  va  tahlil  qilish  kabi  vazifalarni  bajaradi.  O’qituvchi 
tomonidan  ta’lim  jarayonini  boshqarish  muayyan  mavzu  bo’yicha  yoki  nazorat 
ishlarini  o’tkazish  maqsadida  tashkil  etilayotgan  o’quv  mashg’ulotlarining  ilmiy-
pedagogik  va  amaliy-metodik  jihatdan  to’g’ri  tashkillashtirilishi,  olib  borilishi, 
natijalarning  tahlil  etilishini  anglatadi.  O’qituvchi  tomonidan  ta’lim  jarayonini 
boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 1) rejalashtirish; 2) tashkil etish; 3) 
boshqarish; 4) nazorat qilish; 5) natijalarni baholash va tahlil qilish. 
O’qituvchi  aksariyat  holatlarda  ta’lim  oluvchilar  uchun  ideal,  namuna  bo’ladi. 
Shu sababli respublika ta’lim tizimiga oid hujjatlarda ham o’qituvchi va uning shaxsi 
masalasiga  e’tibor  qaratiladi.  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi 
Qonuni  (5-modda)da  pedagogik  faoliyat  bilan  shug’ullanadigan  shaxslar,  ular  ega 


 
233 
bo’lgan  huquq  to’g’risida  so’z  yuritiladi.  Unda  “tegishli  ma’lumoti,  kasb 
tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar”ning pedagogik 
faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga egaliklari ko’rsatib o’tiladi. 
Mavjud  sharoitda  ham  barcha  davrlarda  bo’lgani  kabi  pedagogik  faoliyat  bilan 
shug’ullanadigan  shaxslarning  muayyan  talablarga  javob  bera  olishlari  muhimdir. 
zamonaviy  o’qituvchi  qiyofasida  quyidagi  fazilatlarning  namoyon  bo’lishi  kerak:  1. 
Jamiyat  ijtimoiy  hayotida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlar,  olib  borilayotgan  ijtimoiy 
islohotlar  mohiyatini  chuqur  anglab  yetishi,  bu  haqida  o’quvchilarga  to’g’ri,  asosli 
ma’lumotlarni  bera  olishi.  2.  Ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  yangiliklari  va 
yutuqlaridan xabardor bo’lishi. 3. O’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga 
ega  bo’lishi,  o’z  ustida  tinimsiz  izlanishi.  4.  Pedagogika,  psixologiya  va 
mutaxassislik 
fanlari 
asoslarini 
puxta 
bilish, 
ta’lim-tarbiya  jarayonida 
o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil 
etishi. 5.  Ta’lim-tarbiya      jarayonida  samarali    shakl,  metod,  vositalardan  foydalana 
olishi. 6. Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon eta olishi. 7. 
Yuksak  darajada  pedagogik  mahorat,  kommunikativlik  layoqati,  pedagogik  texnika 
(nutq,  yuz,  qo’l-oyoq  va  gavda  harakatlari,  mimika,  pantomimika,  jest)  qoidalarini 
chuqur  o’zlashtirishi.  8.  Nutq  madaniyati  ga  ega  bo’lishi  (nutqning  to’g’riligi, 
aniqligi,  ifodaviyligi,  boyligi  (hikmatli  so’zlar,  ibora,  maqollar,  matallar,  ko’chirma 
gaplardan  o’rinli,  samarali  foydalanish),  sofligi  (uning  turli  sheva  so’zlaridan  holi 
bo’lib,  faqat  abadiy  tilda  ifoda  etilishi;  jargon  (muayyan  kasb  yoki  soha 
mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan 
nutqda  o’zga  millatlarga  xos  so’zlarni  noo’rin  qo’llanilishi);  vulgarizm  (haqorat 
qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar), konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda 
rasmiy so’zlardan foydalanish)dan holi, sodda, ravon, tushunarli bo’lishi). 9. Kiyinish 
madaniyati  (sodda,  ozoda,  bejirim  kiyinishi), ta’lim-tarbiya  jarayonida  o’quvchining 
diqqatini  tez  jalb  etuvchi  turli  xil  bezaklar  (oltin,  kumush  taqinchoqlar)dan 
foydalanmasligi,  fasl,  yosh,  gavda  tuzilishi,  yuz  qiyofasi,  hatto,  soch  rangi  va 
turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi. 10. Shaxsiy hayotda 
pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi. 
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda o’qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo’lgan 
sifatlarni  quyidagicha  turkumlashtirish  mumkin:  kasbiy  sifatlar;  tashkilotchilik 
sifatlari;  muloqotga  kirishuvchanlik  sifatlari;  o’quvchilar  jamoasiga  rahbarlik 
sifatlari;  boshqaruvchilik  sifatlari,  ish  yurita  olish    sifatlari,  ijodiy  faoliyatni  tashkil 
eta olish sifatlari. voqelikni to’g’ri baholay olish sifatlari, tadqiqotchilik sifatlari. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish