B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet427/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

O’quv  dasturlarining  turlari
  –  muayyan  ixtisoslik  fanlari  bo’yicha  ishlab 
chiqilgan  o’quv  dasturlarining  ko’rinishlari.  O’quv  dasturlari  quyidagi  turlarga 
ajratiladi:    namunaviy  dasturlar,  muqobil  dasturlar;  ishchi  dasturlar;  mualliflik 
dasturlari; individual dasturlar. O’quv dasturlari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:  1. 
Uqtirish xati (yoki kirish).  2. O’quv fanining maqsadi va vazifalari. 3. Fan bo’yicha 
talabalarning  bilim,  ko’nikma,  malakalariga  qo’yiladigan  talablar.  4.  Fanning  o’quv 
rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi. 5. 
Fanning ta’lim sohasidagi o’rni. 6. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalarning o’rni. 7. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan 
tavsiyalar. 8. Fanning hajmi va  mazmuni. 9. O’quv fanining rejasi. 10. Fan bo’yicha 
tashkil  etiladigan  nazariy  (ma’ruza)  mashg’ulotlar  mazmuni.  11.  Amaliy 
(laboratoriya)  mashg’ulotlarini  tashkil  etish  bo’yicha  ko’rsatma  va  tavsiyalar.  12. 
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. 13. O’quv fani bo’yicha tavsiya 
etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari. 14. O’quv fani yuzasidan yozma shakldagi 
oraliq  nazorat  (ON)ni  tashkil  etish  uchun  namunaviy  savollar.  15.  O’quv  fani 
yuzasidan yozma shakldagi yakuniy nazorat (YaN)ni tashkil etish uchun namunaviy 
savollar.  16.  O’quvchilar  bilimlarini  nazorat  qilish  tartibi  va  mezonlari.  17. 
O’quvchilar  faoliyatini  nazorat  qilish  turlari  (joriy,  oraliq  va  yakuniy  nazorat).  18. 
O’quv fani bo’yicha  reyting nazoratining umumiy ballari va mezonlari. 19. O’quv fani 
bo’yicha    reyting  nazorati.  20.  O’quv  fani  bo’yicha  dasturning  axborot-uslubiy 
ta’minoti.  21.  Didaktik  vositalar.  22.  O’quv  fanida  foydalaniladigan  manbalar 
ro’yxati. 23. Qo’shimcha  manbalar. 24. Mundarija. 
O’zbekiston  Respublikasida  uzluksiz  ta’lim  tizimi  faoliyatini  tashkil  etishda 
asosan namunaviy va ishchi o’quv dasturlari qo’llaniladi. Qolaversa, uzluksiz ta’lim 
tizimining turli bosqichlarida foydalaniladigan o’quv dasturlari ta’lim muassasasining 
shaklidan  kelib  chiqqan  holda  maktabgacha  ta’lim  dasturlari,  umumiy  o’rta  ta’lim 
dasturlari,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  dasturlari,  oliy  ta’lim  dasturlari,  kadrlar 
malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  dasturlari,    maktabdan  tashqari  ta’lim 
dasturlari  tarzida  bir  necha  turga  ajratiladi.  Bu  turdagi  ta’lim  dasturlari  uzluksiz 
ta’lim  tizimining  har  bir  bosqichida  beriladigan  ta’lim  mazmunidan  kelib  chiqqan 
holda tayyorlanadi. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalari  uchun  mo’ljallangan  o’quv  dasturlarida 
umumiy  o’quv  fanining  mazmuni,  o’quvchi  tomonidan  o’zlashtirilishi  majburiy 
bo’lgan  bilim,  ko’nikma,  malakalar  tizimi  ko’rsatilsa,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi muassasalari uchun ishlab chiqilgan o’quv dasturlarida umumiy o’quv fanlari 


 
237 
yoki  tegishli  ixtisoslik  fanining  mazmuni,  o’quvchi  tomonidan  o’zlashtirilishi  talab 
etiladigan  ixtisoslik  bilimlarining  asoslari,  ko’nikma,  malakalar  tizimi  o’z  ifodasini 
topadi.  
O’quv  dasturlari  ikki  xil  usulda,  ya’ni  konsentrik  va  muntazamlik  usulida 
yaratiladi.  Umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus,  kasb-ta’limi  o’quv  dasturlarining 
konsentrik  tuzilishi  muayyan  predmetdan  o’quv  materiallarini  ta’limning  keyingi 
bosqichida  murakkablashtirilgan  shaklda  takrorlashdan  iborat  bo’ladi.  O’quv 
dasturlarining muntazamlik tuzilishi o’quv kursining navbatdagi har bir qismi oldingi 
materialning davomi ekanligini bildiradi. Har bir fanga doir o’quv dasturda muayyan 
o’quv  yili  uchun  mo’ljallangan  va  har  bir  sinf  (yoki  guruh)da  o’rganiladigan 
mavzular  bo’yicha  taqsimlanadi.  Bunday  taqsimlashda  o’rganiladigan  mavzuning 
taxminiy vaqti ham ko’rsatiladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish