B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


O’quvchilar  jamoasining  shakllanishi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
O’quvchilar  jamoasining  shakllanishi 
–  muayyan  yoshdagi,  bilim,  onglilik 
darajasi, hayotiy tajribasi, tarbiyalanganligi va dunyoqarashi bir-biriga yaqin bo’lgan 
o’quvchilarning  ma’lum  maqsad  asosida  jamoaga  birlashishi.  O’quvchilar 
jamoasining  shakllanishi  ma’lum  bosqichlarda  kechadi.  Pedagogik  manbalarda 
ko’rsatilishida  o’quvchilar  jamoasining  shakllanishi  uchun  to’rt  bosqich  talab 
qilinadi.   
Jamoa  rivojlanishining  birinchi  bosqichida  talab  faqat  o’qituvchilar  tomonidan 
qo’yiladi.  Bu  jamoa  rivojlanishining  boshlang’ich  nuqtasidir.  Bu  bosqichda  jamoa 
hali  tarbiyalovchi  ta’sirga  ega  bo’lmay,  balki  “tashkil  etuvchi  birlik”  (guruh) 


 
240 
hisoblanadi. Bu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga 
e’tiborsiz qaraydi. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil etish, ularni 
yagona maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi. 
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoli (aktivi)ning paydo bo’lishi bu 
davr  uchun  xarakterli  hodisadir.  Jamoa  faoli  guruhning  shunday  a’zolaridirki,  ular 
jamoa  manfaatiga  muvofiq  tarzda  harakat  qiladi,  o’qituvchi  faoliyati  va  talabiga 
nisbatan  xayrixohlik  bilan  munosabatda  bo’ladi.  Faollar  o’qituvchining  yaqin 
yordamchilari sifatida ish olib boradi. 
Jamoa  rivojlanishining  ikkinchi  bosqichi  jamoa  faolining  o’qituvchi  talabini 
qo’llab-quvvatlashi  va  uning  o’zi  ham  bu  talablarni  jamoa  a’zolari  zimmasiga 
qo’yishi  bilan  tavsiflanadi.  Endilikda  o’qituvchi  jamoada  paydo  bo’lgan  va  u  bilan 
bog’liq  muammo,  masalalarni  yolg’iz  o’zi  hal  qilmaydi.  Bosqichda  jamoa  hayotini 
tashkil  qilish  usuli  murakkablashib  boradi,  ya’ni,  jamoa  o’z-o’zini  boshqarishga 
o’tadi. 
Jamoaning  ijobiy  rivojlanishi  uning  a’zolarida  motiv  (rag’bat)larning  paydo 
bo’lishi,  ijodiy  hamkorlik,  o’zaro  yordam  munosabatlarining  tez  sur’atlar  bilan 
rivojlanishiga olib keladi. 
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. 
Ammo  jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna 
bo’lishi,  o’z  burchlarini  aniq  va  puxta  bajarishi,  o’z  mavqelaridan  noo’rin 
foydalanmasliklari  juda  muhimdir.  A.S.Makarenko  jamoa  faolini  “jamoaning 
vijdoni”  deya  ta’riflagan  edi.  Jamoa  faoli  birmuncha  imtiyozlar  (huquqlar)ga  ega 
bo’lsa-da, ayni paytda uning o’ziga ham oshirilgan talablarning qo’yilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Jamoa  rivojlanishining  uchinchi  bosqichi  anchagina  sermahsul  bo’lib,  unda 
butun  jamoa  “ayrim  o’zini  chetga  olib  qoluvchi,  injiq  shaxs”larga  nisbatan  talab 
qo’ya boshlaydi. 
Bu  bosqichda  jamoa  ishiga  faqat  faolgina  emas,  balki  uning  butun  a’zolari 
qiziqadi.  Jamoa  hayotidagi  uchinchi  bosqich,  ijtimoiy  fikr  mavjudligi  bilan 
ifodalanadi.  O’qituvchi  mazkur  yo’nalishda  maqsadga  muvofiq  va  izchil  ish  olib 
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda 
u  yoki  bu  tadbir  rejasi,  jamoaning  birgalikdagi  faoliyati,  a’zolarning  xatti-harakati 
jamoa  bo’lib  muhokama  qilinadi,  turli  mavzularda  suhbatlar,  ma’ruzalar 
uyushtiriladi,  o’quvchilar  o’rtasida  samarali  axborot  vositalari  yordamida  ijtimoiy-
g’oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va h.k. bilimlarning targ’iboti 
tashkil etiladi. 
Jamoada barqaror insoniy munosabatlar yuzaga kelishining sababi – a’zolarning 
ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok 
etishlari sanaladi. 
Jamoa  rivojlanishining  to’rtinchi  bosqichi  uning  barcha  a’zolari  jamoa  oldida 
turgan vazifalar asosida o’z-o’ziga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Har bir 
bosqich  jamoa  a’zolarining  o’zlariga  nisbatan  muayyan  talab  qo’yishi  bilan 
xarakterlanadi,  biroq,  qo’yilgan  talablar  o’ziga  xos  yo’nalishi  bilan  (m:  o’yindan 
umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq kabi) ajralib turadi. 
To’rtinchi  bosqich  jamoa  a’zolarining  o’ziga  nisbatan  yuksak  axloqiy  talablar 


 
241 
qo’ya olishi bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati jamoa a’zolarining har 
biri  uchun  shaxsiy  ehtiyojga,  jamoadagi  tarbiya  jarayoni  esa  o’z-o’zini  tarbiyalash 
jarayoniga  aylanadi.  Biroq,  bu  holat  jamoaning  muayyan  shaxsni  yanada 
rivojlantirishdagi  roli,  o’rnini  pasaytirmaydi.  To’rtinchi  bosqichda  amalga 
oshiriladigan  vazifalar  ancha  murakkab  va  mas’uliyatlidir.  Bu  bosqichda  jamoa 
oldiga  istiqbolli,  yuksak  va  murakkab  talablarni  qo’yish  uchun  juda  qulay  sharoit 
yaratiladi. 
Bir guruh pedagoglar o’quvchilar jamoasini uning shakllanish va rivojlanishiga 
ko’ra  quyidagi  uch  bosqichga  ham  ajratadilar.  Ya’ni:  a)  jamoani  dastlabki 
jipslashtirish;  b)  jamoani  shakllantirish  asosida  uning  har  bir  a’zosini  individual 
rivojlantirish; v) jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish