B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

O’quv rejasi
 – o’zida har bir o’quv predmetining mazmuni ochib berib, ta’limi 
muassasalarida  muayyan  o’quv  yilida  o’zlashtirilishi  zarur bo’lgan  bilim,  ko’nikma, 
malakalar  hajmini  belgilovchi  me’yoriy  hujjat.  Unda  sinflar  (umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablarida)  yoki  guruhlar  (akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlari,  oliy  o’quv 
yurtlari) bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv predmetlari, ular uchun ajratilgan 
haftalik  soatlar  ko’rsatiladi.  Uzluksiz  ta’lim  tizimining  turli  bosqichlarida  faoliyat 
yuritadigan  ta’lim  muassasalarining  o’quv  rejalariga  kiritilgan  o’quv  fanlari 
(predmetlar),  eng  avvalo,  milliy  istiqlol  g’oyasining  maqsad  va  vazifalari,  “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalga oshirishga yo’naltirilgandir.  
Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari,  shuningdek,  akademik  litseylarning  o’quv 
rejasidan  tabiiy,  ijtimoiy  va  gumanitar  fanlar  o’rin  olgan.  O’quv  rejasiga  muvofiq 
nazariy  va  amaliy  mashg’ulotlar,  shuningdek,  ayrim  predmetlar  bo’yicha  fakultativ 
mashg’ulotlarni tashkil etish ko’zda tutiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv 
haftalarining yillik miqdori I-III sinflarda 34 haftani, IV sinfda esa 36 haftani, V-IX 
sinflarda esa 36-38 haftani tashkil etadi. I-IV sinflarda haftasiga o’rtacha 22 soat, V-
IX  sinflarda  esa  haftasiga  30-34  soatdan  mashg’ulot  olib  borilishi  mumkin. 
Maktablarda  dars  soatlari  45  daqiqadan  iborat  etib  belgilangan.  Darslar  orasidagi 
tanaffuslar 5 daqiqani, katta tanaffus esa 10 daqiqani tashkil etadi.  
Kasb-hunar  kollejlarining  o’quv  rejasidan  esa  tabiiy,  ijtimoiy,  gumantar  kabi 
umumiy  fanlar,  shuningdek,  ixtisoslik  yo’nalishi  bo’yicha  bilimlarni  beruvchi 
mutaxassislik  fanlari  ham  muhim  o’rin  egallaydi.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 


 
239 
muassasalarida  o’quv  haftalarining  yillik  miqdori  42  haftani  tashkil  etadi.  Ta’lim 
muassasalarining I-III bosqichlarida haftasiga 34-36 soatdan mashg’ulot olib borilishi 
mumkin.  Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  dars  soatlari  1  akademik  soat 
(80  daqiqa)dan  iborat  etib  belgilangan.  Darslar  orasidagi  tanaffuslar  10  daqiqani, 
katta  tanaffus  esa  20  daqiqani  tashkil  etadi.  Oliy  ta’lim  muassasalarida  tashkil 
etiladigan dars va tanaffuslar hajmi o’rta maxsus ta’lim muassasalariniki bilan teng.  
O’quv  rejasida  quyidagilar  aks  etadi:  o’quv  yili,  chorak  (semestr)lar  va 
ta’tillarning  davomiyligi;    ta’lim  muassasasida  o’rganiladigan  o’quv  fanlarining 
tartibi;    fanlarning  o’qish  yillari  bo’yicha  taqsimlanishi;  har  bir  fan  bo’yicha  yaxlit 
ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi; har 
bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi; praktikumlar, ishlab chiqarish 
va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi. 
O’quv  rejalarining  quyidagi  turlari  mavjud:  1)  tayanch  o’quv  rejalari;  2) 
namunaviy o’quv rejalari; 3) ishchi o’quv rejalari. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish