B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet441/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari
  –  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yo’lida tashkil etilib, o’quv-metodik, 
moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarga ega yuridik shaxs. Ular o’z 
faoliyatida  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  qonunlari,  Respublika 
Prezidentining  farmon,  qaror  va  farmoyishlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlari,  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar,  “O’zbekiston 
Respublikasida  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  to’g’risida”gi  Nizom  hamda  o’z 
ustavlariga  amal  qiladi.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari  respublika 
qonunchiligi  asoslarida  belgilangan  tartibda  tashkil  etiladi,  qayta  tashkil  etiladi  yoki 
tugatiladi.  Ushbu  ta’lim  muassasalari  hududlarning  demografik,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
geografik sharoitlari, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo’lgan talabi, 
ularni o’quvchilarning asosiy yashash joylariga mumkin qadar yaqin joylashtirilishini 
hisobga olgan holda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari shaklida tashkil etilib, 


 
243 
ularda  o’qitish  uch  yil  muddat  bilan,  kunduzgi  shaklda  amalga  oshiriladi.  Boshqa 
joylardan kelgan o’quvchilar uchun, imkoniyatga qarab, akademik litseylar va kasb-
hunar  kollejlari  huzurida  ularni  oilasidan  alohida  yashashi  uchun  yetarli  uy-joy, 
maishiy sharoitlar bilan ta’minlaydigan yotoqxonalar tashkil etiladi. Ular o’z Ustavi, 
balansi, Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida shaxsiy 
hisob raqami, hisob-kitob raqamlari, muhr, burchakli shtamp va blankaga ega. O’rta 
maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining  Ustavi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Davlat  boshqaruvi  hamda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  respublika 
qonunchilik  asoslariga  muvofiq  davlat  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalarining  muassislari  bo’lishi  mumkin.  Nodavlat  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi  muassasalari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  jismoniy  va  nodavlat 
yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.  
O’quvchi,  o’qituvchi  va  muhandis-pedagoglar  tarkibi,  ish  beruvchilar, 
o’quvchilarning  ota-onalari  (yoki  ularning  o’rnini  bosuvchilar)  o’rta  maxsus,  kasb-
hunar ta’limi ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. 
O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  o’quvchilar  o’qitish  kurslari 
bo’yicha  guruhlarga,  o’qitish  yo’nalishi  bo’yicha  esa  bo’limlarga  birlashtiriladi. 
Guruhlarga  30  nafargacha  o’quvchilar  jalb  qilinadi.  O’quvchilar  uchun 
belgilanadigan  o’quv  yuklamasi  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  DTSga  muvofiq 
aniqlanadi.  O’quv  yili  2  semestrga  bo’linib,  o’quvchilar  uchun  har  bir  o’quv  yilida 
jami kamida 10 hafta va ko’pi bilan 12 hafta davom etadigan ta’tillar belgilanadi. 
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  umumiy  ta’lim,  o’quv  fanlari  va 
yo’nalishlari  bo’yicha  chuqurlashtirilgan,  sohaga  oid  ta’lim  dasturlari  va 
ixtisoslashtirilgan  dasturlar  (akademik  litseylar  uchun),  o’qitish  yo’nalishlari 
bo’yicha  umumtexnika  kasb-hunar  dasturlari  va  maxsus  dasturlar  (kasb-hunar 
kollejlari  uchun)  o’qitiladi.  Imkoniyatlari  cheklangan  shaxslar  uchun  O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  O’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi  markazi  tomonidan  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi, 
Sog’liqni  saqlash  vazirligi  bilan birgalikda  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  maxsus 
dasturlari ishlab chiqiladi. 
O’quvchilarni  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasasining  bir  tipidan 
boshqasiga  o’tkazish,  o’qishga  tiklash  respublika  qonunchiligi  asoslariga  muvofiq 
amalga oshiriladi. Ularni o’qitish kasb-hunar ta’limining fan va ishlab chiqarish bilan 
o’zaro  hamkorligi  asosida  quyidagi  yo’llar  bilan  amalga  oshiriladi:  korxonalarda 
tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun shart-sharoitlar yaratish, ish 
beruvchilarni  o’quv  jarayoniga,  tarmoq  ta’lim  standartlari,  o’quv  qo’llanmalarini 
ishlab  chiqishga  jalb  etish;  yangi  axborot  va  pedagogik  texnologiyalar,  ilmiy-
tadqiqotlar natijalarini o’zlashtirish uchun eksperimental maydonchalar tashkil etish; 
o’qitishni  tashkilotlarda  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan  qo’shib  olib  borish,  kasb-
hunar  kollejlarida  qo’shma  ishlab  chiqarishlar  tashkil  etish,  o’quvchilarni  ishlab 
chiqarish  amaliyotidan  o’tish  uchun  bazalar  bilan  ta’minlash;  malakali  kadrlarni 
tayyorlash  va  tarbiyalashning  dual  tizimini  rivojlantirish;  alohida  mutaxassislarni 
maqsadli  tayyorlashni  moliyalashtirish,  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika, 
resurs  bazasini  mustahkamlash,  ularni  zamonaviy  anjom,  apparatura  va  uskunalar 


 
244 
bilan  jihozlash,  akademik  litseylar  o’quvchilariga  amaliy  bilimlar  olishi  uchun  oliy 
ta’lim  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining  o’quv-laboratoriya  bazasini  berishda 
korxonalar, tashkilotlar va b. ish beruvchilarning ixtiyoriy (yoki mavjud shartnomalar 
asosida) qatnashishi; o’quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat 
faoliyati va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
o’quvchilarga  diplom  ishlanmalari  mavzulari  ro’yxatini  berishda  korxonalar, 
tashkilotlar  va  b.  ish  beruvchilarning  qatnashishi;  bevosita  ishlab  chiqarishda 
muhandis-pedagog  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini 
oshirish,  malakali  mutaxassislarning  o’quvchilarni  o’quv-kasbiy  tayyorlashda 
qatnashishi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari DTSga muvofiq 
qo’shimcha  ta’lim  xizmatlari  olish,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasasini 
boshqarishda uning ustavida belgilangan shaklda qatnashish huquqiga ega. 
Kasb-hunar kolleji manfaatdor vazirliklar va idoralar, ish beruvchilar, mehnat va 
aholi  bandligi  organlari  bilan  hamkorlikda  pulli-kontrakt  asosida:  a)  o’rta  maxsus, 
kasb-hunar  ma’lumotiga  ega  bo’lmagan  shaxslarni  umumta’lim  maktablarining  11-
sinflari bitiruvchilari kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlari uchun o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi dasturlari bo’yicha; b) ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlovchi o’rta 
maxsus,  kasb-hunar  ma’lumotga  ega  shaxslarni  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
dasturlari bo’yicha o’qitish mumkin (bo’sh o’quv maydonlari, zarur resurs ta’minoti 
va o’qituvchi kadrlar mavjud bo’lgan taqdirda).  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish