50
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Yechim: fosfodiefir bog‘lar soni orqali nukleotidlar sonini topamiz. 598 ta fosfodiefir bog‗ 600
ta nukleotid o‗rtasida joylashadi. Umumiy nukleotidlar soni 600 ta boTsa, uning 20 %ini adenin
tashkil etar ekan. Adeninlar sonini topamiz. 600 x20/100=120 ta.
DNK molekulasida adeninlar
soni timinlar soniga teng bo‘ladi . Demak, timinlar soni ham 120 ta bo‘ladi . Endi qolgan
nukleotidlar soni topiladi. 600-120-120=360 ta guanin va sitozin laming umumiy soni. Ularning
soni ham DNK molekulasida o‗zaro teng bo‘lgan i uchun 360/2=180 tadan ekan.
Nukleotidlar sonini topish:
1.Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta uratsil nuklebtidi mavjud.
Shu i-RNK zanjiridan
teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin
nukleotidlari soni i-RNK dagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko‗p, guanin nukleotidlari soni
2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari
miqdori guanin va sitozin
nukleotidlari yig‗indisining yarmiga teng bo‗lsa, DNK qo‗sh zanjiridagi T nukleotidining sonini
toping.
Yechim:
i-RNK da 80 ta uratsil borligi ma‘lum bo‗lsa, demak, shu i-RNK molekulasidan teskari
transkripsiya asosida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida ham 80
ta adenin
nukleotidi borligi ma‘lum bo‘ladi. Chunki i-RNK dagiuratsilgakomplementarlik asosida DNK da
adenin sintezlanadi. Shu DNK zanjiridagi sitozin nukleotidlari soni uratsil nukleotidlari sonidan 3
marta ko‗p bo‗lsa, 80x3= 240 ta bo‘ladi. Guaninlar soni esa 2 marta kam, demak, 80/2=40 ta
bo‘ladi. Timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig‘indisining yarmiga teng,
ya‘ni 240+40=280/2=140 ta ekan. Yuqoridagilardan DNK molekulasining bitta
zanjiridagi
nukleotidlar soni kelib chiqdi. Endi shu zanjirga komplementarlik asosida ikkinchi zanjirdagi
nukleotidlar sonini topamiz. Birinchi zanjirda 80 ta adenin bo'lsa, shunga komplementar ikkinchi
zanjirda 80 ta timin bo‘ladi; birinchi zanjirda 240 ta sitozin bo‘lsa,
ikkinchi zanjirda unga
komplementar bo‘lgan 240 ta guanin bo‘ladi; birinchi zanjirda 40 ta guanin bo‘lsa, ikkinchi
zanjirda 40 ta sitozin bo‘ladi; birinchi zanjirda 140 ta timin bo‘lsa, ikkinchi zanjirda unga
komplementar bo‘lgan 140 ta adenin bo‘ladi. Endi ikkala zanjirdagi o‘xshash
nukleotidlar sonini
qo‘shamiz. Timin 140+80=220; sitozin 240+40=280; guanin 40+240=280; adenin 80+140=220 ta
bo‘lar ekan. Demak, DNK qo‘sh zanjirida adenin nukleotidlari soni 220 ta ekan.
2.DNK molekulasimuayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga teng. DNK molekulasidagi
nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng
bo‘lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor?
Yechim:
berilgan DNK uzunligini qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofaga bo‘lib,
nukleotidlar
sonini topamiz. 73,1/0,34=215 ta nukleotid. Bu bitta zanjirdagi nukleotidlar soni bo‘lib, DNK
qo‘sh zanjirli bo‘lgani uchun uni ikkiga ko‘paytirib olamiz: 215x2=430 ta umumiy nukleotidlar
soni;
Do'stlaringiz bilan baham: