B. A. Xakimov biologiya fanidan masalalar



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/155
Sana09.07.2022
Hajmi6,45 Mb.
#761416
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
Biologiyadan masalalar to\'plami

Odamlarda gametogenez 
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy bezlarda 
rivojlanadi. Spermatozoidlar — urug‘donda, tuxum hujayra — tuxumdonda. Spermatozoidlarning 
rivojlanishi — spermatogenez, tuxum hujayraning rivojlanishi — ovogenez deyiladi. Jinsiy 
hujayralarning hosil bo‘lishi jarayonida spermatogenez va ovogenez bir nechta bosqichlarda 
amalga oshadi. 
 


89 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
 I bosqich.
Ko‘payish davri, birlamchi jinsiy hujayralar mitoz yo‘li bilan ko‘payishi natijasida
hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda birlamchi jinsiy hujayralar juda tez ko‘payadi, ko‘pincha 
bu jarayon ba log‘atga yetish davridan boshlab qarilik davrigacha davom etadi. Ovogenezda 
birlamchi urg‘ochi jinsiy hujayralarning ko‘payishi tuban umurtqasizlarda butun umri mobaynida 
davom etadi.
II bosqich.
O‘sish davri boshlang‘ich jinsiy hujayralarning ayrimlari o‘sish zonasiga o‘tib 
kattalashadi, oziq moddalar to‘playdi. Ularning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi 
spermatozoidlar o‘sish zonasida tez kattalashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim vaqtlarda bir 
necha yuz va ming martagacha kattalashadi. Birlamchi tuxum hujayralarning o‘sishi organizmning 
boshqa hujayralarida hosil bo‘ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar
suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlardagi tuxum hujayraning asosiy 
qismini sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq moddalar to‘plamidir. Bundan tashqari 
birlamchi jinsiy hujayralarda ko‘p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi.
III bosqich.
Yetilish davri — hujayralar yadrosidagi diploid to‘plam ikki hissaga ortadi. Bu 
davrda hujayralar meyoz usulida ko‘payib, gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. 
IV bosqich.
Shakllanish davri — hosil bo‘lgan jinsiy hujayralarning ma‘lum shaklga va 
hajmga ega bo‘lishi bilan amalga oshadi. Tuxum hujayra shakllanish davrida maxsus parda 
(qobiq) bilan o‘ralib urug‘lanishga tayyor bo‘ladi. Ko‘p hollarda sudralib yuruvchilar, qushlar va 
sut emizuvchilar tuxum hujayrasida qo‘shimcha qobiqlar hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha qobiqlar 
tuxum hujayra va unda rivojlanayotgan embrionni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan 
himoya qilib turadi. Spermatozoidlar tuzilishiga ko‘ra har xil hajm va shaklga ega. 
Spermatozoidlarning asosiy vazifasi tuxum hujayraga irsiy axborotni olib borish va uning 
funksiyasini tezlatishdir. Shakllangan spermatozoidda mitoxondriya, Golji majmuasi va
urug‘lanish vaqtida tuxum hujayra membranasini eritib yuboruvchi maxsus fermentlar bo‘ladi. 
Spermatozoid tuxum hujayrani urug‘lantirgach, diploid to‘plamga ega bo‘lgan zigota hosil 
bo‘ladi.


90 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish