Termorezistiv datchiklar.
Xamfri Devi 1821 yildayoq turli metallarning
elektr qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lishini sezgan. Vilьyam Simens 1871 yilda
birinchi platinali rezistiv termometrni yaratgan. 1887 yilda esa Xyu Kallendar
o‘zining maqolasida platinali termometrlardan amalda foydalanishni tasvirlab
bergan. Termorezistiv datchiklarning yutuqlari yuqori sezgirligi, interfeysli
sxemalarni yaratishning oddiyligi va uzoq muddatli barqarorlik bo‘lib hisoblanadi.
Bunday datchiklarni uchta guruhga ajratish mumkin: rezistiv harorat datchiklari
(RHD),
p-n
o‘tishli detektorlar va termistorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |