B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

r

va 


r

issiqlik qarshiliklarini o‘z ichiga 

oladigan  issiqlik  sxemasi  ko‘rsatilgan,  issiqlik  qarshiliklari  moddaning  issiqlik 

energiyasini o‘tkazish qobiliyatini aks ettiradi va issiqlik koeffitsiyentlariga teskari 

kattaliklar sifatida aniqlanadi, ya’ni 

r = 1/a. 

Agar obyekt qurshab turuvchi muhitga 

qaraganda  issiqroq  bo‘lsa,  issiqlik  oqimi  strelka  ko‘rsatgan  tomonga  qarab 

yo‘naladi. 

5.13-rasmdagi  sxema  elektr  sxemasini  eslatadi,  va  uning  parametrlarini 

hisoblash  uchun  ham  elektr  zanjirlarining  Kirxgoff  va  Om  qonuni  kabi  qonunlari 

qo‘llaniladi.  Moddaning  issiqlik  sig‘imi,  elektr  zanjirlariga  o‘xshab,  kondensator 

ko‘rinishida  aks  ettiriladi.  Barcha  haroratlar  allaqachon  ma’lum  bir  statsionar 

darajaga  chiqqan  deb  hisoblash  bilan  bu  tizimga  nisbatan  energiyaning  saqlanish 

qonunini  qo‘llash  mumkin,  undan  obyektdan  datchikka  uzatilgan  issiqlik 

energiyasi datchikdan qurshab turuvchi muhitga berilgan energiyaga teng bo‘lishi 

lozimligi  kelib  chiqadi.  Bundan  kelib  chiqish  bilan  quyidagi  tenglamani  yozish 

mumkin: 

                                             

                                                     (5.15) 

Bundan datchikning harorati uchun ifodani chiqarish mumkin: 

                           

                            (5.16) 

Bunda  

 - obyekt bilan qurshab turuvchi muhit o‘rtasidagi haroratlar farqi. 

(5.16)  tenglamani  batafsil  ko‘rib  chiqamiz.  Uni  tahlil  qilish  bilan  bir  nechta 

xulosaga  kelish  mumkin.  Birinchidan,  datchikning  harorati  har  doim  obyektning 

haroratidan  farq  qiladi.  Qurshab  turuvchi  muhit  bilan  obyektning  haroratlari  teng 

bo‘ladigan  holat  bundan  mustasno,  ya’ni 

  = 

  =  0.  Ikkinchidan,  har 



qanday  

 da datchikning harorati obyektning haroratiga faqatgina   nisbat nolga 

qarab intilganda yaqinlashadi. Bu shuni bildiradiki, o‘lchash xatoligini kamaytirish 

uchun  obyekt  bilan  datchik  o‘rtasidagi  issiqlik  bog‘lanishini  yaxshilash  va 




276 

 

datchikni  imkon  qadar  qurshab  turuvchi  muhitdan  ajratish  zarur  bo‘ladi, 



amaliyotda ko‘pincha buni bajarish oson bo‘lmaydi. 

 

 



 

5.13- rasm. Harorat datchigi; (A)- obyekt, tutashtiruvchi kabel bilan issiqlik 

kontaktida; (B)-ekvivalent issiqlik sxemasi  

 

Tiplashgan  kontaktli  harorat  datchigi  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  tashkil 



topadi (5.14A- rasm): 

1.

 



Sezgir  element  –  datchikning  o‘zining haroratining  o‘zgarishiga  reaksiya 

ko‘rsatuvchi  material.  Yaxshi  element  past  solishtirma  issiqlik  sig‘imi,  kichik 

massa,  katta  issiqlik  o‘tkazuvchanlik,  yuqori  va  bashorat  qilinadigan  sezgirlikka 

ega bo‘ladi. 

2.

 

Kontaktlar  –  sezgir  elementni  tashqi  elektron  sxema  bilan  bog‘laydigan 



o‘tkazuvchan  plastinkalar  yoki  simlar.  Kontaktlar  minimal  mumkin  bo‘lgan 

issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr qarshiligiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek ular 

ko‘pincha tayanch konstruksiya rolini ham bajaradi. 

3.

 



Himoyalovchi  korpus  –  fizikaviy  jihatdan  sezgir  elementni  qurshab 

turuvchi  muhitdan  ajratadigan  maxsus  qobiq  yoki  qoplama.  Yaxshi  korpus  past 

issiqlik  qarshiligi  (yuqori  issiqlik  o‘tkazuvchanlik)  va  yaxshi  dielektriklik 

xususiyatlariga ega bo‘ladi. U suv va qurshab turuvchi muhitning boshqa omillari 

sezgir  elementning  ishiga  ta’sir  ko‘rsatmasligi  uchun  namlik  singdirmaydigan 

bo‘lishi lozim. 




277 

 

 



5.14- rasm. Harorat datchiklarining asosiy strukturalari: A – kontaktli datchik; B- 

kontaktsiz datchik (issiqlik nurlanishi detektori) 

 

5.14B- rasmda 



kontaktsiz 

harorat datchigi ko‘rsatilgan, u o‘zida optik issiqlik 

nurlanish  detektorini  taqdim  qiladi.  Uning  tarkibiga  shuningdek  o‘zining 

haroratining  o‘zgarishiga  reaksiya  ko‘rsatadigan  sezgir  element  kiradi.  Kontaktli 

va  kontaktsiz  datchiklarning  asosiy  farqi  obyektdan  elementga  issiqlikni  uzatish 

usulidan iborat: kontaktli datchiklarda issiqlik uzatish mexanizmi fizikaviy kontakt 

orqali  harakatga  keladi,  kontaktsiz  datchiklarda  esa  issiqlik  nurlanish  orqali  yoki 

optik yo‘l bilan uzatiladi.  

Issiqlik  nurlanish  datchiklarining  tezkor  harakatlanishini  yaxshilash  uchun 

sezgir elementning qalinligi minimal qilinadi, sezgirlikni oshirish uchun esa uning 

yuza  maydoni  oshiriladi.  Kontaktsiz  issiqlik  datchigining  tarkibiga  sezuvchan 

elementga  qo‘shimcha  ravishda  optik  darcha  va  kiritilgan  interfeys  sxema  kirishi 

mumkin.  Datchik  korpusining  ichki  qismi  odatda  quruq  havo  yoki  azot  bilan 

to‘ldiriladi. 

Barcha harorat datchiklarini ikkita klassga – 

absolyut 

va 


nisbiy 

detektorlarga 

ajratish mumkin. Absolyut datchiklar haroratni yoki absolyut nolga nisbatan, yoki 

harorat  shkalasidagi  boshqa  har  qanday  nuqtaga  nisbatan,  masalan,  0  

(273,15

0

K),  25



  va  hokazolarga  nisbatan  o‘lchaydi.  Absolyut  datchiklarga 

termistorlar  va  rezistiv  harorat  detektorlari  misol  bo‘la  oladi.  Nisbiy  datchiklar 

ikkita  obyektning  haroratlar  farqini  o‘lchaydi,  ulardan  biri  etalon  bo‘lib 

hisoblanadi. nisbiy datchiklarning tipik vakili termojuftlik bo‘lib hisoblanadi. 




278 

 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish