(Tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin.)
1-tajriba. Qizdirilganida parchalanishi. Probirkaga oldingi tajribada olingan nitrat kislotasidan 1-2 ml quying va uni shtativga tik holda o‘rnating. Kislotani kuchsiz qizdiring. Probirkani qisqichda ushlab turib cho‘g‘ tuting. Nima kuzatildi? HNO3 ning parchalanish reaksiyasini yozing.
2-tajriba. Konsentrlangan nitrat kislotasini metallarga ta’siri. Bitta probirkaga bir bo‘lak rux, ikkinchisiga qalay soling va so‘ngra konsentrlangan nitrat kislotasidan quying. Qanday gaz ajraladi? Ikkinchi probirkada H2SnO3 hosil bo‘lishini e’tiborga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing.
3-tajriba. Suyultirilgan nitrat kislotasini metallarga ta’siri. Probirkaga ozgina temir kukunidan yoki qirindisidan soling va unga o‘rtacha suyultirilgan HNO3 eritmasidan quying. Qanday gaz ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Bitta probirkaga rux bo‘lagidan, ikkinchisiga qalay bo‘lagidan soling va ikkalasiga ham kuchli suyultirilgan HNO3 eritmasidan quying. Bir necha daqiqa mobaynida suyuqlikni chayqating, eritmani boshqa idishga quyib, unda NH4+ ioni borligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
4-tajriba. Alyuminiyni «bug‘lanayotgan» nitrat kislotasida passivlanishi.
Probirkaga ozroq 2 n HCl eritmasidan quying va unga alyuminiy bo‘lagidan soling. Nima kuzatildi? So‘ngra alyuminiyni kislotadan chiqarib olib, suv bilan yuving, filtr qog‘oz bilan artib, tajribada olingan HNO3 ga tushuring. 3-4 daqiqadan so‘ng alyuminiyni ehtiyotlik bilan olib, suv bilan chayqatmasdan yuving va yana HCl ga tushiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
5-tajriba. Konsentrlangan nitrat kislotasini metallmaslarga ta’siri.
Chinni kosachaga ozroq konsentrlangan HNO3 quying, oltingugurt bo‘laklaridan bir bo‘lagini solib qizdiring. Qanday xodisa ro‘y beradi? Suyuqlik sovigandan so‘ng uni suvli probirkaga quying va unda H2SO4 borligini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
6-tajriba. Nitrat kislotasining murakkab moddalarga ta’siri.
Probirkaga ozroq suyultirilgan HNO3 olib qizdiring va unga Kipp apparatida olingan H2S oqimini o‘tkazing. Nima kuzatildi? Kuzatilgan xodisani izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Nitrat kislotasi qanday vazifani bajaradi?
Probirkaga ozroq mis (II) sulfid (CuS) soling va 1-2 ml konsentrlangan HNO3 quying. CuS ni erishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Bir necha konsentrlangan HNO3 kislota tomchisini ozroq lakmus yoki fuksin eritmasiga quyib chayqating. Nima kuzatildi? Izohlang.
7-tajriba. Organik moddalarni nitrat kislotasida parchalanishi.
Sherst matoga konsentrlangan HNO3 dan shisha tayoqchada bir tomchi tushuring. Matoga nima bo‘lishini kuzating. Ro‘y bergan xodisani izohlang.