AZOT SANOATI XOM ASHELARI.
Azotning xom ashyolari sifatida avvalombor atmosfera havosini ko‘rsatish mumkindir. Atmosfera havosi asosan azot va kisloroddan iboratdir.
Quruq havo tarkibi: N2 - 78,09 %, O2 - 20,95 %, Ar - 0,93 %, CO2 - 0,03 %. Qolganlari neon, geliy, kripton, N2, azonlardan iboratdir. Bu quruq havoning tarkibi. Tabiatda esa har qaysi geologik yerda yilning fasliga qarab, ma’lum miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Elementar azotning dunyodagi havo tarkibidagi zahirasi 4,1015 t ga teng; 1 gektar yer yuziga esa o‘rtacha 80 ming tonna bog‘lanmagan holdagi elementar azot to‘g‘ri kelar ekan. Bu yerda azot bog‘lanmagan holdadir. Ammo azot tabiatda qisman bog‘langan ham uchraydi: NaNO3-chili selitrasi, КNO3-hindiston selitrasi. Chaqmoq natijasida yuqori temperaturada N2 Q O2 = 2NO - Q ga o‘tadi. Keyinchalik azot monoksidi N2 ga, yomir suvlari bilan HNO3 ga, yerga tushgach Са(NO3)2 ga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |