AZOTNING AYLANISHI.
Insoniyat elementar azotni o‘zlashtira olmaydi, chunki azot inertdir. Shuning uchun tabiatda har xil usullar bilan elementar azot bog‘langan azot holatga aylantiriladi. Ularni o‘simlik dunyosi iste’mol qiladi, ularni esa hayvonat dunyosi iste’mol qiladi, natijada insonlar uchun kerak bo‘lgan oqsil paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, inson kuniga 100 g cha oqsil iste’mol qilmog‘i kerak. Uning tarkibida 16 g azot bo‘ladi.
Tabiatda bu oqsil moddalar ham vaqti kelganda chirib, yana elementar azotga o‘tishi mumkin ekan. Shunday qilib, azot tabiatda yo‘qolmay doimo aylanib yurar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |