Aziz o‘quvchilar!



Download 12,7 Mb.
bet21/167
Sana20.01.2022
Hajmi12,7 Mb.
#392643
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167
Bog'liq
10 ona tili konspekt [uzsmart.uz]

Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.

Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

I.Tashkiliy qism.

2 minut

II.O’tilgan mavzuni tekshirish

10 minut

III.Yangi mavzuni bayoni

20 minut

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

8 minut

V.Darsni yakunlash va baholash

3 minut

VI.Uyga vazifa

2 minut

Darsning borishi (reja):

I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi



II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish

III.Yangi mavzu bayoni:

1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning qaysi yosh dagi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting.

2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga

e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.

1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga boorish kerak buni! – dedi ikkin chisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.

(O‘. Umar bekov) 5. Ukang mi bu hali? (Erkin A’zam) Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq

shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unut maslik lozim.



15-mashq. Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting.

1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur) 4. Sharif akamni Maskovdan olib kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik) 5. E, soching qursin! – derdi opasi. – Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak. (Said Ahmad) 6. Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam) 7. Dadasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev) 8. Eb-ey, qiyshiq-ku! – dedi Hasan bobo. (Tog‘ay Murod)



16-mashq. Berilgan matndagi faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xoslangan birliklarni aniqlab, ularga izoh bering.

Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim. – Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, – dedi u mayin tovush bilan. – Uzum kerak ekan, aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim. Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zimdan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ishtonbog‘ imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi. Ammo chol e’tibor bermadi. Ko‘rgan bo‘lsa ham o‘zini ko‘rmaganlikka solib, meni yupata boshladi.

– Yig‘lama, nega yig‘laysan, tentak, – dedi u boshimni silab. – Bir bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo‘pti? Kamayib qoladimi? Qara, bu uzumlarni! Qancha, axir. Hammaga yetadi. Qani, bu yoqqa yur! – Chol qo‘limdan ushlab yetaklab ketdi. Bog‘ning o‘rtasidagi ishkomga kirdim. Ishkom to‘la yong‘oqdek-yong‘oqdek keladigan qora charos edi. – Tuzukmi? – dedi chol menga qarab va kulib qo‘ydi. Ko‘kragiga tushib turgan qalin oppoq soqoli silkinib ketdi. – Tuzuk bo‘lsa, shundan uzib beraman. U qiyig‘iga osib qo‘ygan pichog‘ini qinidan sug‘urib uzum uza boshladi.

– Mana, bolam, ol. O‘rtoqlaringga ham olib bor. Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim. Rahmat aytish ham esimdan chiqibdi. (O‘. Umarbekov)

A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ovoz so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.


Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish