OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa. Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |