Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
45
library.ziyonet.uz/
Boʻldi, nazming rangidin devon qizil, sorig, yashil.
Sahhof (muqovachi) va rassomlar odatda shingarf (qizil), oltin va zangor boʻyoqlar ila
kitoblarni bezaydilar. Lekin Navoiy bunga muhtoj emas, uning nazmi azaldan rangindir,
shu tufayli uning devoni – umr kitobi ham tabiiy yoʻsinda qizil, sorigʻ, yashil tusdadir,
ya’ni, olam haqiqati ranglariga boʻyalmishdir.
Gʻazalni oʻqib, oʻylaymai: necha bir zobit, necha bir mustabidlar kishilik dunyosiii,
haqiqatni bitta rang, bitta boʻyoqqa boʻyamoqchi boʻldilar, lekin har gal bu uriiishlar
sharmandalik bilan tugadi...
Navoiy gʻazali — haqiqatning rangin olamiga bitilgan oʻlmas madhiyadir. Shu olam bor
ekan, bu gʻazalnipg umri, safosi tugamas...
Do'stlaringiz bilan baham: |