Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
51
library.ziyonet.uz/
Har qanday ulugʻ san’atkorning she’rida soʻz uning oʻzi aks ettiripshi istagan fikr va
tuygʻudan bir necha hissa ortiq ma’nolarni ifodalaydi. Shuning uchun haqiqiy she’rning
gʻoyaviy-badiiy tarkibida hamisha nimalardir sir boʻlib, allaqanday ma’no gavhari
yashirinligicha qolaveradi. Eng zukko she’rshunosning ham tahlil imkoniyati cheklangan.
Chunki u har qancha urinmasin, soʻzning majoziy mohiyatini barcha rang, ohang
tovlanishlari bilan idrokdan oʻtkaza olmaydi. Birdaniga bir necha ramziy mazmunlarni
tarkibiga birlashtira olgan she’r — chinakam she’r. Navoiyning gʻazali shu da’voning
yorqin isbotidir. Uni oʻqigai bugungi oʻquvchi qanday xulosalarga keladi. Taxminan
bunday: Shoirni «ulus» juda bezdirgan ekan-da, qanot chiqarib qochishni koʻzlabdi. Shoh
unga iltifot koʻrsatganida, balkim u «xaloyiq suhbatidin mint gʻam»ga giriftor
boʻlmasmidi. Bunga sabab oʻsha jaholatli zamon, adolatsiz feodal tuzum va h. k.
Gʻazalning shaxs va zamon oʻrtasidagi ziddiyatlardan mulohaza qoʻzgʻagani yaxshi,
albatta. Lekin bu shoirning qoʻliga qalam tutqazgan asosiy dard yoki bosh maqsad emas.
Turkiy tasavvuf she’riitining buyuk vakili Yunus Emro husni mutlaq oshiqlari tilidan:
Ishqing oldi mandan mani,
Manga san keraksan, san!
Jismim yonur kecha-kunduz,
Manga san keraksan, san!
—deb aytgan. Ilohiy «muhabbat bahrining gʻavvosi» boʻlgan yurak faqat tavhid zavqiga
muhtojdir. Uni Haqdin boshqa «na borliq», na «yoʻqlik» — hech nima sevintirmaydi. U
tahayyul va vahdat mayidan mast, halqu olamdan qochib, «koʻngul taxtining shohi»—
Haq dargohiga uchmoq shavqida yonadi, Navoiy gʻazalida ham «Man»likdan kechib,
«San»likka yuz burgan lirik qahramonning sirli kechinmalari, olami gʻayb sori parvozi
tasvirlangan.
Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yoʻl boʻrtoq,
Bu yoʻlda salb etib oʻzlik yukin, oʻzni sabukbor et,
— deydi Navoiy boshqa bir oʻrinda. Yuqoridagi gʻazal qahramoni «oʻzni sabukbor» eta
olgani uchun ham «uchib qochmoq» niyatiii ochiq izhor qilgan:
Parim boʻlsa uchub qochsam ulusdin to qaiotim bor,
Qanotim kuysa uchmogʻdin, yugursam to hayotim bor.
«Parim boʻlsa» demoq bilan odamda par paydo boʻla qolmaydi. «Uchub qochsam»
deyish ulusdan qutulish chorasi emas. «Qanotim kuysa...» Darvoqe, qanot iimadan
kuyadi? Quyosh otashidanmi? Yoʻq, husn quyoshining nuridan. Navbatdagi baytni oʻqib
anglaymizki, lirik «Men» «Parim boʻlsa uchub qochsam...» deya asossiz soʻzlamagan
Do'stlaringiz bilan baham: |