Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

49 



library.ziyonet.uz/ 

 

misraga tizilgan har bir soʻz imkoniyatlarini bosh maqsad-gʻoyaga toʻla-toʻkis xizmat 



ettirish mahoratiga yorqin misol boʻla oladi. Baytda hammasi boʻlib oʻnta soʻz ishtirok 

etadi. Ulardan biri — iikor «ne» sakkiz marotaba, ikkinchisi — «manga» toʻrt oʻrinda 

qayta-qayta keladi. Ammo shoirning usta san’atkorligi, jumladan, shundaki, bu 

takrorlarning hech birini nooʻrin yoki gʻashga teguvchi, gʻalizlik tugʻdiruvchi oddiy 

qaytariq deyish mumkin emas. Aksincha, ular har bir konkret holatda jiddiy ma’naviy 

vazifani oʻtaydi, gʻoyani ta’kidlab, holatning chindan ham faje’ mohiyatini chertib 

koʻrsatadi, ohangga shiddat va sur’at baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga koʻtaradi: 

Manga ne yoru ne hamdam, manga ne doʻst, ne mahram, 

Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru ne somon! 

Bunday ayanchli, nochor ahvolimdan, oʻtliq nolayu ohimdan burqsib chiqayotgan tutun 

qaygʻu-hasrat gʻamxonamni yanada qoraytirib, qorongʻulashtirib yuborgan: 

Bu ahvoli tabohimdin, figoni umrkohimdin, 

Ham oʻtluq dudi ohimdin qarorib kulbam ahzon! 

Navbatdagi bayt, shubhasiz, gʻazalning shohbaytidir. Unda poyama-poya baland pardaga 

koʻtarila borgan shikoyat, norozi-lik, qoralov yuqori choʻqqiga chiqqan. Endilikda yana 

ijtimoiylik old oʻringa oʻtadi — lirik «men» «falak»ni ochiqdan-ochiq qaroqchi, yoʻl-

toʻsar, boru yoʻgini zoʻrlik bilan shilib oluvchi «rahzan» deya qoralaydi, «zamon» esa 

unga nisbatan «dushman»ning xuddi oʻzi. Ana shu «rahzan» va «dushman»larning yovuz 

qilmishlaridan uning a’zoyi badaii «ravzan uza ravzan», ya’ni ilma-teshik, xuddi shu 

«rahzan» va «dushman»larning kasrat-kasofatidan jon ixtiyoridan tan chetda qolib, tan 

mulkini jon tark etgan, boshqacha aytganda, tandan jon, jondan tan ayrilishga majbur 

boʻlgan: 



Falak rahzan, zamon dushmai, badan ravzan uza ravzan, 

Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon! 

Gʻazaliing soʻnggi yakunlovchi bayti faqat ichki qofiyaligina emas, balki ichki 

radiflihamdir. U shoirning oʻziga taskin-oʻgit aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. 

Ey Navoiy, deyiladi unda, azob-uqubat, qaygʻu-musibat qancha koʻp boʻlsa, ishrat jomini 

— shodlik va xushnudlik, xursandchilik va xurramlik qadahini shu qadar koʻp ichaber; 

chunki barcha qiyinchilik va mushkullikni vahdat mayi oson qiladi. 



Navoiy boʻlsa mehnat koʻp, ichakoʻr jomi ishrat koʻp, 

Necha boʻlsa suubat koʻp qilur vahdat mayi oson! 

Navoiyning bu gʻazali mohiyatan insoniy qadr-qimmat, shon-sharaf, erk-huquqning 

poymol etilishiga qarshi kuchli norozilikning lirik vositalarda juda ta’sirchan 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish