Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

41 



library.ziyonet.uz/ 

 

Oltinchi baytda undan ham yorqin, tiniq manzara chiziladi: koʻngillar naqdini talon-taroj 



etmoq uchun yuzlaringga burqa’ (parda) tashlab olibsan, ha-ha, qaroqchi ham karvonga 

tashlanish oldidan yuz-koʻzlariga niqob kiyib oladi... Biri-chi misradagi mavhum tasvir 

ikkinchi misradagi ajoyib obraz bilan katta hayotiy manzara kasb etadi. 

Yuzin zulf ichra to koʻrdim, oʻlib vasliga yetmasmen

Gʻalat ermish yuz urmoq, kecha oʻtni har qayon koʻrgach. 

Shoh baytlardan biri! Baytdagi «kosa»: zulfung ichra yuzingni koʻrib qoldim, ammo 

ortigʻi menga nasib ermas... Agar kechasi har qayonda oʻt yonib turgan boʻlsa qay biriga 

yuz urib borursan? «Nimkosa» tasavvufga koʻra, yuz — bu, hokimi mutlaq, haq taola 

timsoli, zulf — beqaror oʻzgaruvchan olam, zulmat... Demak, zulmatlarga choʻmilgan 

beqaror olam ichra ul yorugʻ siymoni (haqni) koʻrib qoldim, ammo oʻlsam ham vasliga 

yeta olmasligim ayon, chunki lovullab turgan olovga yuz urib bormoq qoʻrqinchli va 

xatodir, kuydirib kul qiladi: Baytda «Zulf — kecha» mutobigʻi, «yuzin — yuz urmoq» 

tovush uygʻunligi ham kuzatiladi. 

 

Toʻqqiz baytning yettitasi ta’rifi shundaydir. Biz turli bir-biriga oʻxshamagan 



manzaralarni tomosha ayladik. 

 

Ilonni koʻrganda chirqillashib qichqirgan qushlar, daryoda qoni paydo boʻlganidan 



yaralangani ma’lum baliqlar, yerda qoni qolgan saydlar, kuz fasli kelganda bogʻlardagi 

barglarning qizara boshlashi, qush uyasidan jish poloponlarni shafqatsizlarcha olayotgan 

bolalar, karvonni koʻrganda yuzini yashirib olgan sahroyi qaroqchilar, tun-kechada har 

qayonni gutib ketgan gulxan, olovlar... Rang-barang lavhalar, barchasi hayotdan olingan

biz ularni har qadamda uchratganmiz, shohidi boʻlganmiz, zavqlanib hayratga 

tushganmiz, ta’sirlanganmiz. Ular tanish, ammo shoirning sehrli qalami ostida bizga 

yangi boʻlib tuyuladilar. 

 

Yuqoridagi tasvirlardan hayot, borliqning keng manzarasi namoyon boʻlgach, shoir endi



hayot haqida, shunday hayot qoʻynida yashayotgan inson umri, umr mazmuni haqida 

shunday xulosa yasaydi: 



Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi boqiy

Bas, el komin ravo ayla, oʻzungni komron koʻrgach. 

...Oʻzing baxt-saodatga erishgach, elning ham murod-maqsadga yetishishiga sa’y-harakat 

koʻrgiz; bilgilkim, boylik, davlat oʻtkinchidir (foniydir), yaxshi ot esa boqiydir. Bas, 

yaxshi ot qoldirmakka shoshil... Bu oʻzgaruvchan olamda yashar ekansan, beqaror 

olamda qaror topmoqchi boʻlsang, ana shularni yoddan chiqarma, degan fikr yotibdi 

tagmatnda. Gʻazaldan koʻzlangan maqsadga, chamasi, endi yetib keldik... 

 

Gʻazalga nuqta qoʻyishdan avval, yuqoridagi sakkiz baytga koʻz yugurtirgan shoir ravon 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish