Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Allergik laringit 
- bu odamning ekzogen va endogen ta’sirlovchilarga nisbatan sezgilarning 
ortishidir. 
Burun, halqum, hiqildoq va traxeyaning shilliq qavatlari, odatda, allergenlar bilan ko‘proq 
bevosita aloqaga kirishadi. Allergik laringitda hiqildoqning nasliy o‘tkir shishlariga moyillik ham 
aniqlangan. Agar hiqildoq ostida shishlar bo‘lsa, bunda hiqildoqda noqulay sezgilar vujudga keladi, 
ovoz boylamlarida shish bo‘lsa, fonatsiyaning buzilishi kuzatiladi, ovoz boylamlarida shishlar bo‘lsa, 
nafas olish jarayonida buzilishlar kuzatiladi. 
Ba’zan shishli laringit hiqildoq stenozi bilan birga keladi, u tez yoki to‘satdan rivojlanadi. 
Bemorda hiqildoqda og‘riqli spazmalar, yo‘tal, yutishda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bunda ovoz o‘zining 
normal jarangdorligini yo‘qotadi, ovozda kuchli charchash holatlari kuzatiladi. 
Hiqildoq periferik parez va falajlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovoz buzilishlari quyi hiqildoq 
shikastlanishi yoki infeksion shikastlanishlarda yuzaga keladi. Bir tomonlama buzilish nisbatan keng 
tarqalgandir. Shikastlangan tomonda ovoz boylamlarining holati o‘rta (medial), yon (lateral) hamda 


aytilganlar o‘rtasida (inter-medial) bo‘lishi mumkin. Lateral holatda ovoz buzilishlari nisbatan aniq 
namoyon bo‘lsa, medial holatda nafas buzilishlari nisbatan aniq namoyon bo‘ladi. 
Hiqildoq xarakati funksiyalarining buzilishi ichki muskullarning nevrogen parezlariga olib 
keladi. Bunda ovoz butunlay yo‘qoladi yoki birdan xirillaydi, nutq jarayonida kuchli toliqish, qalqish, 
reflektor yo‘tal, nafas olishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Ovozdagi qo‘pol buzilishlarning nafas 
buzilishlari bilan birga namoyon bo‘lishi nuqsonni yanada og‘irlashtiradi. 
Hiqildoqning markaziy parez va falajlari bosh miya po‘stlog‘i, miya ko‘prigi, uzunchoq miya, 
o‘tkazuvchi yo‘llarining shikastlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda bu holatlar miya falajlanish 
kasalligida uchrashi mumkin. 
Organik ovoz buzilishlariga ko‘pincha o‘smalar va ularni olib tashlangandan keyingi holatlar 
sabab bo‘lishi mumkin. 
Bolalarda ko‘plab patillomalar uchrashi va butun hiqildoqqa tarqalishi hamda olib tashlagandan 
so‘ng ham paydo bo‘lishi mumkin. Keng qamrovli papillamatoz va ko‘plab qilingan operatsiyalardan 
so‘ng jarohat chandiqlari nafas olish va ovoz hosil bo‘lishida chuqur nuqsonlarni keltirib chiqaradi. 
Ushbu kasallikning etiologiyasi va patogenezi hozirgi davrga qadar ochib berilmagan. Nafas olish va 
ovoz faoliyatining buzilishidan iborat bo‘lgan barvaqt papilomatoz bola nutqi va shaxsi shakllanishiga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘smaning, hatto ehtiyot qilib bartaraf etilishidan so‘ng ham ovoz 
apparatining kamchiligi kelib chiqadi. Xafli o‘sma bilan bog‘liq ravishda hiqildoqning to‘liq olib 
tashlanishi hiqildoqning halqum bilan birlashishi sababli insonni ovozdan mahrum etadi, hamda nafas 
faoliyatini izdan chiqaradi. Yuqorida bayon etilgan ovoz buzilishlarining barchasi surunkali 
buzilishlarga kirib, mustaqil ravishda yo‘qolmaydi. 
Ovoz buzilishlari, qonunga ko‘ra nutq tizimi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Faqatgina ilk 
davr og‘ir patologiyasigina nutq rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ba’zan nutq shakllanishiga qadar 
kasallikka chalingan bolalarda kuzatilishi mumkin. Ko‘plab o‘tkazilgan operatsiyalar, ovoz yo‘qligida 
tabiiy yo‘llar orqali nafas olishning buzilishi bolaning somatik zaifligini keltirib chiqaradi, hamda 
psixik va nutqiy rivojlanish sustlashishi, his-hayajonli iroda doirasidagi nuqsonlarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Bolalar o‘zlarining nuqsonlarini sezib, muloqotga tez kirishmaydigan qaysar, o‘zini tuta 
olmaydigan bo‘lib qoladilar. 
Ular to‘g‘ri tovush talaffuzini qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradilar. Ovoz buzilishlarining nisbatan 
yengil holatlarida bolalar o‘z kamchiliklariga xotirjam munosabatda bo‘ladilar. Ba’zilari esa o‘z 
kamchiliklariga tanqidiy munosabatda bo‘ladilar, hamda uni bartaraf etishga intiladilar. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish