pastki tillardan uzoqda turishi, til ildizining yumshoq tanglay tomonida
ko‘tarilgan holda turishi ham tovushni talaffuz qilish qulayligini yaratadi;
g) «u» tovushi «a», «o» unli tovushlaridan shu bilan farq qiladi-ki, bu tovushni talaffuz qilishda
havo oqimi tor, kuchli, sovuq bo‘ladi, bu esa ovoz kuchini oshiradi;
d) «u» tovush o‘zidan oldingi tovush – «m» undosh tovushni talaffuz qilish uchun ham qulaylik
yaratadi.
«Mu» ochiq bo‘g‘ini talaffuz qilingach, avval «um», so‘ngra «mum», «mumm», «mummm»
yopiq bo‘g‘inlarini talaffuz qilishga o‘tiladi.
So‘ngra mo-om-mom-momm-mommm bo‘g‘inlari talaffuz qilinadi, so‘ng
ma-am-mam-
amamm-mammm-amammm bo‘g‘inlari talaffuz qilinadi. Keyin mi-im-mim-mimm-mimmm … -
imim-imimm-imimmm bo‘g‘inlariga o‘tiladi.
II. Hosil qilingan ovozni mustahkamlash.
Bu davrning asosiy vazifalari:
1) hosil qilingan ovozni unli va undosh tovushlar bilan birga bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda
avtomatizatsiya qilish;
2) ovoz balandligini, ovoz kuchini, ovoz tembrini, ovoz modulyatsiyasini, nutqning melodik-
intonatsion tomonini rivojlantirish;
3) qo‘shiq aytish ovozini hosil qilish.
Bu boskichda avval jarangsiz undosh tovushlar (f, s, sh, x, p, t, k) ustida, so‘ng jarangli undosh
tovushlar (v, z, j, b, d, g) ustida ishlanadi. Bu tovushlar bo‘g‘in va so‘zlarda mustahkamlanadi. Bu
mashqlar
ovoz balandligi, ovoz kuchini va ovoz tembrini rivojlantirish va mustahkamlash ishi bilan
birga olib boriladi.
Logopedik ishning bu bosqichda hosil qilingan jarangni mustahkamlash, bir tekis va tinch, kuchli va
baland, toza va jarangli ovozni hosil qilishga muvaffaq bo‘lish kerak.
Bu, demak, bo‘g‘izi deformatsiyaga uchragan, un paychalarida chandiqlar bo‘lgan bolani hosil
qilingan ovozdan foydalanishga, ovozning tabiiy jarangini aniqlab, uni rivojlantirish, ya’ni
ovozning
balandligini, ovoz kuchini va ovoz tembrini rivojlantirishdir.
1.
Ovoz kuchini rivojlantirish.
Ovoz kuchi un paychalari ostidagi havo bosimining darajasiga va un paychalarining zichligiga
bog‘liq.
Ovoz kuchini o‘zgartira bilish – nutqning ifodalilik vositalaridan biridir. Bolani baland ovozda,
lekin baqirmasdan, aniq, ovozning kuchini sekin-asta o‘zgartirgan holda gapirishga, baland ovozdan
o‘rta va sekin ovozga o‘tish, va aksincha, o‘tishga o‘rganish lozim.
2. Ovoz balandligini rivojlantirish.
Ovoz balandligini o‘zgartirish nutqning ifodalilik vositalaridan biridir.
Ovoz balandligi ton melodikasini, ya’ni ovozni baland va past qilishni yaratadi. Ton melodikasi so‘zga
his-tuyg‘u va fikr ifodasini beradi:
muhokama qilish, xafa bo‘lish, g‘azab, befarqlik, muhabbat,
hayratlanish va boshqalar.
Ovozning bu modulyatsiyalari nutq intonatsiyasini yaratadi, nutqni ifodali va emotsional qiladi.
Ovoz balandligini rivojlantirish uchun ovoz diapazoni (hajmini) kengaytiruvchi, ovoz
egiluvchanligini, modulyatsiyasini rivojlantiruvchi, ya’ni ovoz tembrini rivojlantiruvchi mashqlar
bajariladi.
3. Ovoz tembirini rivojlantirish.
Ovoz tembri og‘iz – burun – hiqildoq
rezonatorining faoliyatiga, tuzili-shiga va funksiyasiga
bog‘liq.
Fonatsiya jarayonida hiqildoq va bo‘g‘iz o‘rtasida, yumshoq tanglay va bo‘g‘iz
o‘rtasida yaqin funksional aloqa mavjud bo‘ladi. Yumshoq tanglay holatining bir ozgina
o‘zgarishi ham reflektor ravishda un paychalari holatining o‘zgarishiga olib keladi.
Yumshoq tanglay retseptorlari boshlang‘ich maydon bo‘lib, ovoz appa-ratining
qo‘zg‘ashi va fonatsiya jarayonida shu retseptorlardan boshlanadi.
Og‘iz – burun – hiqildoq rezonatorining barcha qismlari o‘zaro muvofiq holda ishlaganida
ovoz jarangli, tekis, aniq, mustahkam, egiluvchan va chidamli bo‘ladi.
Ovoz tembri ustida ish olib borish vaqtida logoped oldida quyidagi vazifalar turadi:
1)
ovoz jarangini hosil kilish;
2)
bo‘yin va bo‘g‘iz muskullarini bo‘shashtirish yo‘li bilan tomoqning va ovozning qismini
yo‘qotish;
3)
ovoz chiqarish uchun to‘siq bo‘layotgan jag‘larning qisilgan holatini yo‘qotish;
4)
ovozning tekisligi, turg‘unligi va egiluvchanligini hosil qilish (har qanday ovoz kuchida, ovoz
balandligida va uzunligida bir xilda ovoz chiqarish);
5)
ovozning chidamliligini hosil qilish, ya’ni ovoz yuklamasi qancha davom etishidan qat’i nazar
jarangli sifatini saqlash.
III bosqich – ovoz hosil qilish jarayonini avtomatizatsiya qilish.
Bolalarda ovozni hosil qilish va rivojlantirish bo‘yicha
olib boriladigan logopedik
mashg‘ulotlarning II va III bosqichlarini bir-biridan qat’iy
ajratish qiyin, chunki ovoz hosil qilish avtomatizatsiyasi II bosqichdayoq boshlanadi.
III bosqichning asosiy vazifasi – ovozni bolaning kundalik nutqiga amaliy jihatda kiritish,
bolani baland, jarangli ovozdan erkin, zo‘riqishsiz, toliqishsiz, tovushlarni aniq talaffuz qilgan holda
foydalanishga o‘rgatishdir.
Bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni bolalarning yosh va individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda tuzish zarurdir. Mashg‘ulotlar emotsional, yorqin, obrazli, ko‘rgazmali, yengil va
turli-tuman bo‘lishi kerak.
Bu bosqichda quyidagi mashqlar o‘tkazilishi mumkin:
1)
o‘nliklarni baland va past ovozda, tezlashtirib
boriladigan tempda, kuch bilan va kuchsiz
sanash;
2)
maqollar, topishmoqlar, tez aytishlarni ovozning balandligini, kuchini, modulyatsiyasini
o‘zgartirib, turli intonatsiyalardan foydalangan holda nutq
tempini tezlashtirib borib talaffuz qilish;
3)
she’r,
matnlarni yod olish;
4)
masallarni o‘qish va yod olish;
5)
xalq ertaklarni o‘qish va gapirib berish, rollarga bo‘lib o‘qish va gapirish;
6)
lokavet tanlangan she’r va matnlarni ovoz chiqarib o‘qish va gapirib berish;
7)
berilgan mavzu bo‘yicha erkin hikoya va rasmlarga qarab hikoya tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: