kuchayishi notanish matn bilan ishlashda va fikran tayyorlanmasdan so’zlash vaqtida namoyon
bo’ladi.
Nutqiy mashqlar quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:
1) yod olingan matn;
2) o’qib eshittirilgan matn;
3) fikran o’ylab qo’yilgan matn;
4) notanish matn.
Duduqlanuvchida nutqiy pay tortishishlar ta’sir qiluvchi omilardan biri,
nutqiy tizimning
murakkablik darajsi.
Odatda, duduqlanuvchilar alohida tovushlarni ko’pincha unlilarni oson talaffuz qiladilar.
Bo’g’inlar so’ng so’zlarni talaffuz qilish unli tovushlarga nisbatan murakkablashadi. Ularda asosiy
qiyinchilik fikrni bayon etishni boshlashda (so’zlashni boshlashdagi qiyinchilik) paydo bo’ladi.
Duduqlanuvchilar nutqining erkinligi va balandligi nutqiy mashqlarning aniq ketma-ketligi
asosida amalga oshiriladi: ovoz chiqarmay, sekin, shivirlab, baland va odatlangan ovoz bilan gapirish.
Duduqlanuvchilar nutqiga nutqning ravonligi, bir maromdaligi ham samarali ta’sir ko’rsatadi.
Ashula aytishda, ritmik she’riy nutq va cho’zib so’zlashda nutqiy pay tortishishlar ancha kamayadi,
yoki butunlay yo’qoladi. Nutqiy so’zlashish ritmik harakatlar jo’rligida bo’lsa, duduqlanuvchi so’zlash
jarayonida ma’lum bir Engillikni his etadi. Keyinchalik muloqotda bo’lish ko’nikmalari bir
maromdagi nutqdan har xil to’lqindagi oddiy nutqqa o’tiladi.
Shunday qilib, duduqlanuvchilarda nutqning ravonligi va bir maromdaligini quyidagi ketma-
ketlikda (izchillikda) tarbiyalash mumkin:
1) Ashula; 2) ashula jo’rligidagi harakat; 3) ritmiklashgan nutq (she’r, keyinchalik proza
(nasr)) harakatlar bilan; 4) ritmiklashgan nutq (she’r, proza (nasr))
harakatsiz; 5) unli tovushlarga
tayanish; 6) turli to’lqindagi nutq.
Duduqlanuvchilarda to’g’ri nutqni tarbiyalash vazifasi turli emotsional holatlarda to’g’ri
so’zlashni mashq qilishdan iborat. Logoped duduqlanuvchilarga turli kayfiyat, emotsional
hayajonlanish, ruhiy tushkunliklar bo’lishidan qat’iy nazar o’zini tuta bilish va nutqini nazorat qilib
borishga o’rgatadi. Inson nutqi va emotsional holatiga atrof-muhit, uning xarakter faoliyati va odamlar
ta’sir etadi. Shuning uchun mashg’ulotlarda nafaqat nutqiy mashqlarni balki, turli vaziyatlarni ham
asta-sekin murakkablashtirib borishni ko’rib chiqmoq lozim.
Sharoitdan kelib chiqqan holda nutqiy mashqlarni ketma-ketligini (izchiligini) quyidagicha
belgilash mumkin:
a) tanish, birlamchi sharoitda;
b) kam tanish bo’lgan;
v) tanish bo’lmagan, begona sharoitda to’g’ri nutqni mashq qilish.
Atrofdagi jamoatchilikni hisobga olib – yolg’izlikda, yaqinlari va o’rtoqlari;
tarbiyachilar
bilan; kam tanish bo’lgan insonlar bilan; notanish, begonalar bilan, garchi bu Erda
duduqlanuvchilarning ishtirokchilar muloqot sharoitiga qaratilgan reaksiyasiga bog’liq ravishda,
turli variantlar bo’lishi mumkin.
Nihoyat, duduqlanuvchi bola faoliyati quyidagilarga bog’liq ravishda nutq sifatiga ta’sir
etishi mumkin:
a) uni ko’rinishiga bog’liq;
b) murakkablik darajasiga (elementar harakatlar, harakatlar majmui);
v) vaqtga munosabatiga bog’liq (hozirni, o’tganni yoki kelajakni ta’riflash).
Duduqlanuvchi bola nutqi holatiga ta’sir etuvchi turli xil omillarning mavjudligi,
logopedga nutqiy tortishishlarning kelib chiqishi va
oldini olishni, oldindan payqash uchun turli
ko’rinishdagi nutqiy mashqlar va vaziyatlarni qo’shish imkonini beradi.
Sistemalilik va ketma-ketlilik tamoyili duduqlanuvchilarga logopedik ta’sirning faqat
mantiqiy tomonini emas, balki, tashkiliy tomonini ham o’z ichiga oladi, chunki ma’lum bilim,
ko’nikma va malakalarni egallash sistemali tarzda, doimiy va reja bo’yicha amalga oshiriladi.
Nevrozlarni davolash asosida yotuvchi nerv jarayonlarini doimiy mashq qildirish faqat shu holda
sodir etiladi.
Logopedik mashg’ulotlar kursi duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan, vaqt,
vazifa va
mazmun bo’yicha yaxlit, tugallangan ish tizimidan iborat va davrlarga bo’linadi (tayyorlov, mashq
qiluvchi, mustahkamlovchi). Har bir davrda bir qator bosqichlarga ajratish mumkin (masalan, gapir-
maslik, uyg’unlashgan, aks ettirilgan nutq, nutq o’rgatuv tartibi va h.k.). Logopedik ishning har bir
bosqichi o’zaro bog’liq mashg’ulotlardan tashkil topadi.
Tayyorlov bosqichi vazifalariga avaylovchi tartib yaratish, bolani mashg’ulotlarga
tayyorlash, to’g’ri nutq namunalarini ko’rsatish kiradi.
Avaylovchi tartib quyidagilardan iborat: salbiy ta’sir etuvchi omillardan bola psixikasini
himoyalash; tinch, osuda muhit, do’stona va to’g’ri munosabat yaratish; noto’g’ri nutqqa o’rganib
qolishga yo’l qo’ymaslik; kun tartibini belgilash va rioya qilish; tinch va turlicha mashg’ulotlarni
nazarga olish; shovqinli, harakatli o’yinlar, mashg’ulotlar bilan ko’mib tashlashga yo’l qo’ymaslik.
Shuningdek, duduqlanuvchi
bolani tinchlantirish, o’z nuqsoniga qaratilgan tushkun
e’tiborni chalg’itish va shu bilan bog’liq taranglikni yo’qotish muhim. Imkoniyatga qarab
duduqlanuvchining nutqiy faollligini cheklash va shu orqali noto’g’ri nutqiy stereotipni susaytirish
maqsadga muvofiqdir.
Bolani mashg’ulotlarga jalb etish uchun, radioko’rsatuvlar, magnitofon yozuvlar,
plastinkalar, adabiy asarlar haqidagi suhbatlardan foydalanish, atrofdagi odamlarning ifodali
nutqiga ijobiy belgilariga duduqlanuvchining e’tiborini
qaratish, mashg’ulotgacha va
mashg’ulotdan so’ng bolalar nutqining magnitafon yozuvlari orqali namoyish qilish (ayniqsa, mavjud
duduqlanishni ular tomonidan ongli anglash hollarida) lozim.
Mashg’ulot boshidagi yomon nutq va mashg’ulot so’ngidagi to’g’ri, erkin nutq orasidagi
qarama-qarshiliklar, bolalarda yaxshi gapirishga o’rganish istagini tug’diradi. Shu maqsad uchun
mashg’ulotlar kursini o’tab bo’lgan bolalar chiqishlari va sahna ko’rinishlaridan foydalanish
mumkin.
Logoped birinchi mashg’ulotlardan bola bilan to’g’ri nutqning muhim sifatlarini ishlay
boshlashdi: balandlik, ifodalilik, shoshmaslik, to’g’ri ibora to‘zish fikrlarni ketma-ket bayon qilish,
suhbatlashganda erkin va ishonch bilan gaplashish va boshqalar.
Mashq qiluvchi bosqich vazifalariga bola uchun murakkab bo’lgan barcha nutq shakllari
va nutqiy vaziyatlarni egallash kiradi. Bolaning birinchi bosqichda qo’lga kiritgan bilim, ko’nikma
va malakalariga
tayangan holda, erkin nutq malakalarini tarbiyalash va nutqning turli shakllarida va
turli xil nutqiy vaziyatlarda to’g’ri xatti-harakatlarni tarbiyalash bo’yicha ish olib boriladi.
Duduqlanishning birmuncha murakkab ko’rinishlarida mashq qiluvchi bosqich
uyg’unlashgan aks ettiruvchi nutqdan boshlanadi. Agar to’g’ri nutqning barcha talablari bu
bosqichda oson va yaxshi bajarilsa, logoped bola bilan iboralarni birgalikda takrorlashdan voz
kechadi va unga iboradan mustaqil nusxa olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: