Uyg’unlashgan-aks ettiruvchi nutq
bosqichida turli matnlar qo’llaniladi: yod olingan
mashhur ertaklar, savol va javoblar, notanish ertak, hikoyalar.
Nutq mashg’ulotlari xonada yoki uyda logoped yoki ota-onalar bilan o’tkaziladi. Agar
mashg’ulotga begona kishilar, tengdoshlari taklif qilinsa sharoit murakkablashadi.
Logopedik ishda keyingi qadam – nutqning savol-javob bosqichidir. Bu davrda bola
namunalar bo’yicha iboralarni takrorlashdan asta-sekin ozod bo’ladi va mustaqil nutqiy muloqotda
dastlabki yutuqlarga erisha boshlaydi. Aks ettirilgan javoblardan boshlash maqsadga muvofiqdir,
katta odam savol beradi va o’zi javob beradi, bola javobni takrorlaydi. Asta-sekin savollarga qisqa
javoblardan bola bir muncha murakkablariga o’tadi. Bola ilgari olgan namunalaridan foydalangan
holda murakkab gaplarni mustaqil to‘zishga o’rganadi. Nutqiy mashqlarning sun’iyligini oldini
olish uchun ularni bolaning kundalik hayoti va dastur materiali bilan bog’liq turli xil
materiallarning o’zida o’tkazish kerak: rasmlar bo’yicha savollar, ertak yoki hikoya mazmuni
bo’yicha savollar, o’yin jarayoni bo’yicha savollar va boshqalar.
Faoliyatning turli ko’rinishlarini savollar bilan birga olib bormoq foydalidir (umumta’lim
mashg’ulotlarida tashqil qilinuvchi faoliyatlar): atrofdagilarni kuzatish, mehnat, qurish-yasash, rasm
chizish, o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar va boshqalar.
Dastlab bolaning javoblari uni oddiy harakatlarini, hozirgi zamonda ishlangan sodda
kuzatishlarini aks ettiradi (men uy chizyapman, stolda olmalari bilan vaza turibdi).
So’ng o’tgan zamonda, tugallangan harakatlar yoki bajarilgan kuzatishlarni aks ettiradi.
(Men kecha otam bilan hayvonot bog’iga bordim. Biz u Erda timsohlarni ko’rdik). Va nihoyat,
kelasi zamonda, ko’zlagan harakatlari haqida (Biz hozir bog’ga boramiz. Biz bekinmachoq
o’ynaymiz). Bu holda, aniq fahmlashdan va o’zining bevosita kuzatuvlari va harakatlarini
uzatishdan bola umumlashtiruvchi xulosalarga, taxmin qilingan vaziyatlar va harakatlarni ta’riflab
berishga o’tadi.
Turli mashg’ulotlar bolalarga to’g’ri nutq malakalarini o’zining kundalik hayotiga
o’tkazishga yordam beradi.
Agar bola duduqlansa, javobni Etarlicha baland talaffuz etilmaganini bahona qilib (yoki
haddan tashqari tez, yoki tushunarsiz), undan iborani yana takrorlab berish iltimos qilinadi. Agar
nutqiy tortishish kuchli bo’lib, bola uni darhol bartaraf etolmasa, ibora tuzilishini to’g’rilash yoki
o’zgartirishga imkon beruvchi aniq yordamchi savolni berish maqsadga muvofiqdir.
Nutqiy mashqlarni tanlashda, nutqiy tortishishlarni oldini olish yoki o’z vaqtida yordamga
kelishni bilish uchun qanday holatlarda (qiyin tovushlar, ibora boshi, sharoit) bolada nutqiy
tortishishlar namoyon bo’lishi mumkinligini yaxshi bilish lozim. Nutqiy tortishishlarning butunlay
yo’qligi, duduqlanuvchi bola bilan olib boriladigan va yaxshi tayyorlangan mashg’ulot ko’rsatkichi
bo’lib xizmat qiladi.
Bola oddiy savollarga erkin javob berishga o’rgangandan so’ng, mashg’ulotlarda hikoya va
qayta hikoya qilishlar qo’llaniladi. Hikoya qilish va hikoyalarga, savollardan javoblarga o’tishda
ketma-ketlikka rioya qilgan holda logoped dastlab bolaga rasmlar bo’yicha oddiy mustaqil iboralarni
tuzish va talaffuz qilishni taklif qiladi, so’ng yangi rasm bo’yicha savollar berish va ularga javob
berish taklif qilinadi.
Oddiy iboralardan mazmun jihatdan bog’langan birmuncha murakkab iboralarga o’tish
mumkin, so’ng yaxshi tanish bo’lgan matnni hikoya qilib berishga (ertaklar, hikoyalar), biroz
notanish bo‘lgan matnni hikoya qilishga (yaqindan yoki endi eshitganini), atrof hayotdagi alohida
omillarni ifodalashga, o’zining sayri, ekskursiyasi, mashg’ulotlari va h.k.lar haqidagi hikoyalarga
o’tish mumkin.
Nutq shakllarining murakkablashuviga muvofiq mashg’ulotlar sharoiti ham
murakkablashadi. Mashg’ulotlar nafaqat xonada yoki uyda, balki ulardan tashqarida ham
o’tkaziladi. Xonada ko’chaga chiqishga, jamoa joylariga chiqishga tayyorgarlik ko’riladi, oldinda
turgan ekskursiyaga tayyorlanadilar, logoped tasavvur qilingan yoki atrofdagi predmetlar yoki
hodisalar haqida savollar beradi. Masalan: «Sen oldingda bino ko’ryapsanmi? Uning nechta qavati
bor, tomi qanday rangda? Bugun havo qanday?». Keyinroq bu savollar murakkablashadi, bola
ko’rganlari, eshitganlari yoki bajarganlari haqida gapiradi va nihoyat suhbatda ishtirok etadi.
Nutqiy materialni o’zlashtirgandan so’ng ekskursiyaga chiqiladi va bolaga aynan o’sha
savollar beriladi.
Xonadon tashqarisidagi mashg’ulotlarda bola atrofdagi sharoit va odamlarga xotirjam
ta’sirlanishga, uyalmaslikka va logoped savollariga to’g’ri javob berishga va o’zi ham savollar
berishga o’rganadi. Duduqlanuvchi bolalarda to’g’ri nutqni shakllantirishda, xonadon tashqarisidagi
mashg’ulotlar katta ahamiyatga egadir. Bunday mashg’ulotlarni to’g’ri baholay olmaslik shunga olib
keladiki, bola xonada, ya’ni bola o’zi uchun odatdagi sharoitda mutlaqo erkin gapirishi mumkin,
xonadan tashqarida esa uning nutqidagi tortishishlar saqlanib qolaveradi.
Mustahkamlovchi davr vazifalariga, bola tomonidan egallangan to’g’ri nutq malakalari va
nutqiy faoliyatning turli vaziyatlari va ko’rinishlarida o’zini tutish malakalarini mustahkamlash
kiradi. Ichki istak ta’siri ostida bolada yuzaga keluvchi spontan nutq materiallarida, (atrofdagilarga
savol, iltimos bilan murojaat qilish, tassurotlar almashish) belgilangan vazifalar birmuncha faol
amalga oshiriladi.
Duduqlanuvchi bola bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlarda logopedning
ishtirok etish darajasi asta-sekin o’zgaradi. Birinchi etaplarda rahbar ko’p gapiradi, oxirgi etaplarda
– logopedning roli asosan nutq mashg’uloti mavzusini to’g’ri tanlashga, uning borishini
yo’naltirishga va bolaning mustaqil nutqiy faoliyatini nazorat qilishga qaratiladi. Mashg’ulotlar asta-
sekin suhbat xarakterini ola boshlaydi. (O’tkazilgan kun, tenglangan ertak, tomosha qilingan ko’rsatuv
va boshqalar haqida).
Kundalik hayotdan olingan mavzulardagi ijodiy o’yinlardan keng foydalaniladi: «Mehmon»,
«Dasturxon atrofida», «Shifoxona qabo‘lida», «Do’kon», «Ona va qiz» va boshqalar, mashhur ertaklar
syujetiga sahnalashtirilgan o’yin-dramalardan foydalaniladi.
Mustahkamlash davrida logoped va ota-onalarning asosiy diqqati, bolaning mashg’ulotlardan
tashqarida qanday gapirayotganligiga qaratiladi. Shuning uchun, sayrdagi suhbatda, uyda tushlikka
tayyorgarlik vaqtida, ertalabki yuvinish vaqtida va h.k., qachon kerak bo’lsa, uni to’g’rilash imkonini
qo’ldan boy bermaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |