Nutqni tushunishni rivojlantirish
Nutq rivojlanishining bu darajasida nutqni tushunish ko’pincha noaniqligi bilan xarakterlanadi.
Bolalarning predmet miqdorini (ko’p-kam-bitta), kattalikni (katta-kichik), ta’mni (shirin-sho’r), shuningdek predmetlarning fazoviy joylashuvini (agar bu predmetlar bola uchun odatdagi joylarida tursa) farqlashga o’rganishi maqsadga muvofiqdir. Agar bola qunt bilan rang yoki kattalikni ularning so’zli belgisi bilan taqqoslay olmasa u holda rang nomlarini eslab qolish bo’yicha ishni birmuncha keyingi muddatlarga qoldirib predmetlarni rangi yoki kattaligi bo’yicha solishtirish bilan chegaralanish kerak.
Bolalarni, ayrim ot va fe’llarning birlik va ko’plikdagi grammatik shakllarini farqlashga o’rgatishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Biroq, bunday vazifalar faqatgina ularda predmet miqdori haqidagi tasavvurlari shakllangandagina mumkin ekanligini bilish lozim; bitta-ko’p.
Dastlabki so’z shakllarini shakllantirish
Kattalar so’ziga taqlid qilish extiyoji paydo bo’lganidan so’ng, bolalardan urg’uli bo’g’inni talaffuz qilishga, so’ngra bir-ikki-uch bo’g’inli so’zlarning ohang-ritmik sur’atiga erishishga urinish zarur (bola so’zning tovush tarkibini taxminan talaffuz qilishi mumkin). Bolalarning bir gapda ikki so’zni birlashtirish o’quvini egallashi nutq rivojlanishida muhim yutuq hisoblanadi, masalan «koptokni ber».
Bolalar o’z istaklarini imo-ishoralar, amorf so’zlar yoki buyruq fe’lidagi bosh kelishikda, o’zgarmaydigan otlarda ifodalashga o’rganishlari lozim. Ba’zi bolalar tavsiya qilingan fe’llarning bo’g’in tuzilishini darhol egallab ololmasliklarini yodda tutish lozim. Shu sababli dastlab faqat urg’uli bo’g’inni talaffuz qilish lozim, ammo keyinchalik minimum darajada ikki bo’g’in talaffuz qilinadi.
Nutq rivojlanishining bu bosqichida tovush talaffuzini to’g’rilash tavsiya etilmaydi. Logoped bolalarning talaffuz imkoniyatlariga e’tiborsiz qarashi mumkin.
Biroq, nutq shakllanishining ma’lum bir bosqichlarida biz qaysi tovushlarga ahamiyat bermasligimizga befarq emasmiz. M,p (b) ,m(g) undoshlari hosil bo’lish joyiga ko’ra boshqa undoshlar bilan aralashmaganligi maqsadga muvofiqdir (biroq shart emas) masalan «k» tovushi bilan barcha undosh tovushlar yumshoq va qattiqqa, jarangli va jarangsizga farqlanmay qolishi mumkin.
Barcha til-tanglay oldi undoshlari (sh, j, ch, щ) bitta umumiy frikativ tovush, masalan, yumshoq «s» bilan aralashishi mumkin. Sirg‘aluvchi va shovqinlilarni qo’pol ravishda aralashtirish ham ruxsat etiladi. Sonorlarning yo’qligi qonuniyat hisoblanadi. Ammo nutqni tiklashning shu bosqichida yoq «y» tovushining mavjudligiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bu tovushni oy, ay, ey diftonglariga taqlid qilish asosida osongina keltirib chiqarish mumkin.
Agar nutqning tovush buzilishlari murakkab va bola xech bo’lmaganda tovushlarning taxminiy artikulyatsiyasini ham egallay olmagan bo’lsa, u holda logopedik ish so’zlarni ritmik-oxangli talaffuz qilish bazasidan boshlash lozim. Bolalar oxang musiqiy surati saqlangan muhim so’zlarning ayrim zaxirasi bilan qisqa frazali nutqni egallaganidan so’ng tovush talaffuzi korreksiyasi bo’yicha ish boshlanadi. Uch yoshli bolalar bilan bu ishni «chug’urlash so’zlari» materiali ustida boshlash maqsadga muvofiqdir. Quyidagi logopedik usullardan foydalanish tavsiya etiladi: predmetlar yoki predmetli rasmlarni nomlash; predmetni olish, berish, uzatish va xokazolarni iltimos qilish; predmet yoki uning tasviri haqida logoped boshlagan jumlalarni tugallash; harakatlarni buyruq shaklida nomlash. Bolalar tomonidan o’zlashtirilgan so’zlarni ko’p marotaba gapirish muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |