O`n to`rtinchi bob
Tashqarida sharillab yomg`ir yog`avapti, tog` tomondan,
olis.olislardan gumbirlagan ovoz eshitilyapti, chaqmoq
chalinayapti, butun olam lov etib yonib ketayotgandek
bo`layapti, borliq bir soniyagina charaqlab ketayapti, ketidan
shunday qorong`ulik tushadiki, hatto kishi o`zini.o`zi ham
topolmaydigan darajada qolgandek bo`ladi.
Eshon aya oilaning vangi a`zolari Rajabboy bilan
Ajabboyning qayta.qayta qilgan iltimoslariga ko`ra o`tmishdan
hikoyalar so`zlab berayapti. Qo`rqinchli, vahimali voqealarni
eshitgan yigitchalar, xuddi o`sha qo`rqinchli voqealar ichida
himoyasiz qolgandek, o`zlarini g`alati.g`alati ahvolda his ham
qilmoqdalar. Shunday bo`lsa ham:
. So`zlang aya, vana so`zlang, . deyishadi.
. So`zlavman o`g`illarim, aytaman hammasini, . deb yana
hikoyasini davom ettiradi Eshon aya, . keyin sizlar ham bu
voqealarni boshqalarga so`zlab bersanglar savob bo`ladi. ;
Yaxshi odamlarning yaxshi ishlari, yaxshi nomlari hech
unutilmas ekan, sizlar ham unutmanglar. Anavi kuni
aytuvdim.ku, Erka ellikboshi ham, Nurmat amin ham tilla
haqidagap ochmadilar, tilla yiqqanlarni sotmadilar, xo`p ajoyib
insonlar ekan... Voy xudoyim ikkovlariniyam paq.paq otib
tashlashdi.ya... Tillalarni Olloh ehtiyot qilayotgan ekan.da,
Olloh ehtiyot qilsa, bandasi topa olmas ekan.da.
. Bog`dagi qirg`in.barotlar tugashi bilan yaqin o`rtadagi
qishloqlardan odamlar kelib o`zlariga yaqin yigitlarning
murdasini olib ketishdi. O`shanda o`n sakkiz qishloq tengdan
yig`laganini eslayman, onalaryig`layapti, bevalar yig`layapti,
chaqaloqlar yig`layapti, voy sho`rim, ularning ko`z yoshlari
daryo bo`lib oqdi.ya... Egasi topilmagan murdalar ham bor
edi. Eshon dadam, endigina bo`yi yetgan ukam, nimjongina
bo`lsalar ham Eshon ona . hammamiz o`sha murdalarni
tuproqqa qo`ydik. Bahorga chiqib jannatmakon Eshon
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
dadam yosh.yosh ketgan qo`rboshi yigitlarning qabrlari
yoniga daraxtlar ekdilar, gurkirab o`ssin, soya.salqin
beradigan bo`lganda, soyasida o`tirganlardan keladigan
savoblar, mana shu shahid ketgan yigitchalarga tegsin
dedilar.
. Keyin, keyin.chi, . deb qistashyapti yigitchalar.
. Ollohga shukurlar boisin, . xo`rsinib.xoi`sinib davom
etadilar Eshon aya, . yurtimizda mard yigitlar ko`p ekan.
Bomdod namozini okqib boiib joynamozda Eshon dadamning
suhbatlarini tinglab o`tirsak, tashqaridan avval otlarning
dupuri, ketidan chokzib.chokzib kishnagani eshitildi. Eshik
tirqishidan mo`ralab qarasak xayriyat, tokrtinchilar emas,
o`zimiznikilar ekan. O`g`illarim, to`rtinchilar degani, nima
degani ekanligini bilasizlarmi.
. Yokq, bilmaymiz.
. Egamberdi o`giim, sen kokp kitob o`qigan ekansan.ku,
nahotki sen ham bilmasang... To`rtinchi degani dindan
qaytgan, qo`rboshiga qarshi kurashgan degani. Ha mayli...
Tashqariga qarasak uch otliq turibdi. Har otlarki, buhatdan
baland, osmonga sakraydi. Yigitlarni aytmaysizlarmi, voy
xudoyim, odam bolasi ham shunaqagokzal, shunaqa kelishgan,
shunaqa salobatli bokladimi, bellari ingichka, ko`kraklari keng,
bilaklari yokgkon, yelkalarida beshotar miltiqlar, ko`zlaridan
oiov chaqnab turibdi. Otlar ustida qanotini keng yozgan
burgutlar turganga o`xshaydi.
. Kimsizlar. . deb so`rayaptilar Eshon dadam.
. Nursuqdan, Tagobdanmiz.
. Kimning bolasi boiasizlar.
. Men Erka Ellikboshining kuyovi boiaman.
. Sen.chi bolam.
. Men Nusarmat mahsumning nabirasi bo`laman.
. Xo`sh, yo`l bo`lsin sizlarga.
. Xudo xohlasa, otalarimiz uchun, shahid ketgan akalaarimiz
uchun qasos olmoqchimiz.
. Qasos, sizlar judayoshsizlar.ku.
. Qasos olishdavoshu qari barobar, Eshon dada, bizga oq
yo`l tilang, lotiha bering.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Ha, ha o`g`illarim, . dedilar Eshon dadam vujudlarida
allaqanday qaltiroq turib, . al.qasosul minal haq, degan so`zlar
ham bor. Mayli... Sizlarni Ollohning panohiga topshirdim,
zinhor.bazinhor nohaq qon to`kmanglar.
. Eshon dadam qisqagina tilovat qildilar. Ollohu akbar deb
uch qo`rg`oshin yigit yuzlariga fotiha tortib, otlariga qamchi
urishdi. Bedovlar ko`zdan g`oyib bo`lguncha sho`rlik Eshon
dadam ko`zlarida halqa.halqa yosh bilan xo`rsina.xo`rsina
tikilib turdilar, ular yosh edi, juda.juda yosh edi. Eshon
dadam ularga achinganidan ko`z yoshi to`kayotgan edilar.
Ichkarida daricha orqali qarab o`tirgan Eshon onam ham
qo`l ko`tarib duo qilib fotiha o`qidilar, fotiha o`qiyaptilaru
jinday.jindek ko`z yoshi ham to`kayaptilar. Dini islom yo`lida,
hurriyat niyatida qilich yalang`ochlagan mana shu
o`g`illarimni o`zing ehtiyot qilgin, deb pichirlab ham
turibdilar. Qo`rboshilar azamat yigitlar bo`lgan,
hurriyatparvar bo`lgan ular. Qo`rboshining kimligini
bilasizlarmi, axir.
. Ayajon, bular qaysi sinf darsligida bor, biz hali
o`qiganimiz yo`q, . deyapti Rajabboy bilan Ajabboy.
. Voy azamatlarim.ey, kap.katta yigit bo`lib qolibsizlaru,
haligacha qo`rboshi kimligini bilmasalaring, uyat.e. Yurtimizda
qo`rboshilik harakati naq uch yil davom etgan. Yurtimni
himoya qilaman deb mard yigitlar oyoqqa turgan, nomardlar
o`zini panaga olgan zamonlar edi. O`sha yillari mana shu
yigitchalarning fidoiyligiga, mardligiga, topqirligiga hamma tan
bergan. Bugun qarasangiz to`rtinchilarningomborxonasidan
o`ttizta beshotarni o`marib kelib, ozodlik jangchilariga
tarqatishgan, erta qarasangiz Yaypandagi qamoqxonaning
rahbarini cho`kkalatib, tavba qildirib, o`ttizta mahbusni ozod
qilishgan... Ayniqsa bir fojeani eslasam, Egamberdi
Karimberdi ikkovlaringga so`zlab beruvdim.ku, o`sha voqearii
eslasam yuraklarim o`ynab ketadi, nafasim tiqilib ketadi.
Dinsizlar o`shanda uch yuzta, qurolsiz, begunoh kishilarning
qonini to`kkan.a.
. Eshon aya buni Karim ikkovimizga so`zlab beruvdingiz,
boshqasini ayting deyapti, . dedi Egamberdi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Sizlar eshitgan boisalaring, o`g`illarim, mana bu Rajabali
bilan Ajabali diqqat qilib tinglashyapti. Shular uchun yana
aytaman, xudo umr bersa, qayta.qayta aytaveraman.
. Ayajon biz uchun aytavering, biz ham ertaga maktabga
borib, muallimiz so`rasa qo`rboshilar haqida aytib beramiz, .
deyishyapti aka.uka Rajabali bilan Ajabali.
. Ha, o`g`illarim, bir.birimizga aytganimiz yaxshi...
O`shanda uch yuz dehqon o`g`illariga arra, tesha, boita olib,
tolu teraklardan ko`p.ko`p kesib, tog` tomondan toychoqdek
o`ynoqilab tushib kelayotgan Sarqo`rg`on suvini to`samiz,
bo`lib.boiib Nursuq, Bekobod, Rishton ariqlariga boiib
yuboramiz deb to`planishgan ekan. Har yili bahor pallasida
ana shunday katta hasharlar boiar ekan. Qizil shapkalilar
bunday qarashsa qurollangan kishilar to`planishayotgan
emish. Bular tayyorgarlik ko`rishib, to`planishib, bizga hujum
qilish rejasini tuzishayotgan boiishsa kerak, deb o`ylashib,
odamlarni o`rab olib hammasini otib tashlashgan. Suvga
tashlab qochmoqchi boiganni suvda otishgan, toqqa
qochmoqchi boiganni qoyaga yopishganda otishgan,
qishlogiga qochmoqchi boiganni orqasidan quvib borib qilich
bilan chopib tashlangan... Pahlavon tog`alarim boiardi. Biri
paxsakash, biri yelkasiga charxini osib olib charxchilik qilar
edi... Adalarimiz oiiklarini arang topishgan.
. Voy ayajon, yigiamang, yigiasangiz men ham yigiab
beraman, . deb qo`ydi Ajabali.
. Ha mayli o`gillarim, jindak.jindak yigiab olganim yaxshi.
Kishiyigiasaanchayengil tortadi... Sarqo`rg`ondaboiayotgan
qirgin.barotni haligi aytganim, uch qasoskor yigit eshitib,
tulporlarini uchirib yetib kelishsaki, oidir.oidir avjiga
chiqqan, boltasini qoitigiga qisib lapanglab qochayotgan kim,
orqasidan borib qilich solayotgan . kim bilib boimasmish.
Qasoskor yigitlar darhol otdan tushib kiyim boshlarini
almashtirib, to`rtinchilarning kamandiridek boiib olishib,
qoilaridagi o`rama xatni baland ko`tarishib, Qo`qondan xat
bor deyishib, biri pulimotyonida turganga o4q uzibdi, ikkinchisi
xatga qoi uzatgan kamandirning peshonasini mo`ljalga olib
o4q otibdi. Ha o`giim, uch to`pponcha uch bedavoni yiqitibdi,
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
pulimotlarning ovozi birdan o`chibdi. Uch qasoskor yigit
qanday uchib kelgan bo`lsalar shunday uchib ko`zdan yo`q
bo`libdilar. Odam bolasi keldimi, parishtalar keldimi hech kim
bilmay qolibdi. Berkinib qolishga ulgurgan ba`zi bir
hasharchilar biri qo`lidagi boltasi bilan boshqasi dastkallasi
bilan hujum qilayotganlarga hamla qilibdi, hech bo`lmasa
o`zlarini qutqarib qolibdi... Ha o`g`illarim, mana shu ariqlarda
uch kungacha qon oqqan.
. Keyin.chi, ayajon keyin.chi.
. Keyin bu mard yigitlaming mardligi butun vodiyga doston
bo`lgan. Kechqurunlari qora chiroq yoqib charx yigirgan
buvilar, masjiddayig`ilgan mullavachchalar bu uch yigit haqida
to`xtamay so`zlaydigan, ularning ota.onasini duo qiladigan
bo`lishdi. Hatto onalar beshik quchoqlab bola uxlatganda,
allaga qo`shib ularning nomlarini ham zikr qilib yurishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |