Uchinchi bob
Xonkeldi qishlog`i bu kecha uxlamadi hisob, uch yuz oilada
uch yuz xil fikr to`xtamadi.
. Ey tovba, bu yosh yigitchalar shuncha katta pulni
qayerdan topishyapti.
. Polkovnik kurka tovuqdek pisib qoldi.ya.
. Pismiq mullavachchada shuncha pul bor ekanmi.
. Otasi Siroj birgadir birgadirligida rosa pul yiqqanga
o`xshaydi.
. Yo olloh, yo tavba.
. Ishqilib bu ikki yigitchaga ko`z tegmasin.da,.ko`z yomon.
narsa, odamni nobud qiladi.ya.
Hammaning og`zida ana shunday gaplar. Eshon ayani tavof
qilish, buloq suvi tepaga chiqibdi, muborak boisinni aytishib,
elektr chiroq yoqibsiz, umringiz yana ham ravshan.u charog`on
boisin deyishib, moyli patirlardan, qat.qatli qaymoqli
qatlamalardan dasturxon tugishib muxlislar kelib.ketlshyapti.
Aya ko`pam ularning oldiga chiqavermaydi, kelgan.ketganni
duo qilib qo`ya qoladi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Bugun Egamberdining o`gay onasi bilan Karimberdining
otasi ham kelishgan. O`g`illari kimoshdi savdosidayutib chiqib,
butun qishloq ahlini o`zlariga qaratganlarini aytishib, ≪Eshon
aya, o`g`illarimizni sizdek mo"tabar zotga farzand kilib berdik.
Mana siz bag`ringizga olganingizdan buyon boyib ham
ketishyapti, badavlat boiishdi, endi ularni yomon kokzdan
asrashni Ollohdan so`rab turishingizni, sizdan qayta.qayta
iltimos qilamiz≫, deyishdi. Eshon aya ma`qul, ma`qul deb
o`tirdi. Ketayotganlarida har birlariga sandig`idan kiyimbosh
chiqarib berdi. Ota.onalar jo4nab ketishgach, Eshon aya
muallimani yoniga chaqirib kimoshdi savdosida boigan
voqealarni qayta.qayta so`radi.
. Qizim sizdan ehtiyotroq bo`lib yana bir narsani
so`ramoqchi bo`lib yuruvdim, . gap boshladi aya, . o`g`illarim
direktor bilan urishib qolganlari rostmi. Rost boisa nega
urishadilar.
. Ayajon direktorimiz yomon odam emas edilar, lekin
zamonlar o`zgarib ketdi, zamondan orqada qolib ketganlar...
. Kim biladi qizim, to`qson yildan buyon eldan tashqari
boiib yashayman, ko`p narsani bilmasligim aniq. Kevin yana
bir narsani yuragim sezib yuribdi, Egamberdi bilan
Karimberdining o`rtalari buzilib borayotganga o`xshaydi.
Sezishimcha, Egamqul qaysar, bir so`zli, boriga qanoat qilmay,
to`xtamay oldinga chopaveradiganyigitcha ekan. Karimberdi
boisa Ollohga shukur, sabrli, qanoatli yigit.
O`rtaiaridagi janjal mana shundan ehiqadiganga
o`xshaydi. Qo`rqaman, keyinchalik oralaridagi janjal
kuehayib ajralib ketishmasin.da qizim, yana sizga aytadigan
gapim bor. Odam bolasi qarib borarkan.u orzu.havaslari
qarimas ekan. Hamma onalarga o`xshab men ham chiroyliehiroyli
kelinlar qilsam, chiroyli kelinlarim qoiidan.qaynoqqaynoq
choy ichsam, ostimga atlas ko`rpachalar to`shab,
≪xush ko`rdik ayajon≫, deb salom berib turishlarini ko`rsam,
deb orzu qilgan kunlarim boigan. Nahotki, shu uyda yoryor
ovozini eshitmay ketsam deb xo`rsingan paytlarim ko`p
boigan. Goho ko`zimni yumdim deguncha. qulogimga
gurillab yor.yor ovozi eshitilgandek boiadi, mana o`gillar
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
berdi, to`yning harakatini boshlang, muallima qizim, tezroq
boshlang.
. Qishlogimizda nima ko`p chiroyli qizlar ko4p, ayajon.
. Qizim, tanlaydigan kelinimiz tagli joyli, iymonli boisin.
. Avajonim, okg4illaringizning fermasi rivojlanib ketgandan
buyon qishlog`imizning yarmi qizi ularga ishqiboz boiib
yurishibdi. Ularni maqtamagan qizu shu yigitlardan birini
kuyov qilaman deb orzu qilmagan ota.ona qishloqda kam qoldi.
. Og`zingizga nowot, muallima qizim. .
. Ayajon, bir narsani sizga aytmasam boimaydi.
O`g`illaringizning tanlaganlari bor... men bulargato`rtyil sinf
rahbari boiganman, qaysi bolani qaysi qizga moyilligi bor,
qaysi qiz qaysi bolani xushlaydi, bora.bora bilib borarkansan.
Hali aytdim.ku, hozirgi yoshlar siz bilan men ko`rgan burungi
yoshlarga hech o`xshamaydi. Ilgari otasi yoki onasining aytgani
boiardi, hozir butunlay boshqacha, ayajon. Beshinchi
sinfdaligidayoq bir.birini tanlaydigan boiib ketishgan. Qibla
mahallada Tursunali qassob bor.ku...
. Bilaman, qizim bilaman. Otasini Madrayim qassob
deyishardi, ota.bobolari xonlarning otboqari boiishgan.
. Ayajon, ana shu Tursunali qassobning Fotima, Zuhra
degan egizak qizlari bor. Egam bilan Karimingiz o`shalar
bilan... Ishqilib tug`ilgan kunlaridabir.birlariga sovg`a.salom
qilib yurishadi.da.
. Xayriyat, qizki, vomon odamlarning zurriyodi emas ekan.
. Ayajon, jindek ishkalroq jovi ham bor.da... Ishkali o`sha
Fotima qiz Qo`ziyev raisning o`giiga chaqaloqligidayoq
beshikkerti boigan ekan. Qo`ziyevningG`ulom degan qulog`iga
gap kirmas, beta`sir o`gii bor, o`shanga fotiha boigan ekan.
. Fotiha boigan deng.
. Ha, boigan ekan. Buni bugun yurt bilarkan. Faqat
qaysar, aytgan gapidan qaytmaydigan o`giingiz Egam buni
tan olmaydi. G`ulom bilan mushtlashgani.mushtlashgan.
. Fotiha Ollohning muhri. . deb Eshon aya ham jim boidi
va uzoq o`yga cho`mdi. Muallima sekin o`rnidan turib
quyonxonani aylangan boidi. Sim to`r, yog`och kataklardagi
quyonlar joy torligidan yotolmayaptilar, bir.birlarining
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
yelkasiga boshini qo`yib tik turganlari ham bor. Aka.uka
Rajabboy bilan Ajabboylar taxta arralashvapti. Akasi kuchliroq,
ukasi nimjonroq, akasi qattiqroq tortmaysanmi desa, ukasi
o`zing tortmayapsan, deb baqirib berayapti.
Egamberdi bilan Karimberdi huv naridagi Universal bobo
omonatgina qurib bergan, omonatgina qurgani uchun bir
tomonga qiyshayib ham turgan yog`och so`rida bir.biridan
uzoqroq o`tirib olib, bir.biriga achchiq.achchiq so`zlar
aytishyapti. Hamisha bolalar o`rtasida boiib, hamisha bolalar
so`ziga diqqat bilan goh oshkora, goh yashirin quloq solishga
o`rganib qolgan Hamidova opoy burilib keta olmadi. Ko`pincha
jo`jaxo`rozdek tikkama.tikka olishib, yana tezgina yarashib
ham ketishni odat qilib olishgan ikki o`rtoq ertaga boiadigan
kimoshdi savdosida nimani olishga, qancha pul tikishga kelisha
olmay, jo`jaxo`rozdek bir.birlariga tikilib qolishgan ekan.
. Gap shu, traktorni olaman, . deyapti Karimberdi.
. U traktorlar eski, shalog`i chiqib ketgan, jon o`rtoq sabr
qilgin biryoia yangisidan olamiz, . deyapti Egamberdi.
. Yangisi boiguncha dadam uni minib tursin.
. Yo`q dedim, yo`q.
. Olaman dedim, olaman.
. Olmaysan.
. Olmaydigan bo`lsam ma, mana bu daftarchalardagi
million.million pullaringni ol, istagan odamingga ber, yomon
kц`raman ularni. Sen sut.qatiq sotib pulga o`rganib
qolgansan... Pulsiz tura olmaysan, men pulni ko`rsam
xo`rligim kelвdi. Ollohdan quyon so`ragan edim, shukur
so`raganimni berdi. Bechoralarga qaragin, ochidan oiay
deyapti. Sen boisang «Neksiya»ga kekkayib o`tirib olib, sex
ochaman, deb shaharma.shahar maza qilib yuribsan.
. Nima, men seni chetga surib qo`ydimmi.
. Boimasa nima qilding.
. Karim o`rtoq, axir senga yuz marta aytdim.ku. sexni
xitoylar bilan ochamiz deb.
. Bekorlarni aytibsan, bugun xitoy deysan, karis deysan,
shahardan yashik.yashik muzqaymoqlar olib kelib qizlarga
ulashasan. Meni bilmaydi, deysanmi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Karim.
. Yo4qol, endi sen bilan boshqa ishlamayman.
. Bo`lmasa traktorni eski bo`lsayam olaveramizmi.
. Aytdim.ku dadamning zo`rg`a sug4orib olgan yerlari qurib
qolayapti, ertaga ularni haydab boimaydi. Katta.katta kesak
ko`chadi.
Egainberdi yerga otilgan pul daftarchasini olib Karimning
cho4ntagiga soldi.da, o4rtog4ini yerdan dast ko`tarib,
≪qaysarlikda mendan qolishmaysan≫, deb qo`ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |