Zangurildi.
. Boshlang`ich bahosi olti million, bir.
Moskvachi boy hoiu quruq o`riklaru qizarib pishgan
giloslarni Moskvaga tashib foydasiga ketma.ket ulkan.ulkan
yuk tashish mashinalari sotib olib nom chiqargan bir yigit edi.
Gavdali, ko`kraklari keng, ochiq yoqasidan ko`kragidagi sariq
yunglari shundoqqina ko`rinib turgan bu yigit jilmayibgina
o`rnidan turdi. Hamqishloqlariga voqimli tabassum qildi.
Qo`lini ko`ksiga qo`yib salom ham berdi. Tamom, deb o`ylashdi
to`planganlar, bu tegirmonga mana shu yangi boy ega bo`ladi.
Moskvachi boy:
. Olti yarim million. . deb baho berdi.
Zangurildi.
. Olti yarim million, bir.
. Egamberdi bilan Karimberdi yonidagi sheriklari bilan
flkrlashib, qorovulga kecha bergan va`dalariga amal qilishga
qaror qilishib, savdoga sen chiqasan, olishuvni sen boshlaysan,
yengasan deb Karimberdini o`rnidan turg`izishdi. Karimberdi
xuddi uyat ish qilib qo`ygan yosh boladek, uyalibroq,
tortinibroq olrnidan turdi:
. Biz vetti million so`m beramiz.
Zang urildi.
. Yetti million solm, bir.
Eski tegirmonchi o`rnidan turib hoy hamqishloqlar,
tegirmon buzilib, dabdalasi chiqib yotibdi.ku, yaxshisi insof
qilib mening o`zimga berib qo`ya qolinglar, u yog`.bu yog`ini
rostlab ishga tushirib vuborsam, xudo xohlasa, donu
dunlaringni tekinga tortib berib yureunan. dedi.
. Yetti million so`m, ikki.
Karim kimoshdi savdosini ilgari ko`rmagandi, oz.ozdan
qo`shib borish tartibi borligini ham bilmasdi. Hamonki, uni
olishga qaror qilgan ekanmiz, biryo`la olib qo\yaqolaylik, deb
o`yladi shekilli, savdoni boshqarayotgan halcamgaqfirab: ≪shu
tegirmonni biz Qobil boboga olib bermoqchimiz, xotini kasal,
o`zi cho`loq, menda pul ko`p≫, degan so`zlarni aytib, bu yerda
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
aytish mumkin boimagan boshqa qo`shimchalarni qilib,
kutilmaganda cho`ntagidan hisob raqami yozilgan
daftarchasini chiqarib:
. Gapni qisqaroq qilmoqchiman, tegirmonga oil bir million
soin beramiz. . deb e`lon qilib yubordi.
Tomoshabinlar o`rtasida pastu baland gaplar boshlandi.
Norozi boiganlar ham, yigitchaga rahmat aytayotganlar ham
kofcp edi. Savdoni boshqarayotgan broker zangni shunday
qattiq urdiki, so`zlayotganlarning so`zi og`ziyu bokg`zida qoldi.
. O`ii bir million, bir.
. Oil bir million, ikki.
. O`n bir million, uch . sotildi.
Yo`q bundan oshiq pulni hech kim qo`ya olmadi, aslida
bunaqangi katta pul to`planganlarning hech birida yo`q ham
edi. Yopirilib kelib qorovul boboni.yu Karimberdini o`rtaga
olib, o`pishib, quchoqlashib tabriklay ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |