O`ninchi bob
Fotima qiz o`zi bilan okzi olishib yotibdi. Mehribon, ammo
o4ta ketgan darajada qattiqqo`l, eski urf.odatlar bilan yangi
urflar o`rtasida qolib bugun unisining tomoniga ofctib, ertaga
bunisining tomoniga o`tib, ham o`zini, harn oilasini qiynab
kelayotgan otajonisi uyga qamab qo`ygan kundan buyon
g`urbat ichida kuyib yonayapti.
. Jon qizim, boshingni ko`targin, . yolvoradi onaizor.
Fotima qiz javob qaytarmaydi.
. Axir to`yingyaqin, u yoq.bu yog`ingga qarab olgin.
Qizginaning yelkasi silkinadi. Xo`rsinadi, yig`laydi.
. Iloyo, seni tuginay oiay, meni sharmanda qilasan,
shekilli.
Qizginadan baribir sado chiqmaydi.
Yoqtirmagan yigiti G`ulomjon bilan unashilgan kundan
buyon ahvoli shu. Yokq, bu ahvoli oldinroq boshlanuvdi shekilli.
Qattiqqo`l qassob otasi bog4 orqasida Egam bilan
gaplashayotganini, gaplasha turib bir.birlarining qo`lini
ushlaganini ko`rgan kunidan boshlandi. Voy, o`shanda qassob
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
otaning vajohatini ko`rsangiz. Bamisoli qutirgan sherdek
hayqirib yubordiya. Yigitning ko`ksidan shunday qattiq
itardiki, bechora Egani andak boimasayiqilib tushayozdi.
. Meni sharmandaqilmoqchi boidingmi, suvchining bolasi,
isnodga qo`ymoqchi boidingmi, yo`qol, yo`qolmasang
chavoqlab tashlayman hozir . shunday deb Tursunali qassob
yonidan pichog`ini axtara boshladi.
Vahima ichida dag`.dag4 qaltirab turgan qizining bilagidan
mahkam siqib, oyogini yerga tekkizmay sudrab, to`ppa.tokg4ri
uyining ostidagi yertoiaga olib kirib, yana baqirdi:
. . Ersirab qoldingmi. Erga bergunimcha shu yerda
yotasan.
Baqirib borib, qo`rqqanidan rangi.quti o`chib, kichkina
bo`lib turgan xotini Bibiqiz ayani fotiha qilingan qizingni nega
tergamaysan, nega jilovlab olmaysan, deb shunaqa urdiki,
shunaqa savaladiki, bechora ayol ikki.uch kungacha belini
ko`tarolmay yotdi. Xonkeldida erlar zulmi hali tugagani yofcq,
Xonkeldida fotiha Ollohning muhri degan gap o`z kuchida
turibdi.
Xonkeldida qiz uchrashuvga ota.ona ruxsati bilan chiqadi,
degan gap hali.hali hukmron.
Xonkeldida ota rozi, xudo rozi degan gap eng kuchli qonun,
shu qonun haligacha yashab turibdi.
Fotima qiz, onasiyum.yumyigiab yotgan kunlarning birida
Tursunali qassob Qo`ziyev raisning uyiga odamyuborib, fotiha
qilingan qizni tezroqyig`ishtirib olib ketsin, bo`lmasa, to`yga
kuchi yetmasa, yetmasligini aytsin, dedi.
Qo`ziyev rais xonadonidan sovchilar keldi, qizni G`ulomjon
degan yigitga so`rab kelishdi.
Fotima qizdan rozilik so`rab ham o`tirishmadi.
Qassob ota Fotima qizim borgan joyida baxtli bo`lsin, uvalijuvali
bo`lsin, deb fotiha berdi. Qizim boy, obroii xonadonga
kelin boiib borayapsan, xudo xohlasa, baxtli boiasan, degan
gaplarni aytdi. Bu gaplarni yig`lab o`tirgan xotiniga ham aytib,
bechoraning boshigabir mushtlab ham qo`ydi. Mana, toky kuni
ham belgilangan.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Men endi borib.borib o`sha G`ulom semizga tegamanmi,
qorni rais otasinikidek katta, beti rais otasinikidek cho`tir,
bo`yi shallaqi onasinikidek pak.pakana, voy xudoyim, men
borib.borib o`shanga tegamanmi.
. Yo`q. Yo`q. . deb Fotima qiz goho dodlab yuboradi. Eri
oldida ojiz notavon onaning ichi bag`ri yonadi. Ammo
yurtning urf.odatiga qarshi bora olmaydi, qizga qo`shilib
yigiaydi, xolos.
. Ko`rasan, baxtli boiib ketasan, men ham awal dadangni
yomon ko`rardim, manayaxshi ham boiib ketdik, . deb qizini
bag`riga olmoqchi bo`ladi, qiz onani itarib tashlaydi, bas qiling,
deya hovliga chiqib ketadi.
Egamberdi mashina urib majruh yotib qolganidan buyon
Fotima undan uch bora xat oldi, qiziq, Egam Fotima qizning
unashar bo`lganidan bexabarga o`xshaydi. Mehribon dadang
gaplashib turganimizda ustimizga bostirib kelgani uchun Foti.
men aybdorman. meni kechir, bilmay qolibman, deb uzr ustiga
uzr so`raydi. Bir xatida nega shaharga bilim yurtiga o`qishga
bormading, deb boshqa bir xatida zooveterenariya kollejiga
o`qishga boramiz, xudo xohlasa, men seni ≪Mersedes≫da olib
3airaman, deb yozibdi...
Qiz xatlarni takror.takror o`qishga kirishadi, yonib
borayotgan qalbiga malham axtaradi. O`qiyotganda Egam
bilan vonbosh o`tirgandek, qo`llarini mahkam siqib
turgandek, qoilaridagi issiqlik, harorat butun vujudini
yondiribborayotgandekbo`ladi. ≪Foti, negajavobyozmaysan,
nega. Biron harakatim bilan seni xafa qildimmi, agar
to`satdan boyib ketganim uchun, odamlar chet el puli bilan
maqtanib yuribdi, deb ustimdan kulishayotgan bo`lsa, bu
sening dilingga ozgina bo`lsa ham ozor yetkazayotgan bo`lsa,
o`sha boylikni sandiq.pandig`i bilan olib borib daryoga
tashlayman. Sen xursand bo`lsangbas. Engkatta boylik, eng
katta baxt menga shu. Foti, sen bilan gaplashgim kelayapti,
gaplashayotganda gap orasida ≪xe o`I≫, deb yelkamga uriburib
qo`yarding, o`shanda butun borligim yayrab ketardi,
o`shalarni qo`msayapman. Foti sendan ajralib qolishdan
qo`rqayapman. bilasan, mening onam ham, opam ham,
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
singlim ham yo`q. sen menga ham ona, ham opa, ham singil
Tboiib qolgansan, agar sendan ayrilsam bir kun ham yashay
olmayman. Ishonsang, seni eslasam yetimligimni ham unitib,
ko`p.ko`p yaxshi.yaxshi ishlar qilgim kelaveradi. Sen
yaxshisan, sen hammadan yaxshisan. Dard bilan olishib
yotibman, bunaqa pavtda kishi yaqin kishisini qoinsarkan,
o`ylasam bu dunyoda sendan yaqin kishim yo`q ekan. Jon
Fotima xat yozgin≫.
Egamberdining so`nggi xati shu edi. Fotima uni o`qiydi,
ko`ksiga bosadi, hech kim topa olmaydigan qilib berkitgan
boiadi. Goho qalbini toiqinlantiradigan, orom beradigan
shirin.shirin xotiralarga beriladi. Qiziq, birinchi sinfda Fotima
faqat Egam bilan bir partada o`tirishni istardi, maktabga
ketayotganida, qaytayotganida faqat shu bilan birga bo`lishni
istardi. Qishda ko`cha muzlab, sip.silliq muzmalak boiganda
Egamningqoiini ushlab yurishni xushlardi. Sinflar o`rtasida
bahslar, tortushuvlar boiganda Egamning tomoniga o`tib
olganini o`zi ham sezmav qolardi. Nega endi hadeb shundav
boiavergan ekan nega. Yoki ko`ngilarining asta.sekin mehr
bilan, muhabbat bilan toiib borishi bolalikdan boshlanganmikan,
yo xudo unga boigan qizningmuhabbatini o`zing
belgilab qo`yganmikansan.
Beshinchi sinfda o`qishardi, geografiva muallimi mavsalar
gurkirab o`sgan, lolalar qiyg`os ochilgan pallada hammalarini
tog` sayriga boshlab borgandi, quchoq.quchoq gullar terishib,
ko`katlardan boshlariga gulchanbarlar taqishgandi.
Qaytayotganlarida oyogi toyib ketib, to`pig`iga katta zaha
yetgan ekan, voy tavba, ko`z.yumib ochguncha shishib ketdiya,
qani bir odim qo`yib boisa, o`shanda Egam Fotimani orqasiga
ko`tarib olgandi.
. Egam seni qiynab qo`yyapmanku, . derdi Fotima xijolat
boiib.
. Hecham.da, . derdi Egam shoshilib, . ruxsat bersang,
seni bir umr ko`tarib yurardim, seni yaxshi ko`raman,
hammadan yaxshisan.
Fotima qiz o`shanda bir necha yillar oldin aytilgan bu
• so`zlar yosh, g`o`r, beg`ubor muhabbatning izhori ekanligini
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
anglamagandi. Lekin bir necha kungacha qalbi shodliklarga
to`lib, olam ko`ziga go`zalroq ko`rinib yurganini eslaydi.
Hozir yana o`sha saodatli kunlarni esladi. Esladiyu, yuragi
hapriqib, o`rnidan turib ketdi. U dard bilan olishib yotibdi.
Men endi shohi atlaslar kiyib, bo`ynimga shoda.shoda tillayu
marjonlar osib, o`sha g`uppa semiz G`ulomning uyiga
kirib boramanmi, yo`q, yo`q, mayli qassob otam meni
so`vsin, mayli hamqishloqlarim ustimdan kulishsin, mayli
onajonim faryod chekib yig`lasin... men uning, faqat
Egamningyonida bo`lishim kerak. Olloh bizni bir.birimiz
uchun varatgan.
Olloh, menga kuch ber, Olloh, bizni ehtiyot qil, yaxshisi u
yoq.bu yog`imni qarataman, deb ayollar pardozxonasiga
borgan bo`laman. Kuppa.kunduzi boraman. Kechasi ketsam,
ataylab qochirgansan deb, bechora onajonimga yopishishadi.
Jahl ustida qassob otam begunoh onamni so`yib qo`yishi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |