TVrtinchi bob
Eshon aya tilovatdan so`ng anchagina jim qoldi, ehtimol,
urushdan qaytmagan Bo`rivoy va Anorvoyginasini
eslayotgandir, ehtimol, o`n gulidan bir guli ochilmagan,
hurriyat uchun qurbon bo`lib ketgan qo`rboshi yigitlarni
o`ylayotgandir...
. Anorvoyim o`rnida sen, qani o`ng qanotimga oktir.chi, .
asta.sekin gapira boshladi aya, . sen Karimberdi Bo`rivoyim
o`rnidasan, chap tomonimga o`tir, kichik o`g`il o`rnidasan
endi... Ollohimgashukur, manaikki o`g`limbag`rimga qaytib
keldi. Shu kunlardan nimayiki yuz berayotgan bo`lsa, sizlarga
oppoq quyonlarning uchrashi, tushlaringda ayajonlaringni
ko`rishlaring, bilib qo`yinglar, hammasi bejizga emas. Ollohga
shukurki, qazo kunim yetsa kimim yonimda turib haqimga
duo qilar ekan, kim ko`zlarimni yumib, oyoqlarimni bog`lab
qo`yarkan, deb o`ylardim. Mana sizlar keldilaring mening ota
avlodimdan ham, ona avlodimdan ham hech kimim qolmagan.
Endi qabrimga ham sizlar olib kirasizlar. Manavi sandiqda
neki bo`lsa Olloh ikkovlaring uchun saqlagan ekan. Umrim
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
poyoniga yetay deb qoldi. Endi menga anavi qu.qulab
yuradigan oltitatovug`im, erkalanib.erkalanib, ma`rab.ma`rab
qo`yadigan echkilarim, tunda yonimga kirib sovqotsam isitib
qo`yadigan ona.bola mushuklarim, ayniqsa, vafodor
kuchuklarim mening himoyachilarim boisa bas. Men shular
bilan ancha ovunaman... Sandiqdagilarni xohlasalaring
hukumatga topshiringlar, xohlasalaring ota.onalaringga
beringlar, xohlasalaring, o`zlaring aytgandek, kattakon
quyonchilik fermasini tashkil qilinglar. Hoy o`g`illarim, aslida
bu tillalar mana shu quyonlaringniki, o`shalar boimaganda
sizlar bu boqqa kelarmidilaring.. Ham, xazina quyonlarga
atalgan ekan. Ehtiyot boiinglar, sariq oltinlar ichida sariq
iblislar boiadi deyishadi. Boylikka berilib ketib yoidan
ozmanglar, bilmadim, shuncha boylikni ehtiyot qila
olarmikinsizlar.
. Eshon aya, . shoshilib dedi Karimberdi, . Egamberdi
eplaydi, uni tajribasi ko`p, sut.qatiq sotaverib, har kuni pul
sanayverib usta boiib ketgan.
. O`giim, . deya Eshon aya Egamning yelkasini silay
boshladi, — ko`rib turibman hushyorgina ekansan. Bilmadim,
shuncha katta mablag`ni eplay olarmikansan.
. Bilmadim, . ikkilanibroq dedi Egamberdi.
. Bolam sen Anorvoyimsan, Anorvoyim ham hushyor edi.
Yo ollohim, xuddi o`sha o`g`limning o`zginasisan.a, ko`z
qarashlaring, ko`zlaringni allaqanday suzib turishlaring...
senlarni oltmish yil kutgan edim.a. Olloh ovozimni eshitdi,
sizlarning qiyofalaringda Bo`rivoyim bilan Anorvoyimni
jo`natdi.
Eshon ayajim Jbo`lib, yarim yumiq ko`zlarini endi butunlay
yumib oldilar. Yigitchalar kayfоyatlari baland, quvonchu
shodliklari bu olamga sig`maydigan bir holatda tashqariga
chiqib boylik keltirgan quyonlarini silab.silab ovqatlantira
boshladilar. Ikkovlari ham bu tillalar butunlay bizga
berilayotgan ekan, endi ularni nima qilsak ekan, deb o`ylab
bahslasha boshladilar. Hukumatga olib borib berishsa, bularni
qayerdan oldilaring, deb rosa so`roqqa tutishadi, ota.onalariga
olib borishsa, Qosimali amaki bilan Siroj amaki o`rtadagi
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
devorning o`rnini talashib, qirpichoq boiib yurishibdi.
Tillalarni teng bo`lolmay bir.birlarini so`yib qo`yishlari
mumkin.
. Karim, hozir miyamga bir flkr keldi, . dedi Egamberdi.
. Ayt.chi.
. Yo`q, ayajonimning oldida aytaman, . shunday deb
Egamberdi bo`yniga bir parcha latta bogiab qo`yilgan ona
quyonni bag`riga bosgancha avaylab Eshon aya huzuriga
chiqishdi, . ayajon bu quyonni biz, Karim ikkovimiz marhum
ayajonim o`rnida qabul qilganmiz. Shu tillalarni quyonlar topdi
dedingiz, to`g`rimi.
. To`g`ri, shunday dedim, o`g`illarim. Agar bu quyonlar
sizlarni bog`ga boshlab kelmaganda tillalar yana yuz yillar
у er ostida yotavergan bo`lardi.
. Ayajon, tillalar zambarak olamiz deb qishloqlardan
yig`ilgan, . deb gapga aralashdi o`ychan o`tirgan Karimberdi,
. ayting.chi nechta qishloqdan yig`ilgan.
. O`g`illarim, aniq bilmayman.
. Ayajon, . коЧагіпкі bir kayfiyatda gapira boshladi
Egamberdi, . Karimberdi o`rtog`im bilan maslahatlashdik,
o4sha qishloqlarda yashab o`tganlarning nabiralariga
quyonchilik fermasr ochib. beramiz. Karim o`rtoginr birovning
haqini yeb ketish yaxshi emas, deyapti.
. Voy azamatlarim unda hammau yoqni quyonlar bosib
ketadi.ku.
. Ayajon tog`da adashib yurganimizda, . gap navbatini
o`ziga oldi Karimberdi, . baland cho`qqiga chiqib ey Olloh, ey
charaqlab turgan yulduzlar, ey oppoq nur taratayotgan
Oymomo, bizgayordam ber, butun.butun qishloqlarni, butun
mamlakatni oq quyonlarga to`ldiraylik, quyonlar saltanati
yarataylik, Egam saltanatningshahanshohi bo`lsin, men bosh
vazir boiay, deb uyqumiz kelgunchailtijoqilganmiz... Mana,
olloh niyatimizga yetkazib turibdi...
Uchrashganimizdan buyon Eshon ayaning yuzida
hozirgidek nurli tabassum jilolanmagan, ko`zlarida shodlik
nuri parpirab yonmagan. O`g`illarining yelkasini silay.silay
gapira boshladilar.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Yaxshi niyatlilarga hamishayo`l ochiq bo`ladi, Ollohning
xohishi bilan bu boyliklarni Sayid Jalolxon eshon, Sayid
Xodixon eshon, Sayid Hoshimxon eshon bobolarimiz sizlar
uchun poylab yotgan ekan... Mayli, butun mamlakatga dong`i
ketadigan quyonchilik fermasi yaratinglar, biringiz
shahanshohu, biringiz bosh vazir boiing.
Yigitchalar hovliqishib, xuddi allaqachon quyonlar
saltanatini yaratib, biri yengilmas shahanshoh, biri dono vazir
bo`lib olgandek sevinishib, Eshon ayani quchoqlashib, goh
kiyimlaridan, goh yuz.ko`zlaridan qayta.qayta o`pa boshladilar.
Bir nafasdan so`ng ayaningyuzi, ko`zlari yana tashvishli bo`ldi.
O`g`illarim bu boylikni qandav saqlar ekanlar degan tashvishli
xayollarga berildi. Uzoqni ko`rgan, donishmand aya uni
saqlashningyo`lini ham topganday bo`ldi.
Bolalarni o`zi yotib yurgan chorhari uyga boshladi. Tosh
o`choqqa olov yoqishni buyurdi. Toshlar qo`l kuyadigan
darajada qizigach, ularni ternir parchasi bilan uch bora o`ngga,
uch bora chapga surishni buyurdi. Tosho`choq to`rtinchi bora
o`ngga burilganda, torgina tuynukcha ochildi. Tuynukcha
yonlariga yalpoq toshlardan oyoq qo`yadigan joylar ham
yasalgan ekan. Egamberdi yuragini hovuchlab, qo`rqa.pisa tilla
to`la sandiqchani jun arqonga bog`lab pastga tushirib,
orqasidan o`zi ham tushdi. Tushgach, tepadan uzatilgan lampa
moyli chiroqni yoqdi. Asta.sekin atrof yorisha boshlaganini
ko`rdi. Xonaning to`rt burchagida to`rt eshik bor. Birini
avaylab oehgan edi zanglab, qorayib ketgan kumush laganlar,
kumush choynaklar, kumush laganlar ustma.ust turganini,
boshqasida esa ustma.ust taxlangan miltiqlarni ko`rdi...
. Tavba, podsholarning xazinasiga tushib qolganga
o`xshayman, . deb o`yladi Egamberdi. So`ng sandiqchadagi
tillalardan saralab.saralab bir hovuchini cho`ntagiga soldi.da,
qolgan eshiklarni keyin ochib ko`rarman, deb nafasi qisila
boshlagan edi, tag`in xazinani poylab yotgan ilon bo`lsa, hamla
qilib qolmasin, deb qo`rqib shoshilib yuqoriga ko`tarila
boshladi. Birgalashib tosh o`choqqa olovyoqib toshlar qizigach,
qizigan toshlarni o`ngu so`lga surib ham qo`ydilar.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |