Aya, kirsam mumkinmi muloyimgina so`radi



Download 337,27 Kb.
bet22/48
Sana01.01.2022
Hajmi337,27 Kb.
#288798
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
matn terish

Yettinchi bob

  • Rasmiy idoralarning katta daftarlarida uchastka noziri, xalq

  • orasida uchastkavoy deb ataladigan, ko`zlarini pirpiratib teztez

  • gapiradigan, har qanday ishga ham tez kirishib, ko`pincha,

  • boshlagan ishini oxiriga yetkazmay chala tashlab ham

  • ketaveradigan bu yigitning ismi Furqat, katta idoralarning

  • katta daftarlariga leytenant Furqat Erkayev deb yozib

  • qo`yilgan.

  • Ana shu yigit militsiya xonasini buzib qochgan Egam

  • bilan Karimni topa olmaganiga, ushlab qaytadan qamab

  • www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • qo`ymaganiga, dovdiratib qo`yadigan burama savollar berib

  • alamidan chiqmaganiga o`zini hech kechira olmayapti. O`sha

  • kuni shoshilib, kech boiib qolgan boisa ham, idorasiga

  • qaytib keldi.yu, eshik lang ochilganini ko`rib, bu ikki bezori

  • eshikni buzib chiqib ketganga o`.xshaydi,.demak,.yo ularning

  • tashqarida odami bormikan, ha, ha, odami boigan. Aniq

  • o`sha odamlari ochib bergan bu eshikni, militsiya xonasini

  • ruxsatsiz ochishga kimning haddi sig`di ekan, bu hukumatga

  • qarshilik ko`rsatish emasmikan, deb o`ylaydi leytenant.

  • O`ylagan sari g`azabi oshib, tepa sochi tikka boiib

  • boraveradi. O`zicha yana:

  • . Ertalab maktabda Shokir bilan mushtlashuv boidi . bir.

  • Yarmarkada quyonchi bolani urgan emish . ikki. G`.ulomning

  • akasi bilan mushtlashib boshini yorgan emish . uch. Mana

  • militsiya idorasini buzib qochibdi . to`rt, . deb tinmay sanab

  • Egam bilan Karimning uylarini moijalga olib, g`azab otiga

  • minib, qadamlarini katta tashlab borayapti.

  • Egamberdilarning ko`cha eshigini oyogi bilan tepib ochib

  • ichkariga shiddat bilan kirib bordi. Qosimali suvchi sigiriga

  • xashak solish, tagini tozalash bilan mashg`ul. Shakarxon aya

  • qozon ostiga o`t qalab hozirgina sogib olgan sutini qaynatib

  • qo`yish bilan ovora.

  • . Egam qani. . leytenantning blrinchi savoli shu boidi.

  • Qosimali suvchi asta boshini ko`tarib, leytenantgayaqinroq

  • kelib, biroz angrayibroq qarab turdi.da:

  • . Vaalaykum assalom, . dedi xuddi yosh bolaga tanbeh

  • bergandek ohangda.

  • Leytenant o`sal bo`ldi.yu, sezdirgisi kelmay:

  • . O`giinjgiz qani deyapman. . deb so`radi yana.

  • . Uni siz bilasiz, kecha qamab qo`jnbsiz.ku, kamandir.

  • . Kechasi o`giingiz qochgan deyapman.

  • . Qochganmi qochmaganmi, uni siz bilasiz... keyin

  • kamandir, boiar.boimasga yosh bolani qamayverish ham

  • yaxshi emas. Shu bilan mening o`g`limni uchinchi.bor hibsga

  • olayapsiz.

  • . O`giingiz kecha bir kunning o`zida t o ` r t marta

  • mushtlashgan.

  • www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • . Demak, kecha meni o`g`limni to`rt marta xafa qilishgan,

  • kim seni xafa qilsa kechirma, jag`iga tushir, deb men

  • aytganman.

  • . Demak bezorilikni siz o`rgatyapsiz ekandi.

  • . Ha men o`rgatganman. Seni kim haqorat qilsa, sen undan

  • baland kel deb o`rgatganman. Birov seni ursa mening oldimga

  • yig`lab kelma deb o`rgatganman. Kamandir, biz kichkina

  • odammasmiz, bilib qo`ying, fermermiz. Hukumat ham kim

  • fermerai haqorat qilsa, mana menga murojaat qilinglar,

  • ta`zirini berib qo`yaman deganlar... Bechora o`g`lim uy

  • ishlariga qarashsa, sigir boqsa, sut.qatiqni pullab kelsa, kechasi

  • uxlamay kitob o`qisa, yana tag`in nima qilsin. O`g`limni tezroq

  • topib bering, bo`lmasa men sizning generalingizni taniyman

  • borib o`shanga arz qilaman.

  • Uchastka noziri gap yo`q, so`z yo`q, xuddi buyruq olgandek

  • keskin burilib chiqib ketdi. Hamma uning soyasiga salom

  • berardi, hukumatning odami deb hurmatini joyiga qo`yardi,

  • bu Qosimali suvchi deganlari g`alati ekan.ku, fermer bo`lsang

  • o`zingga, sendaqangi fermerdan dunyoda mingtasi bor, hali

  • shoshmay turgin, ota.bola ikkovingni shunday jazolayki, deb

  • o`yladi u. Ko`cha eshikkayetmasidan Qosimali suvchi xotiniga

  • ≪orqasidan bor, Egamni o`ylab yuragim g`ash bo`lib turuvdi,

  • ortiqcha gapirib qo`ydim shekilli, kechirim so`ra≫, deb buyurdi.

  • Shakarxon aya Egamni, onamni sen o`idirgansan, deb, gap

  • tarqatib yurgani uchun yomon ko`rar edi. Har bir harakatidan

  • yomonlik axtarar edi, oxir.oqibatda undan qutilsaydim, deb

  • yurardi. Egam haqida gap ochmoqchi bo`lgan.u lekin, eridan

  • istihola qilib hayiqayotgan edi. Endi esa erining ≪bor,

  • orqasidan chiq≫, degani ayni muddao bo`ldi.

  • . Hoy inim, to`xtang, . dedi leytenantning orqasidan

  • yugurib. Leytenant to`xtamadi. Shakarxon aya ostona hatlab

  • ko`chaga chiqdi. To`rt hatlab uchastka noziriningyo`lini to`sdi.

  • . Egam haqida so`rayapsizmi.

  • . Kerak emas, otasi shunaqa bo`lgandan keyin bolasi

  • qanaqa bo`lar edi.

  • . Otasi sizdan kechirim so`rayapti.

  • Leytenant yurishdan to`xtab, qoshlarini g`alati chimirdi.

  • www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • . Xo`p, nima demoqchisiz.

  • . Bezori Egamning dastidan hamma dod deydi, shuni

  • aytmoqchiman, uning kimligini mendan so`rang.

  • . Xo`p ayting.

  • . Og`zaki aytaman, daftaringizga yozmasangiz, aytaman.

  • . Xo`p yozmayman.

  • . Bu quyon jinnisi oldin, bolaligida kalamush ham boqqan

  • ekan.

  • . Kalamush..

  • . Ha, kalamush boqqan ekan, keyin xo`roz urishtirishga

  • berilibdi. Biryo`la o`ttizta tovuqni qimordayutqizib qo`ygan...

  • xudo urganyolg`onchi ham, sut.qatiqni bozorchadayaxshigina

  • sotadi.da, yarim pulini berkitadi, pulning qolgani qani

  • desangiz sutingiz achib qoldi, deb yolg`on gapiradi. Sigirni

  • dalagayetaklab boradi.da, oftobga boylab qo`yib o`zi salqinda

  • kitob o`qiydi. Kitob o`qiyverib miyasi aynib ketgan. Mahallada

  • mana shu Karimdan boshqa hamma bola bilan mushtlashgan.

  • Hatto qizlar bilan ham urishgan. Sarviniso degan qizni mazax

  • qilib, masxaralab she`ryozgan ekan. Ikkita akasi kelib shunaqa

  • urdiki... mana endi bu jinni mollarga qarash o`rniga bir yildan

  • buyon quyonlargayopishib oldi... G`ulom degan bir yaxshigina,

  • imtizomligina bola bilan ham quyon talashib qirpichoq

  • boigan... Yovvoyi quyon ushlayman deb kuzda jarma.jar

  • sanqib umr o`tkazadi, axir, kap.katta boiib qoldi, dadasiga

  • qarashsa boimaydimi, menga qarang inim, hech bo`lmasa uchto`rt

  • kunga qamang. Agar qamatsangiz men ajratib olgan

  • bo`laman.da, shunda zйro menga mehr qo`ysa, orqamdan

  • yomon gaplar tarqatishni bas qilsa... Qamaysizmi.

  • . Ko`ramiz.

  • . Agar aytganimdek qilsangiz, uyingizga qaymoq jo`natib

  • turaman. Qizingizga ayting, hech tortinmay kelaversin.

  • Leytenant qaymoq so`zini eshitib, tamini sezib, bir

  • tamshanib yutindi.yu, indamadi. Karimberdining uyiga

  • yo`naldi. Darvozalari ochiq boisa.da bostirib kirishga botina

  • olmay, ko`cha eshikni ohista.ohista taqillata boshladi. Xayriyat,

  • Karimberdining onasi uyda ekan. Gap qisqa boidi. «Otin aya

  • yigiamsirab, musichadek yuvosh o`g`limga onasi oiib,

  • www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • mung`ayibgina qolgan yetimcha Egamga hadeb yopishaverasizlarmi,

  • bechora bolalarimda ayb nima. Olloh ko`ngillariga

  • quyonrboqishni solgan bo`lsa tinch qo`ymglar.da, ana, dadasi

  • bilan gaplashing≫, deb ichkariga kirib ketdi. Bog` tomondan

  • Siroj birgadir chiqib kela boshladi. Qo`lida ketmori, qovog`i

  • soliq, vajohatixunuk, salomlashmadi ham. Gapni qisqa qilib:

  • . Bolalarni qamab to`g`ri qilgansiz. Bular ayni buziladigan

  • yoshda, . shunday deb qo`lidagi ketmonni gurs etkazib yerga

  • bir urdi, . xo`p mayli, ko`p sho`xliklariga chidadim. Endi anavi

  • ota bezori Egamga qo`shilib quyonbozlik qilib yuribdi. Bir

  • yildan buyon ahvoli shu. Oldin o`shayetimchani jazolash kerak

  • edi. Agar Egam o`g`lim bo`lganda mana shu ustunga, raana

  • bu arqon bilan bog`lab, uch kun ovqatsiz qoldirib jazolardim.

  • Mening odatim shunaqa, eshitgandirsiz.

  • . Eshitganman, o`g`illaringizni ustunga bog`lab qo`yib

  • jazolar emishsiz, lekin bu usul yaxshi emas.

  • . Nimasi yaxshi emas.

  • . Eshitishimcha, bu usulingiz xonlar zamonidan qolgan

  • ekan, o`sha zamonlarda aybdorlarni bog`lab qo`yib jazolash

  • avj olgan ekan. Hayronman, bu usul haligacha saqlanib

  • kelayotgan ekan.da.

  • . Yo`q, tarbiyaning eng yaxshi usuli bu, . tushuntira boshladi

  • Siroj birgadir, . mana men kolxozda o`ttiz yil birgadir

  • bo`lganman. Normani bajarmagan, gapga kirmagan, qaysar

  • a`zolarimni yer o`rtasidagi tutga bog`lab qo`yardim. Planlar

  • vaqtidabajarilardi, qo`sha.qo`sha mukofotlar olishardi, ordenlai`

  • olishardi. Raykom sekretari kelib Siroj aka, bopladingiz, deb

  • maqtab ham ketardi. Shunaqa leytenant uka, ikkala bolani

  • qamab to`g`ri qilgansiz... Vaqtingiz bo`lsa, o`tiring birgalashib

  • nonusbta qilamiz, ana opangiz jizzali non yopgan...

  • . Siroj aka bolalar qochib ketganmi yoki qochirishganmi,

  • bilmadim.

  • . Qochgan bo`lsa, izlab topish endi sizning vazifangiz. Men

  • shoshib turibman. Bug`doyni sug`orish navbati menga kelgan.

  • Bilasiz.ku, hozir fermerlar o`rtasida suv talash... O`g`limni

  • ushlab dalamga olib borib bersangiz, tovug`ingizga bir qop

  • bug`doy beraman.

  • www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi

  • Leytenant o`sha kuni yigitchalarning masjidda

  • tunaganligini, Zabihillo zargarning do`koniga kirganini

  • aniqladi, keyin izlarini topa olmadi. Egamberdi bilan

  • Karimberdi boisa qo`shni tumanga borib ko`proq quyonlar

  • keltirish harakatida edilar, keltirdilar ham.


  • Download 337,27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish