Ikkinchi bob
Tun yarimlab qolgan, dakang xo`rozlar hali qichqirganicha
yo`q, xona qorong`i, burchak.burchaklardan har zamonda don
talashgan sichqonlarning chiyillagan ovozi eshitiladi, xolos.
Eshon aya yonlarida ikki yigitcha, sal bo`shatsalar, bamisoli
qochib ketishayotgandek, o`zlariga yana ham qattiqroq
tortadilar. Xo`rsina.xo`rsina, entika.entika og`ir zamonlarning
og`ir kunlari, og`ir kechmishlari haqida hikoya so`zlaydilar.
Eshon aya so`zlashdan to`xtagani yo`q. Ko`ksilaridagi qop.qora
tugunchalarni yechib, tugunchalar ichidagi qat.qat hasratlarni,
og`ir kechgan kunlarning g`ussasini aytib olmoqchilar, ikki
yigitchani Olloh mengayubordi deb qattiq ishonyaptilar. Olloh
yuborgan bandalariga qalblarining to`rida berkinib yotgan
barcha sir.asrorlarini aytib.aytib olmoqchilar.
. Ha, ha o`g`illarim, zolimlarning zulmi, battol kofirlarning
zug`umi avj olgan pallalar edi. Vagon.vagon boyliklarimizni
tashib ketishayotgan edi, bismillo demaysan, nonni teskari
tishlashga majbursan, ko`changdan ot minib o`tganimda
boshingni egib, qo`llaringni ko`ksinga qo`yib turasan, o`ng
betingga ursam, chap betingni ham tutib berasan, deganlar
hukmron bo`lgan zamonlar edi. Ollohga shukur mard yigitlar,
zo`ravonni mana men yo`qotaman deydigan bag`rikeng,
bilagida kuchi bor o`g`lonlar bor ekan. O`sha paytlarda
ozodlikni, hurriyatni kuylaydigan shoirlar ham ko`p ekan,
onalarning zori hasrati qo`shiqlarga aylanar ekan. Yurt och
edi, el yalang`och edi.
Ariqlar to`la suv,
Tashnayi zorim bolam.
Qutilar to*la non,
Ochu nahorim bolam
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
degan qo`shiqlar o`sha zamonlarda yozilgan. Hali
aytganimdek xalq qo`zg`aldi, yurtni mana men qutqaraman
degan qo`rboshi yigitlar otilib chiqdi.
. Yo`qolsin bosmachilar...
. Bitsin talonchilar...
. Ketsin kofоrlar...
. Ayollarimizni zo`rlagan qizil shapkalilar yo`qolsin, .
degan, gaplarni aytishardi o`sha azamatlar. Ularning qoii
mushtga tugulgan edi, ko`zlari chaqnar edi. Ey o`g`illarim,
xalq puflasa bo`ron ko`tariladi, deganlari rost ekan. Miltig`i
bor miltig`ini, qilichi bor qilichini, qilichi yo`q panshaxasini
ko`tarib chiqaverdi. O, o`g`illarim, yurtimizda bamisoli bo`ron
ko`tarilgandek boidi. Qurolsiz xalq nima ham qila olardi. Tishi
tirnog`igacha qurollangan, qo`shotar miltiqlarini yelkasiga
osgan, qo`l bilan otadigan bo`mbalarini vagon.vagon
keltirayotgan, har o`qi aravaning gupchagidek keladigan
zambaraklari bor zolimlarga qarshi qoidagi panshaxa bilan
kurashib bo`ladimi, uzun sopli boita bilan urishib boiadimi.
Ariqlar to`lib qon oqdi. Uylar kuyib kul boidi, masjidlarga
otu eshak bogiadilar. Mard yigitlarimiz, yo`q, biz ham
qurollanishimiz kerak, zambarakka qarshi panshaxa bilan
urishib boimaydi, deb maslahatlasha boshladilar... O`g`illarim,
uxlвb qolmadilaringmi.
. Yo`q, yo`q, . dedi Karimberdi shoshilib.
. Ayajon siz bosmachilar zamoni haqida gapiryapsizmi, .
deb so`radi Egamberdi, . o`sha bosmachilar qanaqa boigan,
.qo`rboshilar qanaqa boigan.
. Bosmachilarni bilmaysizlarmi, dinsiz, iymonsiz
bosmachilarni allaqachon bilishlaring kerak edi. Azamat
yigitlarimizga tuhmat qilib, senlar bosmachisanlar degan, aslida
qizil shapkalilarning o`zlari bosmachi boigan, bizningyurtimizga
o`shalar bostirib kelgan.ku. Ana shularga qarshi kurashganlarni
qo`rboshi deyishgan. Har yigitlar ediki, yelkasida tog*ni ko`tarar
edi... lekin bechora yigitlar qurolsiz edi.da. Hali.hali esimda,
Sarqo`rg`on degan joyda bir qirg^in boiganki, eslasam yuraklarim
o`ynab ketadi. O`shanda ariqlar to`lib qon oqqan. Osmon olov
bo`lib yongan. O`shanda Sarqo`rg`on soyidan suv to`sib boshqawww.
kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
boshqa yurtlarga suv chiqaramiz deb dehqonlar borgan ekan,
toi kesainiz, terak kesamiz, sepoyayasaymiz deb boita olishgan.
Ana qo`llarida tesha, bizni o`rab kelishyapti, deb pulemotlardan,
zambaraklardan o`q otib uch yuz dehqon yigitiii otib tashlashgan.
O`g`illarim, dardimni qo`zg`ab qo`ydilaring, endi gapirmasam
bo`lmaydi, yo uxlab qoldilaringnii.
. Yo`q, yo`q ayajon, endi.endi qo`rqinchli joyini aytayapsiz.
Egam o`rtog`im qo`rqinchli hikoyalarni yaxshi ko`radi, ayting,
keyin qo`rboshilar nima qilibdi.
. Keyin hali aytganimdek, yuragidayoli bor, hamiyati zo`r
yigitlar birin.ketin ≪mana men borman, mana men
olishaman≫, deb birin.ketin otilib chiqaverdi. Hali
aytganimdek, shoirlar, qo`shiq aytadigan onalar ham jim
turishmadi, she`r yozishdi, qo`shiq aytib mardlarni ulug`lashdi.
Islom polvon otga minsa,
Youga qiron keltirar.
Quuib haydab bosmachini,
Jahannamga yetkarar.
Islom polvon qilichi,
Dami ham o`tkir ekan.
Yov boshini olarga,
Ham o`tkiru keskir ekan.
Mo`ljal olib Islomjon,
Besh otardan olq otgin.
Bosqinchini hech qo`ymay,
Bir amallab yo`qotgin.
Olloli hamrohing bo`lsin,
Bismilloni unutma,
Onayurt bag`rida bo`l,
Hargiz uzoqlab ketma.
Mushtipar onalar jasur, mard qo`rboshilarga atab ana
shunday qo`shiqlar ham to`qishgan. Biz o`tirgan mana shu
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
chorhari uylar, ho4 naridagi kecha ko`rganlaring vayronalar
hamma.hammasi qo`rboshilarga yashirin qarorgoh boigan.
Goho.goho kelishib Eshon dadamning duolarini olib ketishar
edi... Mayli o`g`illarim, tong otay deb qoldi, hali sizlarga
aytadigan gaplarim ko4p, endi uxlanglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |