Otaning hukmi qattiq boidi:
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. O`zboshimchalar, ikkovlaring ham jo`nanglar endi. Hozir
borib uchastka noziridan kechirim so`ranglar. Kechalab bo`lsa
ham quyonlarni qayerdan olgan bo`lsanglar egasiga
topshiringlar. Bo`lmasa ikkovingni ham mana shu qari tutga
bir haftaga boylab qo`yaman, keyin kuningni ko`rasanlar.
O`n oltinchi bob
Muazzin bobo nafaqat odamga, balki hayvonlarga ham
mehrli ekan. Oq pahlavonlarga yaxshi qarabdi, simto`rlarini
to`ldirib xudoyi qilganlardan qolgan sabzi, karam po`choqlar
solibdi. Quyonlardan ko`ngli tinchigach, ikki o`rtoq goh
unisinikiga kirib, goh bunisinikiga kirib maslahat ustiga
maslahat qilishyapti. Oq pahlavonlarni egasiga topshirmaslik
uchun albatta pul kerak, juda katta pul kerak. Lekin pulni
qayerdan topishadi, kimdan so`rashsa bo`lar ekan. Uyala.uyala
Muazzin bobodan so`rashgan edi, g`alati odam ekan, machitga
qadam qo`yganimdan buyon qo`limga pul ushlaganim yo`q,
dedi. ...Karimberdining onasi o`g`lini ertalabgacha bag`riga
bosib, boshlarini silab chiqdi. Marosimlarga qatnashib turadi,
ba`zan boshqaradi ham, pul tushadi, ko`p.ko`p tushadi. Pul і
bor albatta. Lekin, afsus, o`g`ilginam, qattiqqo`l otangmening
gapimni ikki qildilaringmi deb, ikkovimizni ham ko`chaga
xaydaydi, deb afsuslanadi. Bu alamli gaplarni ayta turib
o`g`lining yuz.ko`zlaridan qayta.qayta o`pib ham qo`yadi.
Egamberdi ham tuni bilan uxlamay chiqdi. Besh.okn ming
bo`lsa mayli edi.ya, o`ttiz mingga, o`ttiz mingni kim ham
berardi menga deb o`ylaydi. O`gay onasida pul bor. Egamberdi
bar yakshanbada bozorga sut, qatiq, qaymoq olib borib sotadi.
Qancha pul tushsa, bitta yarimta muzqaymoq olib yesa yeydi,
bo`lmasa pulning hammasini shundayligicha o`gay onasiga
topshiradi. Onasi bu pullarga bilaguzuk olaman, deb yig`ib
yuribdi. Shuning uchun u pul bermaydi, o`lib qolsa ham
bermaydi.
Eh deydi.da, Egamberdi o`z onasini o`ylab ketadi. Qo`l
oyoqlari singan, butun borlig`i majaqlangan holda naq ikki
yilcha yotib qoldi. Egamberdi yosh bo`lsa ham ovqat
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
pishirishni, uy.ro`zg`orga qarashishni o`rganib olgan. Hatto,
qo`shnilarini hayron qoldirib sigir ham sog`adi. Onajoni boisa
ko`zlarini moitilatib qarab yotadi, goh ana shu moitillab
turgan ko`zlaridan duv etib yosh to`kilib ketadi, chuqur.chuqur
xo`rsinadi. Egamberdi sekingina kelib onajonining
yonginasiga o`tiradi, qoq qurib, etsiz boiib qolgan qoilarini
ohista.ohista silaydi, o`pib.o`pib qo`yadi.
. Dadangga ovqat olib qo`ydingmi. . ko`zlarini yarim ochib
so`raydi onaizori.
. Olib qo`ydim, . deydi Egamberdi allaqanday qoniqish,
mamnuniyat bilan.
. Sigirniyam sog`dingmi.
. Sog`dim, ayajon, faqat sutni oz berayapti.da.
. Shakarxon ayangga sog`dirsangbo`lardi.
. O`sha opani yonipn ko`raman.
. Unday dema o`giim, u yomon ayolmas.
. Xamirniyam chala ko`ptiradi, sigirniyam chala sog`adi,
idish.tovoqniyam chala yuvadi.
. Unday dema, o`giim.
. Ayajon, oyog`ingizni uqalaymi.
. Oyog`im hech narsani sezmayapti, polvonim.
. Boimasa doringizni surtaymi.
. Yo`q hech narsa sezmayapti, mayli meni quchoqlagin,
qattiqroq quchoqlagin, ha, ana shunday, barakalla azamatim.
O`giim, pahlavonim, daddngga ehtiyot boigin, dadangbechora
juda goi, sodda, hamma ^aldab ketaveradi... Keyin o`giim
o`qigin, oliv maiumotli bo/lgin.
. Ayajon, yigiamang, bu;ldi, oliy maiumotli boiaman, oliy
maiumotli fermer boisCmдri, quyonlar boqaman.
. Dadanga qiyin boiadi.da, o`giim.
. Ayajon, yigiamang.`
. Senga ham oson boimaydi, dilbandim. Endi o`giim, bor
toshqinda halok bo`lgan tarbiyachi opalaringni bir ziyorat qilib
kel.
. Kecha bordim.ku.
. Yana bor, har kuni borgin... Boraqol, men ozgina mizg`ib
olay.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Egamberdi istamaygina qabristonga jo`naydi. Mana,
toshqоnda halok bo`lganlarining biriga past, biriga baland,
biriga oq, biriga qora marmardan yodgorliklar qo`yilgan.
«Ayajonim nega meni hadeb qabristonga bor, tez.tez bor deb
o`shayoqqa qistayveradi yoki men ham olamdan o`taman, sen
ham menga yodgorlik qo`yasan demoqchimi yoki hamma vaqti
bilan olamdan o`tadi, men ham o`taman, buning^jablanadigan
joyiyo`q, ko`pyig`lama, o`zingni yo`qotma demoqchimi.», deb
o`ylaydi.da, o`ylagan o`ylaridan birdaniga seskanib ketadi.
«Yo`q, ayajonim o`imasligi kerak, o`imaysiz ayajon», deya
qabrlarni ortda qoldirib uyiga tomon shoshadi...
. O`rtoq, nega buncha qovog`ing osilib ketibdi, . deb
Karimberdi baland ovozda gapira boshladi, . hozir men seni
xursand qiladigan bir gap aytaman.
. Meni hozir puldan boshqa hech narsa xursand qilmaydi,
. sekin o`rnidan turib o`rtog`ini qarshiladi Egamberdi.
. Men Sobiraxon ayamizni ko`rdim, tushimda ko`rdim.
Arshi a`iogayaqin joyda, Ollohningnazari tushib turgan joyda
ko`rdim. Hammayoq oppoq nur ichida chavqalarmish.
Daraxtlarning yaproqlari ham sarg`ish nurlar ichida yal.yal
yonarmish.
. Ayajonim oq rangni yaxshi ko`rardi, . xo`rsinib qo`ydi
Egamberdi.
. Oq nurlar ichida har biri chinni kosadek keladigan qizilsariq
gullar tovlanarmish. Bir mahal hammayoqni oq, oppoq
quyonlar bosib ketgandek bo`ldi. Sobiraxon ayam ana shu oq
quyonlar orasidan o`tib men tomonga kela boshladi. Bular
mening oppoq qizlarim, oppoq o`g`illarim deb bitgasini qo`liga
olib, oppoq.oppoq yunglаridan mayin.mayin silab qo`ydi. Bir
mahal qarasam oppoq quyonlar oppoq.oppoq kiyingan bog`cha
bolalariga o`xshab borayotganmish, qo`llarini silkitar emish.
. Karim, ayajonimni o`z ko`zing bilan ko`rdingmi, . entikib
hayajon ichida so`radi Egamberdi.
. Ha, aniq ko`rdim. Xursand bo`lishimiz kerak. Demak
Egam, bekorga bizga oq quyonlar uchramaganga o`xshaydi.
Muazzin bobo bir ko`rishidayoq bular jannatdan chiqqan deb
bekorga oh urib yubormadi. Afsus, dadalarimiz
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
tushunishmayapti. O`zi umuman, kattalar shunaqa, yoshlarni
hech tushunishmaydi, yoilariga to`g`anoq boiaverishadi.
Egam yur, eshikni qulfla. Ayam o`rtogingni olib chiq,
qaymoqqa bulab qatlama pishirganman. Birga nonushta
qilasizlar, deyapti. Ayajonim, bilib qoky, seni yaxshi ko`radi,
jonu dilidan yaxshi ko`radi.
. Bilaman Xolisxon ayamning mehribonchiligi boimaganda
men allaqachon bu uydan qochib ketgan boiardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |