O`n to`rtinchi bob
Qizlar, «eshikni qulfï omonat ekan deb tag`in ketib
qolmanglar, yana har xil gaplar ko`payib ketadi, eshikni Fotima
bilan Zuhro ham ataylab ochib ketgan deyishadi, bilasizlarku
sinfimizda chaqimchi qizlar ko`p», degan maslahatni bergan
bo`lishdi. Fotima «agar uchastka noziri seni so`roq qilsa,
qo`rqma, men haqiqatni aytib guvohlik beraman, xudo xohlasa
seni himoya qilaman», dedi. Egamberdi qizning bu gaplaridan
to`lqinlanib ketgandek bo`ldi, nazarida ko`zlariga nam ham
keldi shekilli, yoshlarini kafti bilan artib «Fotima sen
yaxshisan, hamma qizdan yaxshisan, juda.juda yaxshisan»,
dedi. Karimberdi bo`lsa Zuhro qizning hayajonidanmi yengilengil
titrab turgan do`mboq.do`mboq barmoqlarini qo`yvorgisi
kelmay uzoq ushlab turdi.da, «xudo xohlasa, bizni
qamashmaydi», deb qo`ydi. Qizlar ketdi. Yigitchalar kuchli
hayajon ichida o`zlari ham nomini bilmaydigan kuchli hissiy
to`lqin og`ushida o`yga tolib o`tirishdi. Uzoq jim qolishdi.
Karimberdi uf tortib, yengilgina bosh chayqab:
. Egam, kimdir bizdan oldin kelib uylarimizga kirib
o`g`illaring quyon o`g`irladi, deb yolg4on.yashiq gaplarni aytgan
bo`lsa kerak. Sening.cha bu gapni kim aytgan bo`lishi muinkin.
Egam, buncha o`yga tolding, gapirsang.chi.
. Kim bo`lardi, yo G`ulom g`uppa yoki Shokir bo`ladi.da.
Bugun tuman markaziga borgan barcha o`quvchilarning
nomini birma.bir sanab chiqdilar. Qancha bosh qotirishmasin.
kim chaqimchilik qilganligini o`ylab topa olmadilar.
. Yaxshisi qochish kerak bu yerdan, . dedi Egamberdj
keskin o`rnidan turib.
. Ruxsatsiz ketishga haqqimiz yo`q.ku, . e`tiroz bildirdi
Karimberdi.
. Bizni so`roq qilmay qamab ketishga uning haqqi bormi
bo`lmasa.
. Egam u nohaq bo`lsa jazosini xudo beradi.
. Uchastka noziri masjidga borib oq do`ppi kiyganlarni
haydagani esingdami.
. Hozir o`rtoq, kimnikiga ham borardik, buning ustiga
quyonlar ochligini ham ko`rib turibmiz.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
To`g`ri quvonlar och, buni ikkovlari ham ko`rib turishibdi.
Shu quyonlar uchun ham qochish kerak. Xo`sh, qochganda
kimnikigaborishadi: uylarigami, ikkoviningko`chaeshigi taqataq
yopilgan.ku. Himoya so`rab sinf rahbarlari Hamidova
opanikiga borishsa.chi, yo`q, yo`q, uningeri badjahlroq odam.
Maktabga borib Universal bobodan, bir kechagina
quyonlarimiz siznikida tursin, deb so`rashsa.chi.. Yo`q, yo`q,
bu gap direktor Azizov domlaning qulog`iga borib yetsa.chi...
Hay.hay bechora cholni darhol maktabdan haydaydi.ya.
. Uh. . deb yuborishdi ikkala yigit birdaniga.
. Nima qilish kerak. . deb so`rashyapti bir.birlaridan.
. Olloh ko`nglimga soldi, . deb quvonch bilan o`rnidan
turib ketdi Karimberdi, . o`rtoq turaqol, masjidga boramiz.
O`rta masjidning hovlisi keng, hovli atrofiga pastak.pastak
uylar qurilgan, xayri.xudoyi qiluvchilarga, arvohlarga atab is
chiqaruvchilarga, masjidning ul.bul narsalarini saqlashga atab
talaygina pastu baland uychalar qurib tashlashgan. Eng
muhimi, Muazzin bobo Karimberdini jonu dilidan yaxshi
ko`radi. Bu bobo ilgari muallim edi, muallim bo`lgani uchun
ham bolalarni yaxshi ko`radi...
Xayrivat, Muazzin bobo hali uyg`oq ekan. Ularni iliqqina
kutib oldi. Akrom akaning kompyuter xonasi oldida bo`lib
o`tgan mashmashani eshitib, tafsilotini kimdan so`rasam ekan,
deb o`tirgan ekan. Egamberdi bilan Karimberdi biri olib biri
qo\yib, ushbu mo`ltillab turgan, ochqolganidan betoqat
boiayotgan quyonlarga aloqador voqealarning hammasini
ipidan.ignasigacha so`zlab berishdi. Hatto keyinchalik
millioner bo`lib ketishsa Karimberdiningotasigayangi traktor
olib berishmoqchi, ikkovlariga ona bo`lgan Sobiraxon avaga
oq marmardan vodgorlik o`rnatmoqchi ekanliklarini
havajonga to`lib.toshib so`zlab berishdi. Yaxshi nivatimiz
borligini eshitsa, zora Muazzin bobo bizni qabul qilib, jov bersa
deb atavlab hayajonlarini oshirib, sal yig`lamsirabroq
so`zlashdi.
. Vov o`g`illarim, yaxshi nivat qilgan ekansizlar, yaxshivaxshi
orzular qilgan ekansizlar. Shu niyatlaring uchun Olloh
sizlarga oppoq.oppoq quvonlarni ro`para qilibdi. Bu
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
jonivorlarning yunglari mayinligini, oppoqligini qaranglar,
xuddi jannat suvigayuvilgandek yal.yal yonib turibdi.ya... Ha,
ha, xudo sizlarga oq yoi beribdi. Qaranglar, bu quyonlarning
sizlarga talpinib turishini.
Muazzin bobo yigitchalar yo`q, yo`q, deyishlariga qaramay
elektr choynakda choy qaynatib berdi, nonqutidaburda.burda
nonlar, yarim.yarim sindirilgan mayda patirlar.u, qatlamalar
bor ekan, dasturxonga uyib tashladi. ≪Niyatlaring yaxshi,
yaxshi niyatlilarga Olloh yoi beradi, mana bugun Olloh sizlarm
yana bir sinab ko`ribdi, ev o`g`illarim, bandasi dunyoga
kelibdiki, har kuni sinovda boiadi, sinovdan o`tuvchilarning
niyati yaxshi boiadi, qalbi toza boiadi≫. Egamberdi ham
Karimberdi ham kunduzgi.kechgi alglov.dalg`ov voqealar
toiqinida boiib anchagacha uxlay olmadilar. Har biri olz o`yi
bilan band edi. Egamberdi to`satdan marhum onasini eslab
ketdi. Onajonisi bog`chada mudira edi. Ayajon, meni
Shohimardon sayliga olib borasiz, deb rosa qistadi. Mayli, shu
o`giimni bir xursand qilay, yakka.yu yolgizim bir yayrasin
deb, yoniga uchta tarbiyachi opalarni olib Shohimardon sayliga
borgan edilar. Opalar soyliq ichida, kiraga olib borgan
mashinalari ichida uxlashdi. Egamberdini esa yuqoridagi
lagerda joy bor ekan deb o`shayergajoylashtirishdi... Falokat
oyoq ostida deganlari rost ekan. Chotqol togi tomonga
qurilgan, dengizdek katta suv ombori urib ketib, soyloqda dam
olayotganlarning hammasini yumaloq yostiq qilib tosh.u
shag`allarga aralashtirib ketdi. Dam oluvchilarning ko`pi
nobud bo`ldi, ko`pi majruh boidi. Sobiraxon aya bosh boiib
borgan ayollarninguchalasi ham nobud boidi, ayaningo`zini
esa yarimjon holida toshlar ostidan kavlab olishdi. Ayajonisi
uzoq yotdi, uni ko`rmagan doktor, kelib qaramagan tabib
qolmadi. Baribir uning dardiga davo topilmadi. ≪Agar men
onajonimni sayilga olib borasiz deb qiyin.qistovga
olmaganimda, ehtimol, mehribonim olamdan ofctmasmidi...
Men avbdorman, men sababchiman≫, deya, Egamberdi sakrab
o`rnidan turib ketdi. Xayriyat, Karimberdi uyg`oq ekan.
O`rtogini yoniga tortib, ko`nglini ko`taradigan, do`stini
yupatadigsm so`zlar ayta boshladi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |