Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 0,73 Mb.
bet161/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

Milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu har qanday millatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u millatning hududiy birligi, tili, xo‘jalik yuritish usuli, milliy xarakteri va boshqalar orqali aniqlanadi. Ayrim shaxs uchun o‘zini-o‘zi anglash – bu uning u yoki bu millatga mansubligini, uning tarixi, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini anglashdir.

Bizning sharoitimizda milliy o‘zlikni anglash, birinchidan, tarixni tiklash, yurtimiz qadimgi sivilizatsiya o‘chog‘i ekanligini bilish, xalqimizning ko‘p asrlik, tarixiy hodisalarni boshidan kechirganligi, bu tarixiy davrlarda tinch yaratuvchilik mehnati ham, ko‘plab urushlar chog‘ida esa g‘alabalar, mag‘lubiyatlar ham bo‘lganini, A.Temur va Bobur kabi davlat arboblarining tarixiy ahamiyati tiklanganligini anglash demakdir. Ikkinchidan, o‘zini-o‘zi anglash o‘tgan avlodlardan qolgan ma'naviy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan bog‘liqdir. Bizning xalqimiz qadimgi va boy madaniyatga ega. Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniy tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy – falsafiy fikrlar rivojlanishiga, Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro – dinshunoslikni, Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod adabiyot va san'atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar va hokazo. Uchinchidan, o‘zini-o‘zi anglash va milliy ongning o‘sishi milliy urf-odatlar, bayramlar va an'analarning tiklanishi bilan bog‘liq. Ma'lumki, sovet davrida ularning ahamiyati yerga urilgan, ular unutilgan yoki ta'qiqlab qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, ko‘p asrlar davomida xalqning ma'naviy hayotida muhim rol o‘ynagan islom dinining tiklanishi ham katta ahamiyatga ega.

O‘zbek xalqining o‘zini-o‘zi anglashi o‘zining dunyoda o‘z o‘rnini, mamlakatimizning potensial imkoniyatlari va real rivojlanish istiqbollarini anglab yetish bilan ham bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar xalqimizda hozirga va kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, milliy g‘urur, Vatanga muhabbatni, fidoiylikni uyg‘otadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek xalqining milliy o‘zini-o‘zi anglashi umummilliy o‘zini-o‘zi anglashiga qarshi bo‘lmay, balki u bilan hamohangdir. Bunda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq millat va elatlar ko‘zda tutiladi. Ularning hammasi bir xil huquqqa, o‘zlarining milliy urf-odatlari va bayramlariga ega bo‘lib, farzandlari o‘z milliy maktablarida, milliy tillarida o‘qishi, o‘z ona tilidagi matbuot organlariga ega bo‘lib, diniy urf-odatlarini respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan sakkizta konfessiya orqali amalga oshirishlari mumkin.

Shu bilan birga milliy mafkuraning hozirgi davrdagi judda katta ahamiyatiga qaramay jamiyatning ma'naviy hayotining hamma tomonini unga kiritish mumkin emas. Mafkura va ma'naviyat bir-biridan farq qiluvchi tushunchalardir. Mafkura bu g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lib, ma'lum vaqt oralig‘ida u yoki bu ijtimoiy guruh va davlatning manfaatlarini, ayniqsa, siyosiy manfaatlarini himoya qiladi. Xalq ma'naviyati esa, o‘zining mazmuniga ko‘ra chuqur va keng tushunchadir. U chuqur tarixiy ildizlariga ega bo‘lib, u yoki bu xalqning taqdiri, milliy xususiyati va mentalitetini ifodalaydi. Ma'naviyat uchta – ma'rifiy, ma'naviy va estetik asosga ega. Shuning uchun ham fan va falsafa, etika (shu jumladan diniy va dunyoviy axloq) va san'at mavjuddir. Ma'naviyatning hamma sohalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ularning yuragi axloqiylikdir.

Ma'naviyatni tushunishning yana bir yo‘nalishi mavjuddir. Odatda «ma'naviyat» tushunchasi insonning hayvondan farqini bildiruvchi aql va irodasini ifodalaydi. Shaxs irodasining ma'naviy kuchi uning qobiliyati orqali ifodalanadi. Zamonaviy mazmunda ma'naviyatoliy ma'naviy qadriyatlar sifatida qabul qilinadi. Uning asosiy kategoriyalari Haqiqat, Ezgulik, Go‘zallikdir. Ma'naviyatsizlik esa ezgu maqsad va qadriyatlarning bo‘lmasligi bilan ifodalanadi.

Ma'naviy qadriyatlar stixiyali ravishda paydo bo‘lmaydi. Ular ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy intelektual faoliyat natijasidir. Tarixda ma'naviy ijodkorlarning uch turi shakllangan – biluvchi (mutafakkir, donishmand), avliyo, badiiy ijodkor (shoir, yozuvchi, kompozitor va boshqalar). Har bir jamiyat uchun rivojlanishining har bir bosqichida o‘ziga xos ma'naviy elitasi mavjuddir. Unga nafaqat ma'lum darajadagi professionalizmgina xos bo‘lib qolmasdan, unga ma'naviy xususiyatlarning elementlari – poklik, yuqori darajadagi ahloqiylik ham xos bo‘ladi.

Ma'naviy qadriyatlar yaratilgandan so‘ng o‘zining hayotiga ega bo‘ladi. Ular avloddan avlodga o‘tib, yangi mazmun bilan boyib boradi. Ammo ular keng xalq ommasiga yetib borgandan keyingina haqiqiy ahamiyatga ega bo‘ladilar, ular hayotining bir qismiga aylanadilar. Bu esa, faqat ma'rifat orqali amalga oshiriladi. Ma'rifat ta'lim tizimi, maxsus ma'rifiy muassasalar faoliyati, san'at asarlarini va unga oid bilimlarni yoyish va tashviqot qilish orqali olib boriladi. O‘zbek xalqiga chuqur ma'naviy va ma'rifiy an'analar xosdir. Ulardan mamlakatda boshlangan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda foydalaniladi.

O‘tish davrining murakkab, ziddiyatli davrda, Respublikada ba'zi bir ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy hodisalar ham yuzaga keldi. Korrupsiya, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, firibgarlik kabilarning ma'lum darajada rivojlanishi kuzatildi. Ayniqsa, yoshlar orasida boyishga o‘ta intilish, egoizm, inlividualizm kabi illatlar tarqaldi. Bu bozor munosabatlari sharoitida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat hayotida pasayishi, madaniyat va ma'naviyatning ikkinchi darajaga surilib qo‘yilganini tabiiyligini bildirmaydi. Gap shundaki, birinchidan, bozor munosbatlari davlat tomonidan boshqarilib, ular zamonaviy doiraga olib kirish kerak. Bizning sharoitimizda bozor munosabatlariga o‘tish deganda jamiyatning har bir a'zosini farovon yashashi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish bilan birga, ma'naviyat sohasiga ham ahamiyat berishni talab qiladi. Bunday jamiyatni qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun bilimli, yuqori malakali, halol, vijdonli, adolatli – umaman olganda ma'naviyatli kishilar zarur. Mamlakatimizda o‘rta va oliy ta'lim kadrlarini tayyorlash, ularni yangi sharoitga moslashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirila boshladi. Fan va madaniyat sohalarini, ziyolilarni hamda intellektual va ijodiy mehnat kishilarini davlat tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash borasida ham katta ishlar qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
4-bob. IJTIMOIY HAYoT VA IJTIMOIY ONGNING FeNOMeNTLARINING FALSAFIY ASOSLARI


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish