Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   290
Bog'liq
falsafa

5-§. Diniy e'tiqod 
 
Diniy  e'tiqod  diniy  ongning  ajralmas  xususiyati  hisoblanadi.  Ko‘pincha  «e'tiqod» 
tushunchasi  faqat  diniy  e'tiqod  bilan  tenglashtiriladi.  Biroq  har  qanday  e'tiqod  ham  diniy 
xarakterga  ega  bo‘lavermaydi.E'tiqod  so‘zi  lotincha  veritas  (haqiqat,  voqyelik,    haqqoniyat) 
va  vents  (zehnli,  adolatli)  degan  so‘zlarga  mos  keladi.  Kimga-nimaga  yoki  kimgadir-
nimagadir  e'tiqod  qilish  individ,  guruh,  omma  ruhiyatining  (e'tiqod  qiluvchi  sub'ektlarning) 
qat'iy ishonish, shaksiz ishonch va umid orqali ifodalanuvchi alohida holatidir. 
Faoliyatning alohida turlarida va umuman hayotda mazmunan maqsadga erishish e'tiqod 
predmeti  sifatida  xizmat  qilishi  mumkin.  Bu  nimaningdir,  qandaydir  voqyeaning  yoki 
voqyealar  rivojining  so‘nggi  natijasi  yaqinlashuvi  va  boshqa  shu  kabilar  bo‘lishi  mumkin, 
bunda qo‘yilgan maqsadga erishish haqidagi aniq axborot taqchilligi sharti mavjud bo‘ladi.  
E'tiqodning mazmuni u faoliyat ko‘rsatadigan turli sohalarda turlicha bo‘lib, aniq harakat 
predmeti  bilan  bog‘liqdir.  U  odamlar  hayotiy  faoliyatining  har  qanday  sohasida  –  siyosiy 
sohasida,  masalan,  xarizmatik  siyosiy  arbobga  e'tiqod;  iqtisodiyotda  –  muvaffaqiyatga 
ishonch, misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotni foyda evaziga sotish; axloqda  – axloqiy 
ideallarga  e'tiqod  qilish;  badiiyatda  –  tasvirlangan  voqyealar  va  obrazlarning  haqiqiyligiga 
ishonish va boshqalar. Hyech bir odam, agar u hyech narsaga – jonning qutqarilishiga, jahon 
inqilobiga,  bilimning  kuchiga,  Insonga  va  h.k.  ishonmas  ekan,  to‘laqonli  bioijtimoiy  ob'ekt 
sifatida  mavjud  bo‘lolmaydi.  Insonga  tabiiy  mayl,  refleks,  idrok,  aqldan  tashqari  nimagadir 
yoki  kimgadir  –  taqdirga,  yalpi  baxtga  erishish  mumkinligiga  va  boshqa  shu  kabilarga 
ishonish xususiyati xosdir.  
Diniy  e'tiqod  umumiy  e'tiqodning  shakllaridan  biri  hisoblanadi.  U  ming  yillar  davomida 
e'tiqodning asosiy shakli bo‘lib kelgan. Eng qudratli va mukammal, mo‘jizaviy kuch sifatida 
qabul qilinadigan Xudo diniy e'tiqodning asosiy ob'ekti hisoblanadi. 
Teologiyada  e'tiqod  Xudoning  qobiliyati  va  faoliyatini  Xudoga  bo‘lgan  shaksiz  ishonch 
bilan mutloq va yaxlit holda qabul qilish sifatida gavdalanadi. Insonning Xudoga munosabati 
Xudoning o‘zi tomonidan yuzaga keltiriladi, bu munosabat haqiqatni ochib berishda namoyon 
bo‘ladigan va ifodalanadigan bilim bilan, ya'ni insonga Xudo tomonidan berilgan bilim bilan 
bog‘liq bo‘ladi.  


E'tiqodni  teologik  jihatdan  anglash  ilohiy  yozuvlarni  sharhlash,  shuningdek  ilohiy 
matnlardan  nisbatan  mustaqil  bo‘lgan,  «e'tiqod  va  tafakkur»,  «e'tiqod  va  xatti-harakat», 
«e'tiqod  va  iroda»  va  boshqa  shu  kabi  muammolarga  bag‘ishlangan  nazariy  ishlanmalarni 
yaratish  orqali  amalga  oshiriladi.  E'tiqod  ta'limot  sifatida,  ya'ni  diniy  aqidalar  va  hayotiy 
tajriba sifatida ko‘rib chiqiladi. Taraqqiy etgan dinlar - iudaizm, nasroniylik, islom, hinduizm 
va  buddizm  olamning  –  foniy  dunyo  (biz  yashab  turgan  transsendental  dunyo)  bilan  boqiy 
dunyoning  (narigi  dunyoning,  transsendent  (g‘ayritabiiy)  dunyoning)  muayyan  manzarasini 
yaratuvchi  belgilangan  ilmiy  tizimga,  diniy  aqidalarga  ega  bo‘ladi.  Bu  ilmiy  tizim  va  diniy 
aqidalarda tegishli dinlarning mifologik va ramziy tilida ifodalangan narsalarni keng qamrovli 
va  aniq-ravshan  holda  bayon  etishga  harakat  qilinadi.  Shu  tariqa  har  bir  din  o‘z  ta'limotiga, 
ya'ni  o‘z-o‘zidan  anglanadigan  so‘nggi,  ilohiy  voqyelikning  mavjudligi  tasdiqlanadigan 
bazaviy  qoidalarga  ega  bo‘ladi.  Bu  ta'limotlar    diniy  amaliyotning  va  umuman  dindorlar 
hayotiy  faoliyatining  asosiga  aylanadi.  Shunday  qilib,  e'tiqodni  teologik  jihatdan  sharhlash 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish