Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   290
Bog'liq
falsafa

2-§. Dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari 
 
Dinning  asoslari  va  dastlabki  shart-sharoitlariga  oid  muammolarni  hal  etish  yuzasidan 
turlicha nuqtai nazarlar mavjud. 
Diniy  nuqtai  nazar  Xudoning  mavjudlik  prezumpsiyasidan  kelib  chiqadi.  Unga  muvofiq 
harakat qiluvchi Xudo hamda muayyan shart-sharoitlarda Xudoni idrok etuvchi inson borligi 
tufayli  din  vujudga  kelgan  va  yashamoqda.  Agar  Xudo  bo‘lmaganda  insonning  ongida 
Xudoga  e'tiqod  ham  bo‘lmas,  va  inson  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  Xudoga  o‘xshash  mavjudot 
hisoblanmas edi. 
Dinning  vujudga  kelish asoslari  va  shart-sharoitlari  din  falsafasi doirasida  inson va  olam 
o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  nuqtai  nazaridan,  inson  ongining  o‘ziga  xos  xususiyatlari, 
muvaqqatlilik  va  mangulik,  cheklilik  va  cheksizlik  nisbatini  hisobga  olgan  holda  ko‘rib 
chiqiladi.  
Shunday ko‘rib chiqish yo‘nalishlaridan biri Inson hayotining individ va «inson majmui» 
sifatidagi  jihatlarini  tadqiq  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ularda  borliqning  mo‘rtligi: 
mavjudlikning  cheklanganligi;  kasalliklar,  epidemiyalar,  irsiy  mutatsiya,  keksayish  va 
o‘limning  yaqinlashuvi;  muayyan  xalqlar  genofondi  darajasining  keskin  pasayib  ketishi; 
Homo sapiensning paydo bo‘lishi va insoniyatning  yo‘q bo‘lib ketishi xavfi hamda boshqa 
shu kabilar aniqlanadi. Masalan, kasalliklar, kuchli ta'sir o‘tkazuvchi antropologik omillardan 
biri  hisoblanadi.  O‘rta  asrlarda  millionlab  odamlarning  yostig‘ini  quritgan  vabo,  chechak 
kasalliklari  Xudoning  qahrli  jazosi  oldida  qo‘rquv  uyg‘otgan.  O‘tgan  asrda  va  XXI  asr 
boshlarida  yana  vabo,  o‘lat,  ispanka  (eng  qattiq  gripp  kasali)  kasalliklarining  xuruji  qayd 
etildi.  Insoniyat  bugungi  kunda  odamning  immunitet  tanqisligi  virusi  (OIV  kasalligi)  xavfi 
bilan to‘qnash keldi. Bunday holatlar  yakka va ijimoiy diniy  tafakkurda  ratsional jihatdan 
emas, balki «Xudoning jazosi» sifatida qabul qilinadi. 
Dinning  paydo  bo‘lishi  va  yashab  qolishi  turli  xalqlar,  ijtimoiy  guruhlar  va  alohida 
odamlar  darajasida  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyotning  notekisligi  kabi  ijtimoiy  holatlar, 
shuningdek  mutelik,  cheklanganlik,  hukmronlik-bo‘ysundirish,  ya'ni  inson  hayotining 
sobitqadamlik  bilan  tartibga  solib  bo‘lmaydigan  sohalariga  aloqador    «tutqunlik» 
munosabatlari bilan bog‘liqdir.  
Insonning  tabiat  va  tengsizlik  bilan  kurash  olib  borishdagi  ojizligi  va  chorasizligi 
odamlarda g‘ayritabiiy olamga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan omillar kabi namoyon 
bo‘ladi.  Din  nafaqat  biror  bir  voqyelik  in'ikosi  bo‘lib  qolmay,  u  insonga  yetishmayotgan 
kuch-qudratni xayolan to‘ldiruvchi vosita hamdir.  
Insonning  bilish  jarayonida  ham  diniy  tasavvurlar,  tushunchalar  va  g‘oyalarni  yuzaga 
kelishi sabablari mavjud. Masalan, muayyan bir vaqtda bilish imkoniyatining cheklanganligi, 


bilimlarning  xatolar  bilan  qo‘shilib  ketishi,  hissiy  va  ratsional  bosqichlarning  bir-biridan 
ajralib qolishi, shuningdek ularning amaliyotdan uzilib qolish ehtimoli shular jumlasidandir.  
Insonning bilishi bilimsizlikdan bilish sari, nisbatan noto‘liq bilimdan to‘liqroq bilim sari,  
nisbiy  bilimlardan  mutlaq  (absolyut)  bilimlar,  mutloq  haqiqat  sari  harakat  qiladi.  Biroq 
mazkur  bosqichlarning  har  birida  voqyelikning  anglab  yetilmagan,  o‘rganilmagan  sohalari 
mavjud  va  shu  sababli  ular  to‘g‘risidagi  ilmlar    mavjud  emas,  ya'ni  allaqanday  sirlilik  bor. 
Tarixan  taraqqiy  etib  kelayotgan  bilishda  haqiqiy  bilish  xatoliklar,  ob'ektlar  xossalarining 
noo‘xshash ifodalari bo‘lgan xomxayollar (illyuziyalar) bilan qo‘shilib ketgan.  
Ratsional  bosqichda  tafakkur  voqyelikni  hissiy  bosqichga  nisbatan,  ya'ni  sezish,  idrok 
etish, tasavvur etishga nisbatan chuqurroq anglaydi. Biroq bu yerda voqyelikdan ajralib qolish 
imkoniyati ko‘proq paydo bo‘ladi. Tafakkur voqyelikdan «balandga chiqib ketishi» mumkin. 
Mavhum,  umumiy  narsa  yagonadan  alohida  tasavvur  etiladigan  «mavjudotga  aylantirilishi» 
mumkin. Bunda giposteziyalashuv ( yunoncha – tayanch, asos, mohiyat) deb ataluvchi hodisa 
- munosabatlar tomonlarining ayrim xossalarini fikran mustaqil mohiyatga aylantirish hamda 
ularga ob'ektiv xossalar berish jarayoni ro‘y beradi.  
Shu  tariqa  sub'ektivlik  va  ob'ektivlikni  farqlamaslik,  obrazni  va  predmetni  ajratmaslik, 
faraz  qilish  qobiliyati,  har  qanday  bilimning  nisbiyligi,  bilishning  ratsional  bosqichini  hissiy 
bosqichdan,  mohiyatni  hodisotdan,  umumiyni  yagonadan  ajratish,  tajribani  haqiqatning 
mezoni  sifatida  e'tirof  etmaslik  va  boshqa  shu  kabilar  dinning  vujudga  kelishi  va  qayta 
tiklanishi uchun gnoseologik shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi.  
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish