75
MUHOKAMA
Odamning odatdagiga nisbatan alohida sharoitlarda juda katta hajmdagi
ishlarni bajarishi, juda kuchli jismoniy kuchlanishlarni amalga oshira olishi,
shuningdek jismonan chiniqqan kishining jismonan chiniqmaganga nisbatan
ko’proq ish bajarishi hammaga ma`lum. Bunga sabab odam organizmi yashirin
imkoniyatlarga (zaxiralarga) ega bo’lib, ularni alohida sharoitlarda qo’llashi
mumkin, shu bilan birga jismoniy chiniqqan kishi jismonan chiniqmagan kishiga
nisbatan ko’p zaxiralarga ega bo’ladi.
Adaptatsiyaning biologik zaxiralari hujayra, to’qima, a`zo, tizim va yaxlit
organizm zaxiralariga bo’linishi mumkin. Hujayra zaxiralari ish bajaradigan
strukturalar soni bilan bog’liq bo’lib, organning kuchlanishida ular soni talab
etilgan darajada ortadi.
Sportchining funktsional zaxiralariga biokimyoviy, fiziologik, sport texnikasi
va ruhiy zaxiralar kiradi [2,3,6,9]. Fiziologik zaxiralar boshqa zaxiralarning asosi
bo’lib, fiziologik funktsiya tizimlari ishi rivojlanganda boshqa zaxiralar ham
rivojlanadi.
Fiziologik zaxiralar quyidagilarga bo’linishi mumkin:
1. Jismoniy sifatlar (kuch, tezlik va chidamlilik)ni rivojlantiradigan zaxiralar;
2. Har xil quvvatdagi (maksimal, submaksimal, katta va o’rtacha ishlarda
ishga tushadigan zaxiralar);
3. Ishga tortilish navbati bo’yicha funktsional uchta guruhga bo’linadi: 1-
kundalik hayot faoliyatida ishga tushadigan; 2-mashq qilish va musobaqalarda
ishga tortiladigan; 3-organizmning yashash uchun kurashida ishga tushadigan
zaxiralar [51,73,86].
Ma`lumki, jismoniy ish odamga ta`sir etuvchi tabiiy omildir. Tabiat yuzaga
keltirilgan erning tashish kuchi odamzodga hamma vaqt ta`sir ko’rsatgan. Uning
o’z atrofidagi muhitga moslashishida mushaklar faoliyati muhim omil bo’lgan.
Aynan harakat faolligi orqali organizm bilan muhit o’rtasida o’zaro ta`sir amalga
oshadi, u yashash muhitiga moslashadi.
76
Sport faoliyatidagi adaptatsiya o’zining ko’p bosqichligi bilan qishining
boshqa soha faoliyatiga moslashishidan farq qiladi, chunki sport faoliyatida tobora
murakkablashib boradigan sharoitga adaptatsiya qilinadi. Bunday adaptatsiya
odam organizmi oldiga alohida talablar qo’yadi.
Jismoniy chiniqqan organizmning afzalliklari quyidagi xususiyatlar bilan
ta`riflanadi:
1. Jismonan chiniqqan sportchi bajara oladigan jiddatli va uzoq muddatli ishni
jismonan chiniqmagan kishi bajara olmaydi. Masalan, ushbu muhitga adaptatsiya
bo’lgan sportchi marafon masofasini tez yugurib o’tadi. Adaptatsiya bo’lmagan
marafonchi esa bu masofani yugurib o’ta olmaydi.
2. Adaptatsiya bo’lgan sportchining tinch holatida, o’lchamli va og’irish
bajarilsa, fiziologik tizimlar tejamlilik bilan ishlaydi. Maksimal hajmidagi jismoniy
ishlarni bajarishda funktsional sistemalarning faoliyati juda yuqori darajaga
kuzatiladi [14].
Qisqacha qilib aytganda, organizmning funktsional zaxiralari (nafas, harakat,
yurak-tomir, termoregulyatsiya va boshqalar) organizmning funktsional zaxiralari,
organ yoki funktsional sistemalar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortish
darajasidir [27,59,63,87].
Adaptatsiya – muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga organizmning moslashish
jarayonidir. Adaptatsiya organizmdagi tug’ma hamda ortirilgan moslashish
faoliyatining hamma turlarini o’z ichiga oladi va adekvat bo’lmagan muhit
sharoitlarida gomeostaz turg’unligini saqlaydi, ish qobiliyatini, hayotning
maksimal muddatini va ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Lekin hamma kishilar
muhitning ayni sharoitlariga bir xilda va to’liq adaptatsiya qilolmaydi, bunda
kishining jinsi, yoshi, asa tizimining tipii, salomatligi darajasi jismoniy
chiniqqanligi ahamiyatga ega bo’ladi [17,3,29,35,51].
Hozirgi zamon tasavvuri bo’yicha [9,13,17,20,28,36,41,52,59,60,61,62]
yuqori haroratli tashqi muhitning organizmga ta`siri faqat harorat oqibatigina
bo’lmay, harorat bilan bir qatorda quyosh nuri ta`sirida yuzaga keladigan
jarayonlardan iborat bo’ladi.
77
Markaziy Osiyo respublikalari jumladan O’zbekiston iqlimi o’zining keskin
o’zgaruvchanligi va ayniqsa, yoz faslida quyosh nurining kuchliligi bilan hamda
yuqori harorati bilan kishi organizmida borayotgan hayotiy jarayonlarga ancha
kuchli ta`sir ko’rsatadi. Shunday sharoitda yashash, ayniqsa, ish bilan
shug’ullanish jarayonida organizm sistemalar ishida qator o’zgarishlarning yuzaga
kelishi kuzatiladi. Shu sababli, bunday sharoitda sport sohasida yuqori malakali
kadrlar tayyorlash uchun, quyosh nuri va issiqlik yuqori darajada bo’lgan sharoitda
organizmda yuzaga keladigan fiziologik jarayonlar mexanizmini chuqur bilish
lozimdir.
Yuqori haroratli sharoitda quyosh nuri va issiqlik organizmning hayoti
faoliyati uchun ancha qiynchiliklar yaratadi. Sport faoliyatida sportchining
qobiliyati tez pasayadi, charchash holati rivojlanadi, ish unumi pasayadi. SHunday
salbiy oqibatlarning sodir bo’lishiga asosiy sabab-inson badanida normal holda
saqlanayotgan haroratning baland harorat ta`sirida buzilishi bo’lib, bu buzilish
natijasida organizmda fiziologik jarayonlarning o’zgarishi, ba`zi holatda esa, issiq
urishi yuz beradi. Sportchilarda issiq urishi oqibatida, ba`zan hatto o’lim holatlarini
ham kuzatish mumkin. Issiq urganda markaziy asab tizimining funktsiyasi
buziladi, kishi hushini yo’qotadi, boshqa fiziologik o’zgarishlar ham yuzaga
keladi.
SHiddatli mushak ishi yuqori haroratli sharoitlarda bajarilganda, oliy asab
faoliyati buziladi, bu holat inson xotirasi va irodasining pasayishida, lanjlik yuzaga
kelishida, harakat reaktsiyalarning buzilishida va boshqa homlarda namoyon
bo’ladi.
Issiq sharoitda qon tarkibida leykotsitlar buziladi, neytrofillar, limfotsitlar soni
kamayadi. eritrotsitlar va gemoglobin kamayadi.
Qon aylanish sistemasida yurak urishining tezlashishi va maksimal qon
bosimining haddan tashqari ortishi, yoki ishgacha bo’lgan darajadan pasayishi
vujudga keladi. SHuningdek yurakning qisqarish chastotasi hamda o’pka
ventilyatsiyasining ortishi kuzatiladi. Bunday o’zgarishlar qon ishlayotgan organlar
funktsiyasining susayishidan va yurak miokardining qo’zg’aluvchanligining
78
susayishidan dalolat beradi. Lekin barcha kuzatilgan o’zgarishlar neyro-gumoral
tizimlari orqali amalga oshiriladi.
SHunday qilib, yuqoridagi fikrlardan ma`lumki, baland haroratli sharoitda
sportchining ish qobiliyatini saqlash uchun organizm funktsiyalarining kuchli
o’zgarishiga yo’l quymaslik, organizmning suv yo’qotishini kamaytirish
choralarini izlash kerak. Uzoq davom etadigan shiddatli jismoniy ishlarni
bajarilayotgan mushaklarga keladigan kislorod miqdori qon oqimining ortishi bilan
ta`minlanadi. Mushaklarga keladigan qon ohimini kamaytiradigan hamma omillar
jismoniy chidamlilikga salbiy ta`sir etadi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |