69
1 2
- Jadval
Yuqori haroratli sharoitlardagi muskul faoliyatida sportchilarni qonida
eritrotsitlar soni, ECHT va ularning ivish vaqtini o’zgarishi
№
sinaluvchilar
guruhi
eritrotsitlar
(mln)
gemoglobin (g
%)
ECHT
(mm/soat)
qonning ivish
vaqti (daq)
ishgacha
ishdan
keyin
ishgacha
ishdan
keyin
ishgacha
ishdan
keyin
ishgacha
ishdan
keyin
1
Jismonan kam
chiniqqanlar
4,88
5,46
14,5
16,1
8,1
6,0
2,0
1,1
2
Jismonan
yaxshi
chiniqqanlar
4,93
5,10
16,0
16,7
6,1
5,0
3,2
1,6
Muskulning yuqori haroratli sharoitlardagi faoliyati nafas sistemasida
ham qator funktsional o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Nafas olish
tozlashadi, o’pka ventilyatsiyasi kuchayadi, bu hol nafas muskullarining
ortiqcha kislorod o’zlashtirishi bilan kuzatiladi, buning hisobiga ishlayotgan
muskullarning kislorod bilan ta`minlanishi kamayadi. Nafasning tezlashishi
nafas markazi, tonusining ortishi natijasida yuzaga keladi.
Muskulning yuqori haroratda va quyosh nuri kuchli bo’lgan sharoitdagi
ishida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar harakat sifatlariga ham
ta`sir ko’rsatadi va harakat sifatlari bo’lmish-kuch, tezlik, chidamlilik va
chaqqonlikni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Tashqi muhit harorati yuqori bo’lganida, tana haroratini normal
saqlanishi asosan terlash orqali amalga oshadi. Teri yuzasidan I gr. suvni
parlanishida 580 kalloriya issiqlik sarflanadi. Sport mashqlarida sportchilar
2-3, hatto undan ham ko’p litrgacha ter ajratadilar (13-jadval). Buni
mashqdan oldin va mashqdan keyin vaznini o’lchash orqali bilish qiyin
emas. Yuqori haroratli sharoitda jismoniy mashq bajarish oqibatida sportchi
tanasidan bunday miqdorda suv yo’qotilishi to’qimalarda suvning
kamayishiga (degidratatsiya) olib keladi. Muskullarda suvni kamayishi
ularning qisqarish va bo’shashini yomonlashtiradi. To’qimalarda gazlar
70
almashinuvi sekinlashadi, moddalar almashinuvi susayadi. Ter ajralishi
kamayadi, bu esa badandan issiqlik yo’qolishini susaytirish bilan, ayni
paytda badan haroratining ko’tarilishiga olib keladi.
Suv odam organizmining asosiy tarkibiy qismi bo’lib, gavda vaznining
60%ini tashkil etadi. Organizmning ichki muhiti bo’lgan qon va to’qima
oraliq suyuqlig’ining yarmidan ancha ko’prog’i suvdan iborat. Ichki muhit
tarkibining turg’un saqlanishi qon aylanish sistemasining funktsiyasi tufayli
amalga oshadi, ya`ni hujayra va tuqimalarga kerakli moddalarni (O
2
, ovqat
moddalari va boshqalarni) olib borilishi, ulardan moddalar almashinuvi
chiniqdilarini, keraksiz va ortiqcha moddalarni (CO
2
, suv, turli moddalar,
tuzlar va hokazolarni) olib ketilishi natijasida tana haroratining bir xil
ushlanishi qon harakati bilan bog’liq.
13-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: