4.2. Sportchining yuqori haroratli sharoitga adaptatsiyasi (moslashishi)
Yuqori haroratli sharoitda bir necha kun sport mashqlari bilan
muntazam shug’ullanish organizmda qator fiziologik o’zgarishlarni yuzaga
keltirish bilan birga organizmni shu sharoitga moslashishini ham
ta`minlaydi. Yuqori
harorat ta`sirida yuzaga keladigan fiziologik
o’zgarishlar, ko’pchilix holatlarda sovuq ta`sirida yuz beradigan
jarayonlarga qarama-qarshi bo’ladi.
Sportchi organizmining yuqori haroratli sharoitga moslashishida
bog’langich va turg’un bosqichlar mavjud. Boshlang’ich bosqichda nafas
olish, yurak urishi tezlashadi. Teridagi qon tomirlarida qon oqimi
kuchayadi, ichki organlarga qon borishi kamayadi. Kuchli ter ajraladi,
issiqlik ishlanishi susaya boshlaydi.
Adaptatsiyaning turg’un bosqichida yuqorida bayon etilgan reaktsiyalar
o’lchamli va uyg’unlashgan holatga o’ta boshlaydi. Issiqliq ishlanishining
kamayishi eng ustun turuvchi omilga aylanadi. Qon aylanishi va nafas olish
sistemalari unchalik zo’riqmay ishlay boshlaydi. energiya hosil bo’lishining
kamayishi ovqatni ko’p miqdorda iste`mol qilish zaruratini pasaytiradi.
Ovqat hazm qilish yo’lining shilimshiq qavatidan shira ajralishi kamayadi.
Organizmda ro’y beradigan bunday o’zgarishalar to’qimalarda suv va tuzlar
miqdorini ko’pam kamayishiga yo’l ko’ymaydi, shu bilan birga, fiziologik
jarayonlarni samarali rivojlanishiga sharoit yaratadi. Natijada, tashqi
muhitning yuqori haroratiga organizmning chidamliligi ortishi bilan uning
ish deb qobiliyati ham ko’tariladi. Bu hol yuqori haroratli sharoitda
bajariladigan ishni ancha uzoq vaqt davom ettirish imkonini beradi.
Z.T.Tursunov va uning xodimlari jismonan har xil darajada chiniqqan
sportchilar bilan tekshirish o’tkazganlarida, yuqori malakali sportchilarning
havo harorati baland va quyosh nuri kuchli bo’lgan sharoitlardagi muskul
ishi qayta-qayta takrorlanavergach, 4-5 kundan keyingina moslashish
(adaptatsiya) sezilarli darajada yuzaga kelgani achiqlangan. Tuzlarning ter
73
bilan ajralishi kamaygan. Statik kuchlanish elementlari bo’lgan dinamik
ishlarni bajarish uchun qon, so’lak va terning mineral tarkibida haddan
ziyod ko’p o’zgarish yuqori hapopat ta`sirining beshinchi kunida kuzatilgan.
Bu davrda tana haroratini saqlash uchun teri, o’pka orqali ko’p suv
ajratilishi belgilangan.
Organizmning yuqori haroratli sharoitga moslashish darajasini
baholashda t a n a h arorati katta ahamiyatga ega bo’lib, u organizmning
issiqlik balansini aks etdiradi. Sportchilarning statik kuchlanish elementlari
bo’lgan dinamik ishni va asosan statik kuchlanishli ishlarni bajarishda,
yuqori harorat va quyosh nurining qayta ta`siri tana haroratining pasayishiga
olib kelgan va bu hodisa, tana xaroratini boshqaruvchi apparat yuqori
haroratga moslashar ekan, degan xulosani keltirib chiqargan.
Organizmning yuqori haroratli sharoitga moslashish reaktsiyalarining
yuzaga kelishida fiziologik sistemalar funktsiyasiyanng o’zgarishlarini
qo’yidagicha ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |