4.1. Harorat yuqori bo’lgan sharoitlarda organizm
funktsiyalarining o’zgarishi
Yuqori haroratli tashqi muhitning organizmga ta`siri faqat harorati
oqibatigina bo’lmay, harorat bilan bir qatorda quyosh nuri ta`siriga yuzaga
keladigan jarayonlardan iborat bo’ladi.
Hozirgi zamon tasavvuri bo’yicha quyoshga, o’z-o’zidan boshqariladi
termoyadroli reaktor deb qarash mumkin, unda har soniyada 570 k tonna
vodorod geliyga aylanadi. Bu jarayon natijasida nihoyat ko’p nurli energiya
hosil bo’lib, uning 0,5 milliard qismi erga qilib keladi. Bu energiya
ul’trabinafsha (kimyoviy nurlar), ko’rinadigan (yorug’lik nurlari) va
infraqizil (issiqlik nurlar) nurlardan iborat bo’ladi.
Er sathiga tushadigan nurlarning eng ko’pi infraqizil nurlardir barcha
nurning 60%), ul’trabinafsha nurlar 1%ni tashkil etadi. Fiziologik jihatdan
eng aktiv nur ul’trabinafsha nur bo’lib, u quyoshning erdan balandligiga
hamda atmosfera holatiga (bulutli, changlanish darajasi, namligi va
boshqalarga) bog’liq bo’ladi.
Quyosh nuri tarqoq holda va to’g’ri tushadigan qismga bo’linadi,
birgalikda summar nurlanishni hosil qiladi. Tarqalgan nur atmosferadagi suv
bug’lari, chang zarrachalariga tarqaladi. Bu nurlarning spektral tarkibi
havorang zangoribinafsha va ul’trabinafsha nurlardan iborat bo’lib,
tarkibida issiqlik kam bo’ladi.
Quyosh nurlari ko’rish analizatoriga va teri qoplamiga bevosita ta’sir
etadi. Bu nurlar kvantlar shaklida o’zlashtiriladi va foto- kimyoviy
reaktsiyalarni rivojlantiradi.
67
Quyosh nuri ta`sirida terida fizik-kimyoviy va biofizik tarzdagi
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Fotoelektr hodisalar shaklidagi jarayonlardan
biri-teri sirtining bir yo’la ikkilamchi nurlanish (biolyuministsentsiya)
berishi, bovqalari esa, masalan, fiziologik funktsiyalarga keyinchalik ta`sir
etadigan biokimyoviy moddalarni organizmda hosil bo’lishi demakdir.
Fotonlar energiyami oqsil molekulalaridagi atom va molekula bog’lamlariga
ta`sir etishdan boshlanadi. Bunday holda yo molekulanish tuzilishi
o’zgaradi, yo qandaydir qismlarga parchalanadi. Masalan, teri yog’i (7-
degidroxolesterin)ning D-vitaminga aylanish mexanizmi shunday bo’ladi.
Tashqi muhitning yuqori harorati va quyosh nuri ta`siri ostida kislorod
o’zlashtirish, ya`ni o’pka ventilyatsiyasi kamayadi, biroq tashqi harorat
35°S
0
ga etgach esa, o’pka ventilyatsiyasining ortishi kuzatiladi (13-rasm).
SHuni ham ta`kidlash kerakki, inson haroratining ko’tarilishi uchun, uning
yuqori harorat va quyosh nuri ta`sirida 15 daqiqagina bo’lishi kifoya.
Bunday qisqa vaqt ichida badan haroratining ortishi qon oqimning qayta
taqsimlanishiga, ya`ni ichki organlarga borayotgan qonning bir qismi
gavdaning periferik qismiga, teriga
o’tishi bilan bog’liq.
13 - rasm. Yuqori harorat va quyosh nuri ta`sirida sinaluvchi kishilarning kislorod
o’zlashtirshi (I) va o’pka ventilyatsiyasining (2) o’zgarishi
.
68
Tashqi muhitning yuqori harorati va quyosh nuri ta`sirida organizmda
yuzaga keladigan jarayonlar yurak-tomir, nafas organlari moddalar va
energiya almashanuvining qayta ta`simlanishi va boshqalar birinchi
navbatda haroratini saqlashga, organizm ichki muhiti turg’unligini saqlab
turishga qaratilgan bo’ladi.
Ma’lumki, odamda badan haroratining 36-37°S atrofida saqlanishi
asosan kimyoviy (issiqlik ishlanishi) va fizikaviy (issiqlik chiqarilishi
mexanizmlari orqali amalga oshadi. Yuqori harorat va nuri kuchli bo’lgan
sharoitlarda
badan
haroratining
doimo
saqlanishi
fizikaviy
termoregulyatsiyaning
kuchayishi
orqali
saqlanadi.
Organizmdagi
issiqlikning yo’qolishi, asosan badan- suvni, teri yuzasi orqali bug’lantirish,
o’tkazish va nurlanish bilan amalga oshadi. Lekin tashqi harorat yuqori
bo’lgan sharoit- issiqlikning yo’qotilishi o’tkazish va nurlantirish orqali
deyarli bo’lmaydi, bunday holda issiqlik, asosan, teri yuzasidan
bug’lantirish, ya`ni terlash orqali yo’qoladi. Shuning uchun ham I muhit
harorati va quyosh nuri kuchli bo’lgan sharoitlarda ter ajralishi kuzatiladi va
bu bilan be`dan harorati haddan tashqari oshib ketishiga imkon berilmaydi.
Yuqori haroratli sharoitlardagi shiddatli muskul ishida ter ajratilishi bir
daqiqada 55 gr.ga borishi mumkin, holbuki metall quyish ishchilarida bu
narsa bir daqiqada 30 gr.dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |