Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab
Inson resurslari nazariyasi. Axloqiy fanlar ta`limi asrimizning 30-yillarida G’arb menejmentida paydo bo`ldi. Faoliyatning rivojlanishi 50-60 yillarga to`g’ri keladi. «Axloqiy fanlar» ta`limi nomini keng tarqalgan psixologik terminlar – bixeyvio, bixeyviorizm (axloq, axloqiy fan)dan olgan. Shunday qilib, ko`rib chiqilayotgan boshqaruv maktabining farqlanish xususiyati uning aniq namoyon bo`lgan psixologiyaga mo`ljallanishi, shaxsan XX asrda keng tarqalgan va yaxshi ishlab chiqilgan psixologik nazariya bo`lishi bixeyviorizmdir.
Bixeyviorizmning dastlabki nuqtai-nazari shundaki, inson ongini o`rganish emas, balki inson axloqini o`rganish zarur. O`z navbatida ushbu nazariyaga asosan axloq – bu rag’batlantirishga tez javob qaytarishdir.
Axloqiy fanlar ta`limini inson munosabatlari ta`limi bilan bir qatorda ko`rish mumkin. Bunga katta doiradagi muammo va qarorlarning o`zaro o`xshashligi guvohlik beradi. Agar har ikkala ta`lim vaqtinchalik nuqtai-nazarda ko`rilsa, unda axloq fanlari ta`limini o`ziga yarasha inson munosabatlari ta`limining taraqqiyoti, chuqurlashuvi deb faraz qilish mumkin. Bixeyvioristik yondashuv menejment nazariyasi va amaliyotida, yuqorida eslatganimizdek, 30-yillar o`rtalarida ishlatila boshlandi. Olimlar bu ta`limot orqali odamlar munosabatidagi ta`limning kamchiliklarini bartaraf qilishga urinib ko`rdilar.
Boshqaruv fanidagi yangi oqimga Ch. Barnard o`zining 1938 yilda bosib chiqargan «Ma`muriyat vazifalari» degan ishida keng to`xtalgan.
Rensis Laykert, Frederik Gertsberg, Duglas MakGregor, A.Maslou va boshqa izlanuvchilar korxonalarda ijtimoiy o`zaro munosabatlarning ta`siri, sabablari va talablari, menejment tavsifi, jamoadagi munosabatlar shakli, tashkiliy tarkibning ilg’orligi va shu kabi boshqa masalalar bilan shug’ullanib keldilar.
Axloq ta`limi fani inson munosabatlari ta`limidan ancha uzoqlashib ketdi, ikkinchisi asosan shaxslar orasidagi munosabatlarni yo`lga qo`yish usulida yig’ilib keldi. Yangi turdagi yondashuv menejmentning shunday usullarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan bo`lib, ular insonni o`zining qobiliyatlarini, psixologik nazariyalarini ishlatish asosida tushunib yetishiga ko`maklashadi. Bu ta`lim izlanuvchilarining o`z oldiga qo`ygan maqsadi – tashkilot (firma, korxona) samaradorligini uning inson resurslarini oshirish hisobiga erishishdir. Shundan ushbu ta`lim nazariyasining nomi – inson resurslari nazariyasi kelib chiqadi.
Inson resurslari nazariyasining doirasida bir qator shaxs va «kooperatsiya», rasmiy va norasmiy tizimlar, fikr va talablar, tashkilotdagi ilg’orlik haqidagi qoidalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |