Identifikatsiya/autentifikatsiya protokoli. Bu sinfdagi protokol asosini identifikatorga ega bo‘lgan identifikatsiya qilinuvchi ob’ektning faqatgina qayd etilgan ob’ektga ma’lum bo‘lgan maxfiy axborotni bilishligini tekshiradigan ba’zi algoritm tashkil etadi. Bunda tekshirish usuli bilvosita hisoblanadi, ya’ni bu maxfiy axborotni taqdim qilmasdan amalga oshiriladi.
Odatda har bir ob’ektning nomi (identifikatori) himoyalangan ma’lumotlar bazasiga yozilgan tizimdagi huquq va vositalar ro‘yxati bilan bog‘lanadi. Bu holatda identifikatsiya protokoli identifikatsiya qilingan ob’ekt buyurtirgan xizmatning vakolatli ekanligini tekshiradigan APgacha kengaytirilishi mumkin.
Agar identifikatsiya protokolida ERI ishlatilsa, u holda maxfiy axborot sifatida ERIning maxfiy kaliti ishlatiladi. ERIni tekshirish yopiq kalitni aniqlashga yo‘l qo‘ymaydigan, lekin bu yopiq kalitni ERI muallifiga ma’lum bo‘lishiga ishonch hosil qiladigan ma’lumot bo‘lgan unga mos ochiq kalit yordamida amalga oshiriladi.
Autentifikatsiya qilingan kalitlarni taqsimlash protokoli.Bu sinfdagi protokol ishtirokchilarni autentifikatsiya qilishni generatsiyalash va kanal bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokoli bilan qo‘shilib ketadi. Protokol ikki yoki uch ishtirokchilardan iborat: uchinchi ishtirokchi bo‘lib, kalitlarni taqsimlash va generatsiyalash markazi xizmat qiladi (s server). Protokol 3 bosqichdan iborat: generatsiya, qayd etish (registratsiya) va kommunikatsiya. Generatsiya bosqichida s server tizimning parametrlari qiymatlarini, shuningdek o‘zining ochiq va yopiq kalitini ham generatsiyalaydi. Qayd qilish bosqichida s server hujjatlar bo‘yicha ishtirokchilarni (shaxsan o‘zining kelishi yoki vakolatli shaxslar orqali) identifikatsiya qiladi. Buning uchun s server har bir ob’ekt uchun kalit va/yoki identifikatsiyalovchi axborotni generatsiya qiladi va kerakli tizim konstantalari va s serverining ochiq kalitidan (zaruriy holatda) iborat bo‘lgan xavfsizlik markerini shakllantiradi. Kommunikatsiya bosqichida umumiy seans kalitini shakllantirish bilan yakunlanadigan o‘zining autentifikatsiya qilingan kalitlar almashinuvi protokolini amalga oshiradi.
Yuqorida keltirilgan funksiyalardan kriptografik protokollarning asosiy vazifalari kelib chiqadi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
Autentifikatsiyaning turli rejimlarini ta’minlash;
Kriptografik kalitlarni hosil qilish, taqsimlash va o‘zaro moslash;
Ishtirokchilarning o‘zaro aloqasini himoyalash;
Ishtirokchilar orasidagi javobgarlikni taqsimlash.