Jarayondagi asosiy ishtirokchilar – A va V bo‘lib, ular umumiy qabul qilingan barcha ikki tomonlama protokollarni bajaradilar. Qoida bo‘yicha barcha protokollarni A initsializatsiya qiladi, B esa javob beradi. Agar protokol 3 va 4 tomonlar ishtirokini talab qilsa, o‘yinga K va D qo‘shiladilar. Boshqa ishtirokchilar maxsus yordamchi rolni bajarishadi.
Vositachi yordamidagi protokollar Vositachi deb protokolni bajarilishini yakuniga yetkazishga ishonch bildirilgan manfaatdor bo‘lmagan uchinchi tomonga aytiladi (1-rasm). Vositachining “manfaatdor bo‘lmasligi” protokol bajarilishining natijasi hamda protokol ishtirokchisining hech biri u uchun ahamiyatga ega emasligini bildiradi. “Ishonch bildirish” so‘zi protokolning barcha ishtirokchilari vositachining so‘zlarini haqiqat deb qabul qilishini, uning hamma harakatlarini to‘g‘ri deb bilishligini, bundan tashqari vositachi protokoldagi o‘zining qismini bajarishiga ishonishligini bildiradi. Vositachilar bir-biriga ishonchi bo‘lmagan 2 tomonga protokolni bajarilishiga yordam beradilar.
Real hayotda vositachi sifatida ko‘p hollarda advokatlarni tanlashadi.
Masalan, A unga begona bo‘lgan B ga avtomobil sotyapti. B chek yordamida pulini to‘lamoqchi, ammo A da chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni yo‘q. Shuning uchun B ga mulkka egalik huquqini berishdan oldin A chek orqali pulini olmoqchi. B ham A ga o‘xshab egalik huquqini olmasdan turib chekni berishni xohlamaydi.
Bu ishda advokatning ishtiroki ikkala tomonni ham qoniqtiradi. U A va B ga bir-birini alday olmasligini kafolatlovchi quyidagi protokolni bajarilishiga yordam beradi:
1 A egalik xuquqini advokatga beradi.
2 B chekni A ga beradi.
3 A chekni depozitga qo‘yadi.
4 Chekni to‘lash uchun kerakli vaqt o‘tgandan keyin advokat B ga egalik huquqini beradi. Agar ma’lum vaqt mobaynida chek to‘lanmasa, A bu faktni advokatga isbotlab beradi va u egalik huquqini A ga qaytarib beradi.
Bu protokolda A chek to‘langunga qadar advokat egalik huquqini V ga bermasligiga va agar chek bo‘yicha to‘lov amalga oshmasa egalik huquqini A ga qaytarib berishiga ishonadi. V chek to‘lanmasdan turib egalik huquqini advokatda turishiga ishonadi va u chek to‘langandan keyin shu zahoti egalik huquqini V ga beradi. Advokatni chekning to‘lovi qiziqtirmaydi. Ixtiyoriy holatda u protokoldagi o‘zining qismini bajaradi, chunki ishning qanday yakunlanishiga qaramay o‘zining xizmat haqini oladi.
Bu misolda advokat vositachi rolini o‘ynaydi. Advokatlar ko‘pincha shaxs rolida ishtirok etishadi, bunda ikki shaxs orasidagi munosabatlar tartibga solingunga qadar hisob ularning qo‘lida turadi. Bundan tashqari, advokatlar ko‘pincha vasiyatnoma yozilganda, ba’zan esa savdo-sotiq shartnomasi tuzilganda vositachi sifatida ishtirok etadilar. Sotuvchi va oluvchi orasida ba’zan vositachi sifatida turli birjalar ham ishtirok etadi.
Quyidagi misolda vositachi sifatida bank ham ishtirok etishi mumkin. A dan avtomobil sotib olish uchun V kafolatlangan chekni ishlatishi mumkin:
1 V chekni yozib bankka beradi.
2 V ning hisobida chekni to‘lash uchun yetarli miqdordagi pullarni rezervlab, bank chekni tasdiqlaydi va uni V ga qaytaradi.
3 A egalik huquqini V ga beradi, V esa A ga kafolatlangan chekni beradi.
4 A chekni depozitga o‘tkazadi.